Falsafaning asosiy qonunlari va tamoyillari. Qarama-qarshilik va ziddiyat qonuni. Miqdor va sifat o‘zgarishlari dialektikasi. Inkorni-inkor qonuni va vorisiylik
Falsafaning asosiy qonunlari va tamoyillari. Qarama-qarshilik va ziddiyat qonuni. Miqdor va sifat o‘zgarishlari dialektikasi. Inkorni-inkor qonuni va vorisiylik. Falsafa o‘z mohiyati bilan narsa va hodisalarning harakati, o‘zgarishi va rivojlanishiga ular o‘rtasidagi bog‘lanish va aloqadorlik munosabatlarini o‘rganadi. SHuningdek jamiyat va inson tafakkurining mavjudlik qonuniyatlari ham borliqning ajralmas qismi sifatida umumiy aloqador qonuniyatlarda o‘rganiladi. Albatta, olamdagi har qanday bog‘lanish ham rivojlanishga sabab bo‘lavermaydi. Chunki bu bog‘lanishlarning ko‘lami, mohiyati, ta’sir kuchi va doirasi turlicha. Bog‘lanishlarning ana shu xususiyatlariga qarab, zaruriy va tasodifiy, ichki va tashqi, bevosita va bilvosita, muhim va muhim bo‘lmagan va hokazo bog‘lanishlarga ajratish mumkin. SHuningdek, olamda boshqa voqea yoki hodisalardan alohida, ular bilan bog‘liq, o‘zaro aloqadorlikda va ta’sirda bo‘lmagan birorta ham voqea yoki hodisa mavjud emas. Demak, o‘zaro bog‘lanish va ta’sir natijasida narsa-hodisalarda o‘zgarish sodir bo‘ladi. Lekin, barcha o‘zgarishni har doim ham birdaniga, yaqqol sezish mumkin emas. Chunki olamning namoyon bo‘lish turli darajada bo‘lganligi sababli, o‘zgarishlar ham turlichadir. Tashqi faktorlar (inson faoliyati, yorug‘lik, issiqlik, namlik, atmosfera bosimi) natijasida ro‘y beradi o‘zgarishlarni ko‘z ko‘radi, quloq eshitadi. Xullas, ular oson anglab olinadi, ochiq-oydin namoyon bo‘ladi. ulardagi o‘zaro bog‘liqlikni ham oson ko‘rish, ilg‘ash mumkin. Ana shunday oson ko‘rish va ilg‘ash mumkin bo‘lgan, ochiqoydin ro‘y beradigan voqea, hodisa, natijaga nisbatan «zohiriylik» tushunchasi, mohiyatini ilg‘ash qiyin bo‘lgan va murakkab ichki sabablar natijasida kechadigan jarayonlar o‘zgarishlarga nisbatan «botiniylik» tushunchasi qo‘llaniladi. Falsafada rivojlanish, o‘zgarish, taraqqiyot jarayonlari dialektik nuqtai nazardan qaramaqarshiliklar birligi va ana shu birlik asosida ro‘yo beradigan o‘zgarishlar asosida o‘rganiladi. Qarama-qarshilikdeb esa, narsa, voqea-hodisalarning bir birini taqozo etuvchi va shu bilan birga bir-birini inkor etuvchi tomonlari, kuchlarining o‘zaro munosabatiga aytiladi.
Qarama-Qarshiliklar o‘rtasidagi munosabatni ziddiyat degan tushuncha ifodalaydi. Ko‘p hollarda ayniyat va tafovutning zidligi va ularning bir maxrajga kelish, me’yoriy o‘zgarishi tufayli rivojlanish, taraqqiyot, yangilanish jarayonlari amalga oshadi. Taraqqiyot shu manoda ayniyat, tafovut va ziddiyatlirning paydo bo‘lishi, rivojlanishini va hal qilinishidan iborat bo‘lgan abadiy va azaliy murakkab jarayondir. Insoniyat paydo bo‘libdiki, uning hayotida ayniyat va tafovut ham, ziddiyat va qarama-qarshiliklar ham mavjud bo‘lib kelmoqda. Odamzod ziddiyatlar kamroq bo‘lgan, kishilarning hilma-xil intilish va maqsadlari, bir-biridan farq qiladigan g‘oyalari uyg‘unlashgan, barqarorlik ustuvor bo‘lgan jamiyatni qurish uchun bosh qotirib kelmoqda.
Anu shunday intilishlar fanda «Konfliktologiya» (konflik — ziddiyat, logos- talimot) deb ataladigan falsafiy ta’limotning paydo bo‘lishiga olib kelgan. Bu soha bilan shug‘ullanadigan olim va mutaxassislar konfliktologlar deb ataladi. Ular konfliktlarni keltirib chiqarish emas, balki ularning oldini olish va jamiyat uchun foydali tarzda hal qilish yo‘llari va usullari ustida bosh qotirishadi. Har bir ziddiyatning aniqlanishi, hal qilinishi o‘zgarishga, yangilanishga, bir sifatdan ikkinchi sifatga, eskidan yangiga o‘tishga sabab bo‘ladi. Olam turli-tuman bo‘lganligi uchun ziddiyatlar ham xilma-xildir. Masalan, ichki va tashqi ziddiyatlar, asosiy va asosiy bo‘lmagan ziddiyatlar mavjud. Ular O‘rtasida farq bo‘lgani bilan birga, mutloq chegara ham yo‘q. CHunki amalda, hayotda ular bir-biriga o‘tishi, birgalashib ketishi va taraqqiyotda turli xil o‘rin tutishlari mumkin.