1-mavzu. Fanning maqsadi va vazifalari reja Foydalaniladigan adabiyotlar Biotexnologiya fanining vazifasi va ahamiyati


Oziq-ovqat va chorvachilik uchun oqsil moddalari



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə10/74
tarix07.01.2024
ölçüsü0,65 Mb.
#204352
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   74
биол маж лекция

Oziq-ovqat va chorvachilik uchun oqsil moddalari;

  • Aminokislotalar;

  • Organik kislotalar (limon kislotasi va uni urnini bosadiganlar);

  • Antibiotiklar (birinchi navbatda 4 - 5 avlodga mansub antibiotiklar);

  • Vitaminlar;

  • O‘simliklarni himoya qilish vositalari ishlab chiqarish.

    Afsuski, yuqoridagilar hozirgacha mamlakatimizga tashqaridan, valyutaga keltiriladi. Olimlarimizni, qolaversa bugungi kunda ta’lim olayotgan talabalarni oldilariga qo‘yiladigan ko‘p sonli masalalarni eng dolzarblari yuqoridagilardan iborat.
    Nazorat uchun savollar
    1. Biotexnologiya fani nimani urganadi ?
    2. Klassik biotexnologiya usullarini tushintiring?
    3. Molekulyar biotexnologiyaning rivojlanish tarixi?
    4. Biotexnologiya yo‘nalishlarining vazifalari?
    5. Biotexnologiyaning vazifalari?
    3-MAVZU: GEN MUXANDISLIGI FERMENTLARI VA DNK BO‘LAKLARINI QIRQISH XAMDA RESTRIKTAZA XARITASINI TUZISH
    Reja:
    1.Gen muhandisligi fermentlari.
    2. DNK polimerazalar
    3.DNK ligaza
    4.Nukleazalar
    5.Restriktazalar
    Gen muhandisligi fermentlari DNK molekulalari bilan turli xil muolajalarni o‘tkazishga yordam berib, ularni tegishli joyidan qirqish, turli xil bo‘laklarini ulash, tabiatda mavjud bo‘lmagan yangi xildagi ketma-ketliklarni sintez qilishda qo‘llaniladi. Quyida gen muhandisligida foydalaniladigan asosiy fermentlarni ko‘rib chiqamiz.
    DNK polimerazalar. Gen muhandisligida keng qo‘llaniladigan fermentlardan biri Ecoli ning T4 fagidan ajratib olingan DNK polimeraza I hisoblanadi. DNK polimeraza I komplementar nukletidlarni biriktirish yo‘li bilan DNK zanjirining 5 -3 yo‘nalishida uzaytirish xususiyatiga ega. DNK polimerazaning bu xususiyati gen muhandisligida ikkinchi komplementar zanjirni hosil qilish: bir zanjirli matritsa –DNK siga qo‘shilganda praymer ishtirokida ikki hissa ortishida kuzatiladi. Bu xususiyat kDNK-bibliotekalarini tuzishda qo‘llaniladi. DNK polimeraza DNK zanjiridagi “bo‘shliq” larni to‘ldirishda ham foydalaniladi, masalan, 5- uchli bo‘laklarni tegishli tartibda ulanishida ham ishtirok etadi. DNK polimerazaning ekzonukleaza faolligidan DNK bo‘lagiga radioaktiv nishon kiritishda qo‘llaniladi.
    Ba’zi viruslardan RNK ga bog‘liq DNK polimeraza, ya’ni teskari transkriptaza yoki revertaza deb nomlanuvchi maxsus DNK polimeraza ajratib olingan. Revertazalar DNK ning komplementar zanjirini matritsa RNK sida ham sintezlay oladi. Reveratazalar yordamida kDNK-mRNK ning DNK nusxalarini olish mumkin. kDNK genlarining tuzilishini o‘rganish bu genlarning genomdagi to‘liq nusxalarini aniqlash imkonini beradi.

    Yüklə 0,65 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   74




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin