1-mavzu: falsafaning fan va dun



Yüklə 163,5 Kb.
səhifə4/10
tarix02.05.2023
ölçüsü163,5 Kb.
#105935
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-mavzu falsafaning fan va dun

4) Fan dunyoqarash shakli. Bilimlarning o‘sishiga qarab har xil muammolar va masalalar soni ham tinimsiz ko‘payib bordi. Bu jarayon fanning rivojlanish sur’ati yanada jadallashuviga va u falsafadan yanada ko‘proq ajralishiga sabab bo‘ldi. Biroq fan bilimning mustaqil sohasi, dunyoqarashning alohida shakli sifatida faqat XVII-XVIII asrlarda to‘la shakllandi. Muayyan darajada shartlilik bilan shuni aytish mumkinki, bu I.Nyuton klassik mexanikaning asosiy qonunlarini ta’riflab, shu tariqa tabiatshunoslikning asosiy bo‘limi – asoslari asrlar mobaynida shakllangan, bosh tamoyillari esa bundan yuz yilcha muqaddam, avvalo Galileo Galiley tomonidan ta’riflangan klassik mexanikaning shakllanishiga yakun yasaganidan keyin yuz berdi.
Falsafa va fanning umumiy jihatlari shundaki, ular: 1) avvalo aqlga tayanadi va oqilona bilimni yaratishga harakat qiladi; 2) o‘rganilayotgan obyektlar va hodisalarning qonunlari va qonuniyatlarini aniqlashga qarab mo‘ljal oladi; 3) kategoriyalar apparatini yaratadi, o‘zlari ilgari surgan qoidalarni asoslaydi, ularga dalil-isbot keltiradi va yaxlit tizimlarni yaratishga harakat qiladi.
Falsafa va fan o‘rtasidagi farq shunda namoyon bo‘ladiki: 1) falsafa doim u yoki bu faylasuf nomi bilan bog‘lanadi, uning g‘oyalariga qo‘shilishi yoki qo‘shilmaslik masalalariga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Fan esa, o‘z mohiyatga ko‘ra jamoa mehnati mahsulidir; 2) falsafada (muayyan fandan farqli o‘laroq) yagona til va yagona tizim mavjud emas. Bu yerda fikrlar rang-barangligi me’yor sanaladi. Fanda esa monizm hukm suradi, chunki hech bo‘lmasa fanning u yoki bu muayyan sohasidagi asosiy tamoyillar, qonunlar va kategoriyalar tizimiga nisbatan yondashuvlar birligi mavjud bo‘ladi; 3) falsafa ilmiy bilimlar va dalillardan keng foydalanadi, biroq uning uzil-kesil xulosalari ishonchli deb hisoblanishi mumkin emas, asosan faylasuflarning subyektiv fikrlari va mulohazalariga asoslanadi. Fan esa mohiyat e’tibori bilan isbotlangan va sinalgan bilimlar olishga harakat qiladi; 4) falsafiy bilimlarni tajribada sinash mumkin emas; 5) falsafa aniq prognoz bera olmaydi, ya’ni u ishonchli bilimlarni kelajakka tatbiq etishga qodir emas, zero unda bunday bilimlar yo‘q. Ayrim faylasuf falsafiy qarashlarning muayyan tizimi yordamida faqat bashorat qilishi mumkin, lekin u olim kabi prognoz qilish yoki modellashtirishga qodir emas.
3. Falsafa – bu nafaqat u yoki bu odam dunyoqarashining shakli, balki ijtimoiy ong shakli, odamlar borlig‘i va bilishining umumiy tamoyillari, ularning dunyoga munosabati aks etuvchi, tabiat, jamiyat va tafakkurning eng umumiy qonunlari kashf etiluvchi va ta’riflanuvchi ma’naviy faoliyatdir. Ya’ni bu dunyoga va insonning undagi o‘rniga nisbatan qarashlarning umumiy tizimidir.
Insonda bilishga qiziqish uyg‘otadigan, mifologiya, din yoki fan javoblaridan qoniqmagan insonning o‘ziga ma’lum bilimlar va tajribaga, muayyan e’tiqod, ishonch va intuitsiyaga tayangan holda oqilona asoslangan javoblar berishga harakat qiladigan, savollar tug‘diradigan har qanday obyektiv va subyektiv borliq falsafaning predmeti hisoblanadi.

Yüklə 163,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin