Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari – ob’ektning (axborot mahsu-
lotining) holati, jarayon yoki voqeaning yangi xususiyati to‘g‘risida axborot olish
uchun ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va uzatish vositalari va usullari
majmuidan foydalaniladigan jarayondir. Moddiy ishlab chiqarish texnologiyasining maqsadi – inson yoki tizimning
ehtiyojini qondiruvchi mahsulot ishlab chiqarish sanaladi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining maqsadi esa – axborot ishlab
chiqarish bo‘lib, uni tahlil etish va uning asosida biror-bir harakatga qo‘l urish
uchun tegishli qaror qabul qilish.
Ma’lumki, bitta va faqat o‘sha moddiy resursga nisbatan har-xil buyum yoki
mahsulot olish mumkin. Axborotlarni qayta ishlash texnologiyasiga nisbatan
ham shunday bahoni bersa bo‘ladi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari. Axborotlarni yig‘ish, uzatish,
to‘plash, qayta ishlash, saqlash, taqdim etish va foydalanish uslublari va usullari
tizimi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari deb yuritiladi.
Moddiy
va
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarining
asosiy
komponentlarini qiyoslash 12.1-jadvalda berilgan.
Axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari
avtomatlashgan
va
an’anaviy(qog‘oz) ko‘rinishda amalga oshiriladi. Avtomatlashtirish hajmi va
texnik vositalardan foydalanish turi aniq bir texnologiyaning mohiyatiga bog‘liq.
Avtomatlashtirish - bu inson ish faoliyatini mashina va mexanizmlar bilan
almashtirish demakdir. U texnik, tashkiliy va iqtisodiy mazmundagi xatti-
harakatlar hamda tadbirlar kompleksidan iborat bo‘lib, ishlab chiqarish jarayoni,
boshqaruv jarayonining u yoki bu ishini amalga oshirishda inson ishtirokini qisman
yoki butunlay cheklash imkonini beradi.
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari — bu, kompyu-
terlarni qo‘llash, foydalanuvchilarning (dasturlash sohasida kasb egasi
bo‘lmaganlarning) axborot jarayonida keng ishtirok etishiga, do‘stona foydala-
nuvchi interfeysning yuqori darajasiga, umumiy va muammoviy belgilanishi
amaliy dasturlar paketini keng qo‘llashga, EHMning hisoblash tarmoqlari tufayli
foydalanuvchini uzoqlashtirilgan ma’lumotlar bazalari va dasturlariga kirishiga
asoslangan texnologiyalardir.