XVII asrda dastlabki ilmiy akademiyalar: London qirollik jamiyati (1660),
Parij Fanlar akademiyasi (1666) tashkil topadi. Keyinroq Berlinda (1700), SanktPeterburgda (1724), Stokgolmda (1739) va Evropaning boshqa poytaxt shaharlarida ilmiy akademiyalar tasis etiladi. Bu akademiyalarning eng yirigi - London qirollik jamiyati bo‘lib, u tashkil etilgan paytda 55 a’zodan iborat bo‘lgan. Parij Fanlar akademiyasi 21 kishidan iborat tarkibda ish boshlagan. Sankt-Peterburg akademiyasining a’zolar shtatida dastlab 11 kishi belgilangan. Evropa mamlakatlarida XVIII asr boshiga kelib olimlar soni bir necha ming kishiga yetgan bo‘lsa kerak, chunki ilmiy jurnallarning (bu davrda bir necha o‘n ilmiy jurnallar nashr etilgan) tirajlari ming nusxagacha borgan. 1825 yilda nemis kimyogari Yu. Libix ilmiy laboratoriya tashkil qiladi va u olimga ko‘p miqdorda daromad keltira boshlaydi.
3. XIX asr oxiri XX asrning 70 yillar fani noklassik fan bosqichi deb ataladi. Bu davrda fanlar vujudga keladi, ularda ulkan dalilik material to‘planadi va tizimga solinadi. Matematika, fizika, kimyo, geologiya, biologiya, psixologiya va boshqa fanlarda fundamental nazariyalar yaratiladi. Texnika fanlari vujudga keladi va moddiy ishlab chiqarishda yanada sezilarliroq rol o‘ynay boshlaydi. Fanning ijtimoiy roli ortadi, uning rivojlanishi o‘sha davr mutafakkirlari tomonidan ijtimoiy taraqqiyotning muhim omili sifatida etirof etiladi.
XVIII asrning o‘rtalarida jahonda fan bilan shug‘ullanuvchi kishilar 10 ming kishidan oshmagan bo‘lsa, XIX asr oxiriga kelib olimlar soni 100 ming kishiga yetadi. XVI asrda «olim odamlar»ning yarmidan ko‘prog‘i diniy ma’lumot olgan kliriklar edi. XIX asrda fan ijtimoiy mehnatning mustaqil tarmog‘iga aylanadi va u bilan universitetlar va institutlarning maxsus fakultetlarini tamomlagan «dunyoviy» professional olimlar shug‘ullanadi. 1850 yilda jahonda mingga yaqin ilmiy jurnallar nashr etiladi, 1950 yilga kelib esa ularning soni 10 mingdan oshadi. XIX asr oxiriga kelib ilmiy laboratoriyalar soni ko‘payadi. Fan tijoratchilar, tadbirkorlar etiborini o‘ziga tobora ko‘proq torta boshlaydi. Ular olimlarning ishlab chiqarish, sanoat ahamiyatiga molik bo‘lgan ishlarini mablag‘ bilan taminlay boshlaydilar.
4. XX asrning 70 yillarida fan rivojlanishida yangi postnoklassik bosqich boshlanadi, chunki mazkur asr bo‘sag‘asida fanda inqilob yuz beradi va buning natijasida u oldingi davrning klassik fanidan sezilarli darajada farq qila boshlaydi. XIX-XX asrlar chegarasida amalga oshirilgan inqilobiy kashfiyotlar bir qancha fanlarning asoslarini larzaga soladi. Matematikada to‘plamlar nazariyasi va matematik tafakkurning mantiqiy asoslari tanqidiy tahlil qilinadi, bir qancha yangi fanlar vujudga keladi. Fizikada klassik fizikaning falsafiy asoslarini qayta ko‘rishga majbur qilgan fundamental nazariyalar – nisbiylik nazariyasi va kvant mexanikasi yaratiladi. Biologiyada genetika rivojlanadi. Tibbiyot, psixologiya hamda inson haqidagi boshqa fanlarda yangi fundamental nazariyalar paydo bo‘ladi. Ilmiy bilimning shakl-shamoyilida, fan metodologiyasida, ilmiy faoliyatning shakl va mazmunida, uning meyorlari va ideallarida olamshumul o‘zgarishlar yuz beradi. XX asrning ikkinchi yarmi fanni yangi inqilobiy o‘zgarishlarga olib keladi. Bu o‘zgarishlar adabiyotlarda ko‘pincha fan-texnika inqilobi sifatida tavsiflanadi. Bu o‘zgarishlar shu bilan bog‘liqki, Ikkinchi jahon urushidan keyin iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda fan yutuqlari ilgari misli ko‘rilmagan miqyosda amaliyotga – sanoat, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, kundalik hayotga joriy etiladi. Fan energetikada (atom elektrostansiyalari), transportda (avtomobilsozlik, aviatsiya), elektronikada (televidenie, telefoniya, kompyuterlar) ayniqsa ulkan o‘zgarishlar yasaydi. Fanning rivojlanishi eng yangi harbiy texnikani yaratishning asosiy omiliga aylanadi va «ikki lager»ning urushdan keyingi qarama-qarshiligi sharoitida avj olgan qurollanish poygasi yirik davlatlarni ilmiy-texnikaviy tadqiqotlarga ulkan mablag‘larni sarflashga majbur qiladi.
Nima uchun “balki”? kabi savollar Shuning uchunki, qadimda donishmandlarni bugungi kun nuqtai nazaridan mutlaqo falsafiy bo‘lmagan va tom ma’noda falsafiy sanalgan masalalar qiziqtirgan. Misol uchun: “Yulduzlar kunduzi, quyosh esa – tunda qaerga yo‘qoladi?”, “Nima uchun ayrim jismlar suvda cho‘kadi, bazi jismlar esa suvda suzadi?”, “Chopqir Axilles sudralib borayotgan toshbaqaga qanday yetishi mumkin, basharti har safar ularning o‘rtasidagi masofani bosib o‘tish uchun u mazkur masofaning teng yarmidan o‘tishi lozim bo‘lsa?” va h.k. va sh.k. Biroq bu va shunga o‘xshash masalalar falsafadan tabiatshunoslik sohasiga o‘tgach, ko‘pincha yangi va yangi falsafiy muammolarni yuzaga keltiradi. Masalan: Yer va boshqa sayyoralarni, ayni bir yo‘nalishda aylantirgan kuch qaerda? Agar bizning quyoshimiz o‘rtacha kattalikdagi yulduz bo‘lsa, unga o‘xshagan milliardlab yulduzlarning hech bo‘lmasa ayrimlari bizning yerimizdagiga o‘xshash hayot mavjud bo‘lgan yo‘ldoshlarga ega bo‘lishi mumkinmi? Inson hatto eng yaqin yulduzlarga yetishi uchun nafaqat inson hayoti, balki uning sivilizatsiyasi tarixidan ham ko‘proq vaqt talab etilar ekan, buni qanday qilib isbotlash yoki rad etish mumkin? Nihoyat, biz kuzata oladigan olam kengayib borayotgan bo‘lsa, bu harakat zamirida qanday sabablar va kuchlar yotadi? Bu va boshqa ko‘pgina shunga o‘xshash muammolar odamlarni falsafaga qayta va qayta murojaat etishga majbur qiladi, chunki fan hozircha bunday savollarga aniq javob berishga qodir emas. Aksildunyolar va aksilgravitatsiya, qora materiya va qora energiya, boshqa makon va vaqt o‘lchovlaridagi dunyolar haqidagi har xil falsafiy g‘oyalarning mavjudligi ayni shu hol bilan izohlanadi.
Shunga qaramay, fan va falsafaning roliga baho berishda ayrim qaramaqarshiliklar mavjud. Xususan, bazi bir ilmiy va falsafiy davralarda fanning roli va ahamiyatini mutlaqlashtiruvchi yondashuv mavjud bo‘lib, u “ijobiy”, “foydali” bilim sifatida fanni “mavhum” va “tajribaga asoslanmagan” falsafaga qarshi qo‘yadi. Bunday qarashlar sientistik deb, nazariy tafakkur yo‘nalishi esa – sientizm (lot. scientia va ingl. science – fan, bilim) deb ataladi. Sientizm fan texnika taraqqiyotining ijobiy jihatlarini mutlaqlashtiradi. Antisientizm falsafiy bilishni ilmiy bilishdan ajratadi, uni ilmiy bilish bilan muvofiq emas, deb elon qiladi, u oqilonalikni kamsitadi va mistika, intuitsiya, iroda va shu kabilarni mutlaqlashtiradi.