axborotlarni iste’mol qiluvchilar uchun mavjud axborotlar tarkibida
ortiqcha bo‘lgan axborotlar miqdori ham kattadir;
axborotlarni tarqatish borasida ma’lum bir iqtisodiy, siyosiy va boshqa
ijtimoiy to‘sqinliklar ham mavjud. Masalan, axborotning maxfiyligi tufayli turli
tashkilot xodimlari ulardan foydalana olishmaydi.
Jahonda judayam katta miqdordagi axborotlarning yig‘ilganiga qaramas-dan,
ulardan insonlar imkoniyatlarining chegaralanganligi uchun to‘liq foydalana
olishmayapti. Shuning uchun ham axborot tanqisligi jamiyat oldida yuqoridagi
muammolarni hal etishni talab etmoqda. Elektron hisoblash mashinalarining keng
joriy etilishi, turli sohalarda axborotlarni qayta ishlash va uzatishning zamonaviy
vositalarini qo‘llash axborotlashtirish deb nomlangan yangi evolyutsion jarayonni
boshlanishiga xizmat qilmoqda.