1-mavzu. Fanning maqsadi va vazifalari reja Foydalaniladigan adabiyotlar Biotexnologiya fanining vazifasi va ahamiyati



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə8/74
tarix07.01.2024
ölçüsü0,65 Mb.
#204352
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   74
биол маж лекция

Hozirgi zamon biotexnologiyasi gen va hujayra injenerligi usullari asosida genetik transformatsiya qilngan obyektlarni yaratish texnologiyalari, ular asosida turli xil mahsulotlarni ishlab chiqarishdir.
Klassik biotexnologiya esa tabiiy biologik obyektlardan foydalangan holda turli moddalarni ishlab chiqarish usullari va texnologiyalaridir (non pishirish, pivo, vino, sirka, qatiq tayyorlash).
O‘zbekistonda biotexnologiyaning rivojlanishi va shakllanishiga O‘zR FA akad. O.S.Sodiqov nomidagi bioorganik Kimyo instituti tashkil etilganidan bilishimiz mumkin. Ushbu institut 1977 yilda O‘zbekiston Respublikasi FA tarkibidagi bioorganik kimyo bo‘limi (1973 y.) negizida tashkil etilgan. Institutning asosiy ilmiy yo‘nalishi hayvon va o‘simliklar organizmidagi bioorganik kimyo jarayonlarini, ya’ni yuqori va quyi molekulyar tabiatga ega bo‘lgan biologik faol moddalarning tuzilishi, funksiyasi o‘rganilib, ularni sintetik usulda olish yo‘llari ishlab chiqildi. Tabiiy biologik faol modda – gossipolning polimorf modifikatsiyasi kompleks hosil qilishi birinchi bo‘lib isbotlandi va uning asosida yigirmadan ortiq yangi dorilar, biologik moddalar asosida esa 30 dan ortiq dori preparatlari olindi. Bulardan viruslarga qarshi ishlatiladigan 3%li gossipol linimenti, immunomodulyator - timoptin, qon to‘xtatuvchi “Lagoden”, xlamidiyaga qarshi qo‘llaniladigan dorivor vosita “Polinil” va bioorganika institutining tajriba sinov bazasida ishlab chiqarilmoqda va amaliyotda qo‘llanilmoqda. Jahon andozalariga mos keladigan paxta moyini va kam gossipolli paxta kunjarasini olish texnologiyasi ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasining ko‘pchilik yog‘-moy ekstraksiya zavodlarida litsenziya asosida qo‘llanilmoqda.
Biotexnologiya sohasida O‘zbekiston asosan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining mikrobiologiya institutida, genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutida hamda Respublika Kimyo birlashmasiga qarashli bir qator zavodlarda ishlar olib borilmoqda. Biotexnologiya ixtisosligi birinchi o‘zbek akademiki A.G.Xolmurodov (1939-1996) fuzalium avlodiga mansub zamburug‘lardan NAD struktura-funksional bog‘liqligini o‘rganish hayvon va o‘simliklardan ajratib olingan ikkilamchi mahsulotlarni qayta ishlashning jahon standartlariga mos keladigan yangi texnologiyalarini hamda o‘simliklarni himoya qiluvchi ekologik toza vositalarni olish ustida tadqiqotlar olib borishdan iborat. Institutda olib borilgan yuqori va quyi molekulyar bioregulyatorlarni kompleks tadqiq etish natijasida zaharli jonivorlar zaharidan 50 dan ortiq biologik faol oqsil va peptidlar ajratib olindi. Ulardan 15 dan ortig‘ining kimyoviy tuzilishi va ta’sir mexanizmi o‘rganildi. G‘o‘zadan fitogormonlarning retseptorlari ajratib olindi va fizik-kimyoviy xossalari o‘rganildi, ularning paxta bargini to‘kishdagi regulyatorlik roli isbotlandi. Natijada g‘o‘za defoliatsiyasida ro‘y beradigan jarayonning molekulyar mexanizmi ko‘rsatildi va defoliatsiyalovchi hamda o‘sishni tezlashtiruvchi faollikka ega bo‘lgan birikmalarni tanlash ko‘rsatkichlari ishlab chiqildi. G‘o‘za o‘sishi jarayonida organizm ferment sistemalarining paxta tolasi hosil bo‘lishidagi roli o‘rganildi va sellyuloza biosintezi jarayonining molekulyar mexanizmi isbotlandi. O‘simliklar zararkunanda hashorotlari fero kofermenti va vitaminlar kompleksi (V guruhiga kiruvchi vitaminlar, vitamin RR, A va h.k.) tayyorlash texnologiyasini yaratdi.
Professor K.D.Davronov tomonidan yog‘ parchalovchi ferment-lipaza tayyorlash texnologiyasini «Yer malhami” biopreparatini yaratdi. Bu preparat azot yutuvchi mikroorganizmlar asosida tayyorlangan bo‘lib, mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida qo‘llanilmoqda. Bundan tashqari K.D.Davronov rahbarligida sellyuloza lignin biokarkasini (g‘o‘zapoya, somon, kanop poyasi, qirindi va b.) maxsus tayyorlangan bazidiometsitlarning fermentlari ishtirokida tabiiy sellyuloza – lignin birikmalari parchalanishi amaliyotda ko‘rsatib berildi.
Akademik M.I.Mavloniy O‘zbekistonda uchraydigan achitqi zamburug‘larni tahlil qilib, ularni novvoychilik, vinochilik va chorvachilikka qo‘l keladigan turlarini oldi va ular asosida maxsus xamirturushlar va vinochilik uchun achitqi tayyorlash texnologiyalarini yaratdi.
Mikrobiologiya instituti olimi J.Toshpo‘latov somon va g‘o‘zapoyani parchalashda «Trixoderma harznanum” zamburug‘i fermentlaridan foydalanish mumkinligini ilmiy asoslab berdi. Bu texnologiya qo‘llanilganda somonda shakar miqdori 6-7% ga yetgani, vitaminlar, aminokislotalar paydo bo‘lib, somonni ozuqa birligi bir necha barobar oshganligi isbotlab berilgan.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin