Quyosh nurining energiyaga aylanishi. 1960-yylarning boshlarida ismaloq bargidan ajratib olingan xloroplastlar elektronlarning sun’iy donori va bakterial ekstrakt ishtirokida vodorod hosil qilishi aniqlangan.
ye- ye- ye-
Elektron donori → Fotosistema I → elektronlarni tashuvchi→ gidrogenaza → N2 N+
Keyinchalik esa ismaloq ekstrakti va tarkibida gidrogenaza bo‘lgan bakterial ekstraktlar ko‘rinadigan nur bilan nurlantirilganda vodorod ajratishi mumkinligi aniqlangan. Bunday holda xloroplastning I va II fotoximik sistemalari ishtirok etadi. Clostridium dan ajratib olingan gidrogenaza kislorodga nisbatan sezgirdir va suv fotolizi natijasida ajraladigan kislorodni yo‘qotish uchun reaksiya azotga reoksidlovchilari qo‘shilgan atmosferada olib boriladi.
Bu yo‘l bilan energiya olish bir qancha afzalliklarga ega:
Fotoliz substrat ko‘p miqdorda ekanligi;
Energiya manbai cheklanmagan (quyosh energiyasi);
Mahsulot (vodorod)ni atmosferani ifloslantirmasdan saqlash mumkin;
Jarayonni tiklash mumkin;
Oraliq toksik mahsulotlar hosil bo‘lmaydi va nomal temperaturada olib boriladi.
Kislorodni ko‘p miqdorda olish uchun kislorodga nisbatan kam sezgir bo‘lgan gidrogenazani tanlab olish kerak. Alcaligenes bakteriyasidan olingan gidrogenazalar aralashmadan vodorodning sekin hosil bo‘lishini katalizlaydi.
Nazorat savollari 1.Biomassa va energiya hosil bo‘lishida mikroorganizmlarning ahamiyati?
2.Etil spirtining olinishi tushintirib bering?
3.Biometanogenez jarayonini tushintiring?
4.Bioenergiya nima, u qanday olinadi?