1-Mavzu: fanga kirish reja: Fanning ta’rifi va mohiyati


  Axborotlashtirilgan jamiyat haqida umumiy tushunchalar



Yüklə 267,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix27.01.2023
ölçüsü267,22 Kb.
#81309
1   2   3   4   5
1 маъруза...

2. 
Axborotlashtirilgan jamiyat haqida umumiy tushunchalar 
Axborotlashtirish jarayonlari jamiyatni industirialdan axborotlash-ganga 
o‘tishini ta’minlab bermoqda. Axborot bozori iste’molchilarga barcha kerak 
bo‘lgan axborot mahsuloti va xizmatlarini taqdim etib, ularni ishlab chiqishni esa 
informatika industriyasi ta’minlaydi. Lekin, hozirgi kungacha axborotlashgan 
jamiyat tushunchasining to‘liq ta’rifi mavjud emas.
 
Jamiyat taraqqiyotining tarixida bir nechta axborot inqiboli bo‘lib o‘tdi.
 
Birinchi inqilob yozuvning kashf etilishi bilan bog‘liq bo‘lib, miqdor va sifat 
jihatdan ilgarilab ketishga olib keldi. Avloddan avlodga bilimlarni uzatish 
imkoniyati paydo bo‘ldi.
 
Ikkinchi inqilob (XVI asrning o‘rtalari) kitobni chop etish bilan bog‘liq 
bo‘lib, u tubdan industrial jamiyatni, madaniyat va inson faoliyatini tashkil etishni 
o‘zgartirib yubordi.
 
Uchinchi inqilob (XIX asrning oxirlari) elektr tokining kashf etilishi bilan 
bog‘liq bo‘lib, telegraf, telefon va radioning vujudga kelishiga olib kelib, turli 
hajmdagi axborotlarni tezkor yig‘ish va uzatish imkonini yaratdi.
 
To‘rtinchi inqilob (XX asrning 70 yillari) mikroprotsessor texnologiyalari va 
shaxsiy kompyuterlarning yaratilishi bilan bog‘liqdir. Mikroprotsessor va integral 
chizmalar asosida kompyuterlar, kompyuter tarmoqlari va ma’lumotlarni 
uzatishning axborot tizimlari yaratilgan.
 
Oxirgi axborot inqilobi texnik vositalarni ishlab chiqish, yangi bilimlarni 
yaratishning 
texnologiya 
va 
usullari 
bilan 
bog‘liq 
bo‘lgan a x b o r o t i n du s t r i ya s i n i oldingi qatorga surmoqda.
 
Yaponiyalik 
olimlarning 
fikricha, 
axborotlashgan 
jamiyatda 
kompyuterlashtirish jarayonlari insonlarga axborotlarning ishonchli manbalariga 
kirish imkoniyatini yaratib, ularni mehnattalab ishdan ozod qiladi va ishlab 
chiqarish va ijtimoiy sohalarda axborotlarni avtomatlashtirilgan usulda qayta 
ishlashni yuqori darajada tashkil qiladi. Jamiyatning taraqqiy etib borishining 
asosiy 
kuchi 
bo‘lib, 
material 
ko‘rinishdagi 
mahsulotni 
emas 
balki a x b o r o t m a h su l o t l a r i n i yaratish hisoblanadi.
 
Axborotlashgan jamiyatda nafaqat ishlab chiqarish, balki butun turmush tarzi 
va qadriyatlar tizimi ham tubdan o‘zgaradi. Tovarlar ishlab chiqarish va iste’mol 
qilishga yo‘naltirilgan industrial jamiyatga nisbatan axborotlashgan jamiyatda esa 
intellekt, bilimlarni ishlab chiqish va iste’mol qilishga yo‘naltirilgan 
bo‘lib, tovarlarda aqliy mehnat ulushining oshib borishiga olib keladi. Bunday 
jamiyatda bilimga bo‘lgan talab ortib boraveradi.
 
Hozirgi kundga kelib, rivojlangan davlatlarda fan va texnikaning rivojlanib 
borishi 
bilan 
axborotlashgan 
jamiyatning 
shakllanib 
borishi 
bo‘yicha 
nazariyotchilarning aytgan fikrlari amalda namoyon bo‘lmoqda. Barcha dunyo 
borlig‘ining bir yagona kompyuterlashtirilgan va axborotlashtirilgan elektron 
xonadon va kottejlardagi insonlar hamjamiyatiga aylanib borishi bashorat 


qilinmoqda. Hohlagan yashash joyi turli xildagi elektron asboblar va kompyuter 
vositalari bilan jihozlangandir. 

Yüklə 267,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin