1-mavzu. Fanning maqsadi va vazifalari reja Foydalaniladigan adabiyotlar Biotexnologiya fanining vazifasi va ahamiyati



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə29/74
tarix07.01.2024
ölçüsü0,65 Mb.
#204352
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   74
биол маж лекция

Genetik kod. Gen kanday kilib, aminokislotalari ma’lum tartibga ega bulgan oksil strukturasini (tuzilishini) aniklaydi. DNK molekulasidagi genetik axborot kanday kilib oksilga utadi, kancha azotli asos bitta aminokislotaga tugri keladi. Bu savollarga 1960 yillardan boshlab javob tuplana boshlandi.
DNK molekulasidagi irsiy axborotning kanday kilib oksil molekulasiga utishi, irsiyatni urganishda eng katta masalalardan biridir. Oksillar molekulasi murakkab bulishiga karamasdan xammasi bulib 20 ta monomerdan ya’ni aminokislotalardan iborat, lekin aminokislotalar oksil molekulasi tarkibida xar xil sonli va bir-biri bilan xar xil tartibda birikkan buladi. Shuning uchun oksillar xili juda kup.
20 ta aminokislota uzaro 10-24 xolatda uchrashi (kombinatsiya tuzishi) mumkin. Ma’lumki, organizmlar orasidagi xar bir fark ularning oksilidagi farki orkali yuzaga chikadi. Bittagina aminokislotaning uzgarishi xam oksil tuzilishining uzgarishiga olib keladi. Masalan gemoglabin oksili tarkibidagi glutamin aminokislotasi urniga valin almashinib kelishi, ogir kechadigan kamkonlik kasalini keltirib chikaradi. Bunday kasallarda eritrotsitlarning shakli yarim oysimon bulib, zaryadini yukotgan buladi.Shuning uchun eritrotsit uziga kislorodni biriktirib ololmaydi va natijada bemor uzok yashay olmaydi.
Kanday kilib DNK oksillarning xilma-xilligini belgilaydi.
DNK xam oksilga uxshash polimer modda xisoblanadi. Oksil 20 ta monomerdan tuzilgan bulsa, DNK fakat 3 ta monomerdan iborat (azotli asos, dezoksiriboza, fosfor kislotasi). Nukleotidlarning barchasida dezoksiriboza va fosfat kislotasi bir xil. Farki fakat azotli asoslardir. DNK molekulalarining bir-biridan farki DNK zanjiridagi azotli asoslarning joylashishi tartibiga boglik. Azotli asoslarning joylashish tartibi oksil molekulasidagi aminokislotalarning joylashish tartibini belgilaydi. Demak organizmlarning individual farklari DNK molekulasida azotli asoslarning kanday tartibda kelishiga boglik. Sintez kilinayetgan oksil molekulasidagi aminokislotalar joylashish tartibini belgilovchi DNK molekulasidagi azotli assolarning ketma-ket joylashish tartibini genetik kod yoki DNK kodi deyiladi. Genetik kodining moxiyatini tushunish uchun avvalo aminokislotani nechta azotli asos aniklashi mumkinligini bilish kerak. Agar 20 ta aminokislotaning xar biri bitta asosli azot bilan aniklanganda 20 ta azotli asos kerak bular edi. Lekin azotli asoslar xammasi bulib 4 tagina. Bundan chikadiki 2ta azotli asosdan tashkil topgan tuplam(kombinatsiya)xam 20 ta aminokislotani aniklay olmaydi, chunki azotli asoslar 2 tadan tuplam xosil kilsa xammasi bulib, 16 ta tuplamni(4-16) tuzish mumkin. Agar nukleotidlar uz aro 3 tadan birlashsa 64 ta (4-64) xar xil tuplam xosil kiladi. Xoxlagan oksilning sintezi uchun kerak bulgan aminokislotalarning joylashish tartibini aniklay oladi.Azotli asoslarning bunday 3 tadan bulgan tuplamini triplet deyiladi. Triplit aminokislotalarni 3 tadan azotli asoslar bilan belgilash demakdir. Masalan: AUU-izoleytsin, GSS-valin, SAG-leytsin. Oksil molekulasida aminokislotalarning ketma-ket kelishini belgilovchi 3 ta azotli asosdan iborat bulgan DNK zanjirining bir kismiga kodon deyiladi.


Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin