1-mavzu. Fanning maqsadi va vazifalari reja Foydalaniladigan adabiyotlar Biotexnologiya fanining vazifasi va ahamiyati


Biologik jarayonlarni texnika va ishlab chiqarishda qo‘llanilishi, biologik



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə2/74
tarix07.01.2024
ölçüsü0,65 Mb.
#204352
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
биол маж лекция

Biologik jarayonlarni texnika va ishlab chiqarishda qo‘llanilishi, biologik makromolekulalar va organizmlar ishtirokida yaratilgan har qanday texnologiya biotexnologiya deb ataladi.
Insonlarning ongsiz ravishda sutdan qatiq, zotdor itlarni yoki sifatli o‘simliklarni yaratishlari biotexnologiyaning sodda ko‘rinishi bo‘lib, an’anaviy biotexnologiya deb ataladi. Keyinchalik biologik fanlar (biokimyo, mikrobiologiya, genetika) fanlarining rivojlanishi tufayli murakkab, ya’ni zamonaviy biotexnologiyaga asos solindi. Zamonaviy biotexnologiya va biologik ishlab chiqarishlar mikroorganizmlarni sanoat miqyosida ko‘paytirib, ularning biomassasidan insonlar uchun zarur bo‘lgan moddalar olish, fermentlar injeneriyasi, genetik va hujayra injeneriyalarini yangi yo‘nalaishlarining keng rivojlanishi texnologik jarayonlarda ishlab chiqarish va biologiya yagona birlik ekanligidan dalolat beradi.
Biotexnologiya jarayonlaridan mikroorganizmlar, o‘simlik va hayvon hujayralari, ulardan ajratilgan fermentlar, hujayra organnellalari, ularni o‘rab turgan membranalar sof yoki immobillashgan holatda oqsil, organik kislotalar, aminokislotalar, spirtlar, dorivor moddalar, fermentlar, garmonlar va boshqa moddalar ishlab chiqarishda keng foydalaniladi.
Fan sifatida o‘tgan asrning 60-yillaridan shakllana boshlagan biotexnologiyaning tarixiga chuqurroq nazar tashlasak mikroorganizmlar yordamida “bijg‘itish”, “achitish” jarayonlari insoniyat tomonidan qadimdan keng ishlatilib kelinayotganligini guvohi bo‘lamiz. Biotexnologiyaning mohiyatini tushunish uchun misollarga murojaat qilaylik. Bakteriya hujayrasi har 20-60 minutda, achitqi zamburug‘lari 1,5-2,0 soatda ikkiga bo‘linib ko‘paysa, sut emizuvchilar hujayralarining ikkiga bo‘linishi uchun 24 soat kerak bo‘ladi. Yana bir misol: 1 kub metr ozuqa muhitida achitqi zamburug‘lari 24 soatda 30 kilogramm oqsil to‘playdi, shuncha miqdorda oqsil to‘plash uchun 18 gektar yerga no‘xat ekib, uch oy parvarish qilish lozim bo‘ladi.
Biotexnologiyaning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
*ozuqa maxsulotlari biotexnologiyasi;
*qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan preparatlar biotexnologiyasi;
*sanoat mahsulotlari biotexnologiyasi;
*dorivor moddalar, diagnostika va reaktivlar biotexnologiyasi;
*biogidrometallurgiyada ishlatiladigan biotexnologiya;
*tabiatni muhofaza qilishi uchun zarur bo‘lgan biotexnologiyalar.
Mikrob biotexnologiyasi - bu o‘ta muhim mikrobiologik jarayonlarni yaratish va ulardan sanoat usulida foydalanish orqali zarur bo‘lgan mikrob hujayralari, organelalari va fermentlarini ishlab chiqarish hamda ulardan xalq xo‘jaligi va tibbiyotda foydalanishning nazariy va amalliy tomonlarini yoritib beradigan fandir. Bu fan asosan mikrobiologiya, fiziologiya, biokimyo va genetika fanlari yutuqlari asosida tashkil qilingan bo‘lib, uning zaminida ko‘zga ko‘rinmas mikroorganizmlar faoliyatidan unumli va oqilona foydalanish yotadi.
Mikroorganizmlar o‘zlarining keng tarmoqli fermentlar tizimi tufayli o‘sish, rivojlanish va ko‘payish jarayonlaridan, hayotiy zarur, insoniyat uchun xizmat qilaoladigan minglab fiziologik faol moddalar ishlab-chiqarish imkoniyatlariga ega. Bundan tashqari mikroorganizmlar har xil tabiiy va kimyoviy birikmalarini o‘ta muhim moddalarga aylantirish (modifikatsiya qilish) imkoniyatlariga ham egalar. Insoniyat paydo bo‘lganlaridan buyon bilib-bilmay mikroorganizmlar faoliyatidan foydalanib kelganlar.
Biotexnologiya fani O‘zbekiston uchun eng kenja fanlardan bo‘lib, uni tarixi uzoqqa bormaydi (qadimiy biotexnologiyalar; non yopish, qatiq tayyorlash va h.k. bundan istisno). Bu fan asosan O‘zbekiston Fanlar akademiyasining mikrobiologiya institutida, genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutida hamda Respublika Kimyo birlashmasiga qarashli bir qator zavodlarda (Yangiyo‘l biokimyo zavodi, Andijon gidroliz zavodi, qo‘qon spirt zavodi) rivojlanib kelmoqda.
Biotexnologiya ixtisosligi bo‘yicha birinchi o‘zbek akademigi A.G.Xolmurodov (1939-1996) fuzarium avlodiga mansub zamburug‘lardan NAD-kofermenti va vitaminlar kompleksi (V guruhiga kiruvchi vitaminlar, vitamin RR, Q 10 vah.k.) tayyorlash texnologiyasini yaratdi. Akademik M.I.Mavloniy O‘zbekistonda uchraydigan achitqi zamburug‘larni tahlil qilib, ularni nonvoychilik, vinochilik va chorvachilikka qo‘l keladigan turlarini topdi va ular asosida maxsus xamirturushlar va vinochilik uchun achitqi tayyorlash texnologiyalarni yaratdi.
ProfessorQ.D.Davranov MDH mamlakatlarida birinchilardan bhlib yog‘ parchalovchi lipaza fermentini tayyorlash texnologiyasini yaratdi. Bu fermentni ko‘p shakllilik sabablarini tahlil qilib, har bir biotexnologik jarayon uchun o‘ziga xos spetsifiklikka ega bo‘lgan lipaza fermenti zarur degan fikrga keldi va buni amaliyotda tasdiqlab berdi. Q.D.Davranov yaratgan "Yer malhami" biopreparati, azot o‘zlashtiruvchi mikroorganizmlar asosida tayyorlangan bo‘lib, mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida keng qo‘llanilmoqda.



Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin