1-Mavzu: falsafa va uning j


Dunni idrok etishda falsafiy dunqarashning o’ziga xos roli-



Yüklə 91,11 Kb.
səhifə8/13
tarix24.12.2023
ölçüsü91,11 Kb.
#193118
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
1-mavzu

Dunni idrok etishda falsafiy dunqarashning o’ziga xos roli- unda dunyoni bilish, sezish, ko’rish va tushunishning butunlay yangi sohasi – falsafa vujudga kelishida namoyon bo’ladi. Darhaqiqat falsafa – bu nafaqat u yoki bu odam dunyoqarashining shakli, balki ijtimoiy ong shakli, odamlar borlig’i va bilishining umumiy tamoyillari, ularning dunyoga munosabati aks etuvchi, tabiat, jamiyat va tafakkurning eng umumiy qonunlari kashf etiluvchi va ta’riflanuvchi ma’naviy faoliyatdir. ya’ni bu dunyoga va insonning undagi o’rniga nisbatan qarashlarning umumiy tizimidir.
Bunday qarashlar zamirini savollar va insonning ularga javob to’ish istagi yotuvchi oqilona yo’l bilan olingan bilimlar majmuini tashkil etadi. Ammo bilish Shunday bir tabiatga egaki, bir savolga javob ko’pincha boshqa bir talay savollarni yuzaga keltiradi va ba’zan muammoga nafaqat oydinlik kiritmaydi, balki uni yanada chigallashtirib, insonning qiziquvchanligini oshiradi va yangi tadqiqotlarga da’vat etadi. Xullas, bu yerda ijod, tinimsiz izlanish, yangilikka intilish to’g’risida so’z yuritiladi.
Agar mifologiya va dinda javobga urg’u berilsa, bilishning butun mazmuni unda mujassamlashsa, falsafada savol, masala birinchi o’rinda turadi. U to’g’ri va yaxshi ta’riflangan bo’lsa, muammoning mohiyati aniq aks etadi. Savol, masala insonni ijodga rag’batlantiradi, toki unga qoniqarli javob olinib, haqiqatning tagiga yetilganiga ishonch paydobo’lmagunicha insonni izlanishga da’vat etadi. Bunda savolning o’zi, muammoning qo’yilishi javobdan kam ahamiyat kasb etmaydi, ba’zan undan ham muhimroq deb qaraladi.
Shuni ham qayd etib o’tish lozimki, falsafa, garchi muayyan natijalarga, mukammal ta’riflarga, uzil-kesil xulosalarga intilsa-da, lekin Shuning o’zi bilan kifoyalanmaydi. Falsafani avvalo inson madaniyati sohasida yuz berayotgan, turli qarama-qarshiliklar va o’zaro ta’sirlar bilan uzviy bog’liq va ayni vaqtda o’zga sohalarga o’tish va ularda gavdalanish qobiliyatiga ega bo’lgan ma’naviy jarayon sifatida tushunish lozim.
Bundan xulosa Shuki, falsafiy mushohada yuritish savol berish, Shubha qilish, javoblar izlash va kuni kecha yechilgan deb hisoblangan, shak-Shubhasiz bo’lib tuyulgan masalalarga qaytish demakdir. Falsafa uchun «boqiy», uzil-kesil aniqlangan haqiqatlar, «noqulay», «ilmoqli» savollar yoki man etilgan mavzular mavjud emas. Falsafa savollar berish, narsalar va hodisalar mohiyatini anglashga urinish orqali bilish doirasini kengaytirishga harakat qiladi.
Xullas, falsafa haqiqat qanday bo’lsa, uni Shunday ifodalab ko’rsatishdir, din esa –uning ramziy, timsoliy aks etishi. Falsafa asos va mohiyat bo’lsa, din timsol va shakl. Dialektik munozara usuli jamiyatning kam sonli ayonlari uchun kerak. Vahiy yo’lidagi ifoda – xalq ommasining idroki, tarbiya va ta’limi uchun kerak.

Yüklə 91,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin