1-Mavzu: Falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati Reja



Yüklə 56,69 Kb.
səhifə1/22
tarix16.06.2023
ölçüsü56,69 Kb.
#131576
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
1-mavzu


1-Mavzu: Falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati
Reja:

  1. Falsafa jahon xalqlari madaniyatining tarkibiy qismi. “Falsafa” atamasining lug’aviy ma’nosi.

  2. Falsafa fani predmetining jamiyat, fan va texnika taraqqiyoti natijasida doimo o’zgarib turishi.

  3. Falsafaning bahs mavzulari: Borliq, dunyoni falsafiy anglash, inson, jamiyat va uning istiqboli.

  4. Dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati va mazmuni.

Tayanch tushunchalar. Falsafa - yunoncha phileo - sevaman, Sophia -donolik degan ma’noni anglatadi. Insoniyat tarixidagi eng qadimiy ilmlardan biri. Olam va uning yashashi, rivojlanishi va taraqqiyoti, hayot va inson, umrning mohiyati, borliq va yo`qlik kabi ko`plab muammolar haqida bahs yuritadigan fan.
Dunyoqarash - Inson uzini va dunyoni zaruriy ravishda anglashi, unga baxo berishi, xulosa chikarishi bulib, dunyoni inson ongidagi uziga xos in’ikosidir. Insonning uziga va uni kurshab turgan borlikka bulgan munosabatlarini ifodalaydigan kunikmalari, malakalari, bilimlari xamda dunyoni amaliy va nazariy uzlashtirish xamdir.
Mif - yunoncha mifhos suzidan olingan bulib, afsona, rivoyat, xikoyat kabi ma’nolarini anglatadi. Ibtidoiy davr kishilari ongi va tushunchasida inson, tabiat, jamiyat va koinotning paydo bulishi bilan boglik voqealar, shuningdek, tabiat va jamiyat hodisalarining aks etishidir.
Mifologik dunyoqarash - Ijtimoiy tarakkiyotning boshlangich boskichlariga xos bulib, dunyoni tushunishning oddiy usuli, xayoliy in’ikosidir.
Din - arabcha - ishonch, ishonmok demakdir. Borlikni yaratuvchi va boshkaruvchi, adolatning yuksak namunasi, moddiy olamga xos bulmagan va ayni vaktda barkamollikning oliy kurinishi sifatida tushuniluvchi oliy mavjudotga, ya’ni Xudoga nisbatan munosabat, tasavvur, urf-odat va marosimlar majmuidir.
Diniy dunyoqarash - Olamdagi voqea va hodisalar sabablarini ilohiy kuchlar, oldindan belgilangan maksadlar bilan boglab tushunishdir.
Antik falsafa - qadimgi davrda eramizdan avvalgi 8 asrda Yunonistonda, eramizdan avvalgi 2 asrda Rim jamiyatlarida shakllanib, eramizning 6 asriga qadar rivojlanib kelgan falsafiy ta’limotlar umumlashmasi.
Vedalar - diniy mazmunga ega adabiyotlar. Ba’zi taxminlarga ko`ra, deyarli to`qqiz asr davomida Hindiston yarim orolida yashab kelgan qadimiy xalq va elatlar tomonidan yaratilgan.
Upanishadalar - sirli bilimlar deb atalib, vedalarning falsafiy qismidir. U ma’lum bir kitob yoki falsafiy risolalar shaklida bo`lmay, balki turli mavzularda, turli davrlarda asosan noma’lum mualliflar tomonidan yaratilgan matnlar tuplami. Har bir matn u yoki bu muallifning falsafiy mushohadalarining qisqacha bayonidan iborat.
Eley maktabi - pifagorchilarning ittifoqi kabi Elladning Eley shahrida yuzaga kelgan. Bu maktabning asosiy namoyondalari Ksenofan, Parmenid, Zenon va Melisslardir. Eley maktabi ta’limoti qadimgi Yunon falsafasining shakllanishida, uning kategoriyalari, jumladan, borlik kategoriyasining rivojida yangi qadam hisoblanadi. Ioniyaliklarda borlik jismiy, pifagorchilarniki esa matematik bulsa, Eley maktabida u falsafiydir. Eleyliklar birinchilar qatorida borlik va tafakkur urtasidagi munosabat masalasini kuydilar. Antik falsafa shakllanishining yakuni Eley maktabi bilan tugallanadi.

Yüklə 56,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin