1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, vazifalari, ilm-fan va madaniyat taraqqiyotidagi o`rni. Sharq va G’arb falsafasi. Rivojlanish falsafasi



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə1/55
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#211103
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55

I. MA’RUZA MASHG‘ULOTLARI


1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, vazifalari, ilm-fan va madaniyat taraqqiyotidagi o`rni. Sharq va G’arb falsafasi. Rivojlanish falsafasi.
Reja:

  1. “Falsafa” atamasining mazmun-mohiyati va falsafaning asosiy masalalari.

  2. Dunyoqarash tushunchasi, uning tarixiy shakllari.

  3. Falsafaning asosiy funksiyalari, qonunlari va kategoriyalari.

  4. Hozirgi zamon falsafiy oqimlari. Milliy falsafani rivojlantirish masalalari.



Tayanch so‘zlar: Falsafa, filosofiya, faylasuf, monizm, dualizm, plyuralizm, materializm, idealizm, gnostitsizm, agnostitsizm, ratsionalizm, irratsionalizm, sensualizm, skeptizm, empirizm, mifologiya, teologiya, dunyoqarash, diniy dunyoqarash, falsafiy dunyoqarash, ontologiya, gnoseologiya, aksiologiya, metodologiya, praksiologiya, logika, etika, estetika.
Qoʻllanilishi mumkin boʻlgan taʼlim texnologiyalari: “Bumerang”, “Klaster”, “Blissoʻrov”, “FSMU” texnologiyasi, “Konseptual jadval”, “Nima uchun” diagrammasi, “Qanday?” diagrammasi.


«Falsafa» atamasining kelib chiqishi. «Falsafa» tushunchasi yunoncha phileo – sevaman va sophia – donolik so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, donolikka muhabbat manosini anglatadi. Falsafa so‘zini qadimgi yunon mutafakkiri Pifagor miloddan avvalgi VI asrda tayyor holda (afsonalar, rivoyatlar, ananalar orqali) avloddan avlodga o‘tuvchi bilimni inson o‘z aqliga tayanib, mushohada yuritish va tanqidiy fikrlash yo‘li orqali olishi mumkin bo‘lgan bilimdan farqlash maqsadida ishlatgan.
Pifagor va qadimgi davrning boshqa faylasuflari donolikka davo ham qilmaganlar, zero, o‘sha davrda keng tarqalgan tasavvurga ko‘ra, haqiqiy donishmandlik ajdodlardan meros qolgan, asrdan asrga o‘tib kelayotgan afsonalar, din va rivoyatlarda mujassamlashgan. Donishmandlar deb, asrlar sinovidan, eng so‘nggi haqiqat manbai sifatidagi bilimlarga ega bo‘lgan bashoratgo‘ylar, kohinlar va oqsoqollar etirof etilgan. Ularning so‘zlari birdan-bir to‘g‘ri deb qabul qilingan. Faylasuf esa, ularning fikriga ko‘ra donishmandlik muxlisi bo‘lishi, e’tiqod sifatida qabul qilingan tayyor haqiqatlarga emas, balki o‘z aqliga tayanib, ijodiy yo‘l bilan, shuningdek boshqa faylasuflar tomonidan olingan bilimlar va tajribadan foydalangan holda maqsadga intilishi lozim bo‘lgan.
Biroq, insonning dunyo va o‘ziga bunday munosabati darhol yuzaga kelgani yo‘q. Insonning tabiatga qarshilik ko‘rsatish, ishlab chiqarish vositalarini yaratish va ko‘paytirish qobiliyatlari rivojlangunga va o‘sgunga, buning natijasida etarli tajriba va bilimlar to‘plangunga, odamlar aqli ko‘p sonli savollarga javob izlash uchun etarli darajada yuksalgunga qadar insoniyat uzoq va mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tgan. SHu bois falsafaning mohiyatini, shuningdek uning paydo bo‘lish sabablari va sharoitlarini tushunish uchun gapni inson dunyoqarashidan boshlash lozim. Nima uchun? Shuning uchunki, falsafa dunyoqarashning asosiy tarixiy shakllaridan biri hisoblanadi. Falsafa haqida gapirish – inson dunyoqarashi, uning oqilona fikrlash qobiliyati haqida, binobarin, uning mohiyati va Erda hayot paydo bo‘lish tarixi haqida gapirish demakdir. Bu erda biz hali kam o‘rganilgan murakkab muammolarga duch kelamiz, zero insonning kelib chiqishi odamlar doim javobini topishga harakat qilgan buyuk jumboqlardan biri hisoblanadi. Ammo bilimning bu sohasida echilmagan muammolar bugungi kunda ham bisyor. Xususan, inson nima uchun, qaerdan, qaysi sabablarga ko‘ra paydo bo‘lgan, degan savolga aniq, umumiy etirof etilgan javob hanuzgacha mavjud emas. Shuningdek, aql faqat insonga xosmi yoki uning inson borlig‘ida mavjudligi obektiv borliqning bir parchasi, ayrim hodisasimi?, degan savol ham hali o‘z javobini topganicha yo‘q.
Mutaxassislar fikricha, insonda ong paydo bo‘lib, ijtimoiy mavjudot sifatida uzil-kesil shakllanganidan beri, uning asosiy xususiyatlarida jiddiy o‘zgarishlar yuz bergani yo‘q, yani u hozirgi odamlardan deyarli farq qilmaydi. Ong paydo bo‘lishi esa, ilmiy tasavvurlarga muvofiq, inson tarixiy rivojlanishining odam miyasi o‘sib borayotgan mehnat faolligi va verbal (nutq orqali) muloqot tasirida o‘ta rivojlanib, murakkab mavhumliklarni tushunadigan darajaga etgan davri bilan bog‘lanadi. SHunday qilib, inson tushunchalarga tarif berish, mulohazalar bildirish va mushohadalar yuritish yo‘li bilan sodda, lekin tom manoda aqliy ish olib bora boshladi.
Dunyoqarashning mohiyati, tuzilishi va funksiyalari. Hayot tajribasi va empirik bilimlar asosida shakllanadigan dunyoqarash oddiy dunyoqarash deb ataladi va insonning dunyo haqidagi tasavvurlarining tizimsiz majmui sifatida amal qiladi. U har qanday dunyoqarashning negizi hisoblanadi va odamlarga kundalik hayoti, faoliyatida yo‘l ko‘rsatib, ularning xulq-atvori, aksariyat qilmishlarini belgilab, muhim regulyativ funksiyani bajaradi.
Keng manoda, dunyoqarash – insonning o‘zini qurshagan borliqqa va o‘zo‘ziga nisbatan yondashuvlar tizimi, shuningdek uning mazkur yondashuvlar bilan belgilangan hayotiy ideallari, e’tiqodlari, bilish va faoliyat tamoyillari, qadriyat va mo‘ljallaridir.
Shu tariqa tariflanadigan dunyoqarash faqat insonga xos bo‘lib, bu unda shakllangan ong va oqilona faoliyat mavjudligi bilan bog‘liqdir. Bunda inson nafaqat tushunchalar yaratish va mulohaza yuritish, xulosalar chiqarish va qoidalarni tariflash qobiliyatini kasb etadi, balki tayyor bilimdan yangi bilim olish uchun foydalana boshlaydi.
Dunyoqarashning shakllanishiga ijtimoiy muhit tasir etadi. Aql paydo bo‘lishi bilan inson o‘zini fikrlovchi mavjudot sifatida anglay boshlaydi, unda o‘z «meni» va o‘zgalar haqida tasavvuri shakllanadi va rivojlanadi. Shu tariqa u o‘zini va o‘zini qurshagan borliqni anglaydi, o‘zi va boshqa odamlarni, o‘zi va tashqi muhitni farqlaydi, ilgari o‘ziga malum bo‘lmagan dunyoning yangi va yangi jihatlarini idrok etadi. Bunday qarashlar insonning o‘zi va o‘zini qurshagan borliq haqidagi tasavvurlari majmui sifatida shakllanadigan dunyoqarash negizini tashkil etadi. Bunda inson o‘ziga maqul va nomaqul narsalarni farqlaydi, baholar beradi, ustuvorliklar tizimini yaratadi va muayyan maqsadlarga erishishda tegishli tarzda ish ko‘radi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin