1-Mavzu: fanga kirish reja: Fanning ta’rifi va mohiyati



Yüklə 267,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix27.01.2023
ölçüsü267,22 Kb.
#81309
1   2   3   4   5
1 маъруза...

 
3. 
Jamiyatning rivojlanishida axborotlashtirishning roli 
Insonlar, jamoalar va tashkilotlarning faoliyati hozirgi kunda borgan sari 
mavjud axborotlardan samarali foydalanishi bilan bog‘liq bo‘lmoqda. Bunga 
erishish uchun avvalom bor axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash va taqdim etish 
borasida katta hajmdagi ishlarni amalga oshirishga to‘g‘ri keladi. Turli sohalarda 
optimal qarorlar qabul qilish uchun katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash talab 
qilinadi, bu esa maxsus texnik vositalarni jalb qilmasdan hal qilib bo‘lmaydi.
 
Axborot hajmining ortib ketishi XX-asrning o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. 
Insonga axborotlar oqimi oqib kela boshlab, unga axborotlardan to‘liq holda 
foydalanish imkoniyalarini chegaralab qo‘ydi. Har kuni kelayotgan axborotlar 
oqimida oriyentir olish qiyinlashib bordi. Vujudga kelayotgan katta hajmdagi 
axborotlarni quyidagicha izohlash mumkin:
 
ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari natijalarini aks etgan 
hujjat, hisobot, dissertatsiya, doklad va boshqalarning sonini keskin ortib borishi;
 
inson faoliyatining turli sohalari bo‘yicha davriy nashrlar sonining 
doimiy ravishda ortib borishi;
 
kommunikatsiyalar tizimiga o‘tkazib bo‘lmaydigan magnit lentalarida 
ham axborotlarning ko‘payganligi.
 
Yuqoridagi keltirilgan omillar asosida a x b o r o t p o r t l a sh i  vujudga
kelib, u quyidagilarda namoyon bo‘lmoqda:
 
axborotlarni qabul qilish va qayta ishlash bo‘yicha insonning 
chegaralangan imkoniyatlari bilan saqlanayotgan katta hajmdagi axborotlar 
o‘rtasida qarama-qarshilik vujudga keladi. Oldinlari bilimlar hajmi asta-sekinlik 
bilan o‘zgargan bo‘lsa, 1900 yilga kelib har 50-yilda, 1950 yilda esa har 10-yilda, 
1970-yilga kelib har 5-yilda va 1990 yildan boshlab har yili ikki barobarga ortib 
bormoqda;

Yüklə 267,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin