1-Mavzu: Falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati Reja


Materialistlar va idealistlar



Yüklə 56,69 Kb.
səhifə7/22
tarix16.06.2023
ölçüsü56,69 Kb.
#131576
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
1-mavzu

Materialistlar va idealistlar. U yoki bu faylasuflar savolning birinchi qismiga qanday javob berishiga qarab, materialistlar -dunyo azaldan moddiy, ong esa bu materiyaning mahsulidir, deb hisoblovchilar va idealistlar -dunyo zamirida materiyadan oldin paydo bo‘lgan va uni yaratuvchi ideal narsalar va hodisalar yotadi, degan fikrni himoya qiluvchilarga ajratiladi.
Bunda idealizmning ikki turi – ob’ektiv va sub’ektiv idealizm farqlanadi. ob’ektiv idealistlar-qandaydir nomoddiy va inson ongiga bog‘liq bo‘lmagan (ya’ni ob’ektiv mavjud bo‘lgan) narsalar va hodisalarni ( Xudo,dunyoviy aql, g‘oya, ruh va shu kabilar) butun borliqning asosi deb e’tirof etadilar. Falsafa tarixida Platon, Avliyo Avgustin, Foma Akvinskiy, G.Gegel, , N.Berdyaev kabi mutafakkirlar ob’ektiv idealizm namoyandalaridir. sub’ektiv idealizm - dunyo faqat individual (sub’ektiv) ong nuqtai nazaridan qaralgan holda talqin qilinadi. J.Berkli, D.Yum, I.G.Fixte sub’ektiv idealizmning yorqin namoyandalari hisoblanadi.
Falsafa tarixida materialistik yo‘nalishlar va oqimlar ham anchaginadir. Xususan, materiyani yaratish va yo‘q qilish mumkin emasligi haqidagi fikr-mulohazalarga ilk faylasuflarning asarlaridayoq duch kelish mumkin. Mazkur sodda materializm vakillari :qadimgi xitoy faylasuflari – Lao szi, Yan Chju;

  • Qadimgi hind faylasuflari – lokayata yo‘nalishi namoyandalari;

  • Qadimgi davrning mashhur faylasuflari – Geraklit, Empedokl, Demokrit, Epikur va boshqalar.

  • Qadimgi Markaziy Osiyo faylasuflari- Zardo‘sht Sepitoma kabilardir.

Klassik mexanika vujudga kelgan va faol rivojlangan Yangi davrda
mexanistik materializm (P.Golbax, P.Gassendi, J.Lametri) ayniqsa keng tarqaldi.
XVIII-XIX asrlarda falsafiy materializmning yo‘nalishlari:
- antropologik materializm (L.Feyerbax);
- vulgar materializm (Fogt, Byuxner, Moleshott);
- dialektik materializm (K.Marks, F.Engels) shakllandi.
Biroq, yana shuni ham ta’kidlab o‘tish lozimki, mazkur tasnifga muvofiq materialistlar yoki idealistlar deb nomlanuvchi u yoki bu faylasuflar bunday farqlashga asossiz sxemalashtirish va soddalashtirish deb qarab, o‘zini bu yo‘nalishlarning birortasiga ham mansub deb hisoblamasligi mumkin. Bunday qarashlar shu bilan izohlanadiki, to‘g‘ridan-to‘g‘ri va uzil-kesil tarzda, bu muammoni tushunishga nisbatan boshqacha yondashuvlarni e’tiborga olmasdan ta’riflangan «falsafaning asosiy masalasi» muqarrar tarzda barcha faylasuflarni ikki katta qarama-qarshi lagerga – materialistlar va idealistlarga ajratadi va bu hodisaning ayrim ko‘rinishi sifatida faqat moddiy va ma’naviy substansiyalarni teng huquqli asoslar deb hisoblovchi dualistlarnigina (masalan, R.Dekart) farqlaydi.
Ammo falsafiy tafakkur tarixida u yoki bu faylasuflar fikriga ko‘ra eng muhim deb qaraladigan boshqa muammolar ham mavjud. Ayni shu sababli aksariyat faylasuflar substansiya (dunyoning birinchi asosi) haqida mulohaza yuritar ekan, mazkur masalaning qo‘yilishini «falsafaning asosiy masalasi» bilan bog‘lashga moyil emas. Masalan;

Yüklə 56,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin