1-Mavzu: Falsafa: uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. Reja



Yüklə 145,15 Kb.
səhifə53/57
tarix02.01.2022
ölçüsü145,15 Kb.
#36764
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57
Лекция текст узб СБ ушын (2)

Ayniyat qonuni

Biror buyum yoki xodisa haqida fikr yuritilganda ularga xos bo`lgan barcha muhim belgilar, tomonlar kamrab olinadi. Pred­met haqidagi fikr necha marta va kanday xolatlarda takrorlanishiga qaramasdan doimiy, uzgarmas va kat`iy mazmunga ega bo`ladi. Tafakkurga xos bo`lgan bu aniklik xususiyati ayniyat qonunining mohiyatini tashkil etadi.



Ayniyat qonuniga ko`ra ma`lum bir predmet yoki xodisa haqida aytilgan ayni bir fikr ayni bir muhokama doirasida ayni bir vaqtda uz-o`ziga tengdir. Bu qonun formal mantiq, ilmida « A-A dir» formulasi bilan ifodalanadi.

Ayniyat qonunining asosiy talabi quyidagicha: fikrlash ja­rayonida turli fikrlarni aynanlashtirish va aksincha, o`zaro aynan bo`lgan fikrlarga teng emas, deb qarash mumkin emas. Bu mantiqiy tafakko`rning muhim shartlaridan biridir. Fikrlash jarayonida bu qonunni, bilib yoki bilmasdan, buzish xolatlari uchraydi. Ba`zan, bu xolat bir fikrning tilda turli xil ifodalanishi bilan bog`liq bo`ladi. Masalan: «dialektika qonunlari» va «tabiat, jamiyat va inson tafakkurining eng umumiy qonunlari» tushunchalari shakliga ko`ra turlicha bo`lsa ham mazmunan aynandir. Tilda mavjud bo`lgan omonim va sinonim so`zlarning kullanishi ham ba`zan turli fikrlarning o`zaro aynanlashtirilishiga, ya`ni noto`g`ri muhokamaga olib keladi. Masalan: falsafiy nuktai nazardan «sifat» tushunchasi, o`ziga xos mazmunga ega bo`lsa, biror xunarmand tomonidan bu tushuncha, boshqa mazmunda (yarokli, foydali) qo`llaniladi.

Shuningdek u, bir tushunchaga kasb-xunari, hayotiy tajribasi va dunyoqarashi turli xil bo`lgan shaxslar tomonidan turli mazmun yuklatilishida ham namoyon bo`ladi.

Baxs-munozara jarayonida kanday qilib bo`lsa ham rakibni aldash va yutib chikish maqsadida ayniyat qonunining talablarini ataylab buzuvchilar sofistlar deb ataladi; ularning ta`limoti esa sofistika deyiladi.

Shuningdek, uzbek xalkiga xos bo`lgan askiya san`atida ayniyat qonunlari ataylab buzilishini, tushunchalarning uz ma`nosida emas, balki kuchma ma`nolarda kullanilishini kuzatish mumkin. Bu o`ziga xos so`z uyini bo`lib, unda qo`llaniladigan nozik kochirimlar askiya aytuvchining maxoratini kursatadi va tinglovchilarning kulgusiga sabab bo`ladi.

Demak, hayotda, amaliyotda tushunchaning turli ma`nolarda kullanilishidan garazli yoki begaraz, yaxshi yoki yomon maqsadlar uchun foydalanish mumkinligini ko`ramiz.

Ayniyat qonuni tafakkurga, uning barcha elementlari, shakllariga xos bo`lgan umumiy mantiqiy qonundir. Bu qonunning talablari tafakko`rning har bir shakliga xos bo`lgan konkret qoidalarda anik ifodalanadi. Tafakko`rning tushuncha, muloxaza (hukm), xulosa chiqarish shakllari, ular o`rtasidagi munosabatlar shu qonunga asoslangan holda amalga oshadi.


Yüklə 145,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin