1-mavzu. Fanning maqsadi va vazifalari reja Foydalaniladigan adabiyotlar Biotexnologiya fanining vazifasi va ahamiyati



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə12/74
tarix07.01.2024
ölçüsü0,65 Mb.
#204352
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   74
биол маж лекция

5-ma’ruza. Fermentlar injenerligi


Reja:

  1. Fermentlar injenerligining asosiy vazifasi.

  2. Mikroorganizmlardan ferment preparatlarini ajratib olish usullari

  3. Tozalanmagan, kompleks ferment preparatlarining olinishi.

  4. Cho‘ktirish usullari va uning nazariyasi.

  5. Fermentlarni tozalash usullari.

Tayanch so‘zlar: ferment preparatlari, cho‘ktirish, tuzlar, tozalash metodlari, organik erituvchilar, dializ, baromembrana.
Adabiyotlar: 1,2,3,4,13
Fermentlar injenerligining asosiy vazifasi – biologik sistema yoki tirik hujayralardan ajratib olingan fermentlarning katalitik xususiyatlaridan foydalangan holda biotexnologik jarayonlarni yaratishdir. U yangi mahsulotlarni olish, ularning sifatini yaxshilash va iqtisodiy ko‘rsatkichlarini ko‘tarish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni yechadi. Hozirgi kunda amaliyotda fermentlar keng qo‘llanadi.
Ma’lumki, fermentlardan organik sintezlarni katalizatori sifatida foydalaniladi. Shunga qaramay, fermentlarning “nozik” tomoni ham bordir, ya’ni ularning buzilishidir. Ular kam chidamli moddalar bo‘lib, nozik makromolekular strukturali oqsillardir. Ular tashqi ta’sir ostida osongina o‘z xossasini yo‘qotadi.
Fermentlar katalizatorligida kechadigan reaksiyalar murakkab mexanizmga ega. Ularning aktivligini tashqi muhitning o‘zgarishi, uning kislotaliligi, ularni aktivlashtiruvchi yoki susaytiruvchi qo‘shimcha moddalar qo‘shish bilan boshqarish mumkindir.
Fermentlar manbai turli hayvon, o‘simliklarning to‘qimalari, mikroorganizmlar bo‘lishi mumkin. Fermentlar qaysi biri kerakligi va qaysi birini olish qulayligiga qarab tanlanadi.
Yaqin davrlargacha amaliy maqsadlarda hayvon va o‘simlik fermentlaridan foydalanib kelingan. Hayvonlardan olinadigan fermentlar go‘sht sanoatining yo‘ldosh mahsulotlari hisoblanadi. Barcha to‘qima va hujayralar ichida fermentlarga boy organ oshqozon osti bezidir. Undan tarkibida bir qator gidrolitik fermentlar (amilaza, proteaza, lipaza va b.) tutgan kompleks preparatlar olinadi. Masalan, oshqozon osti bezidan pankreatin - quritilgan ekstrakt olinadi.
Hayvon xomashyolaridan ayrim fermentlarning tozalangan preparatlari - pepsin, tripsin, ximotripsin, rennin (ximozin), ribonukleaza, DNKaza, lipaza, gialuronidaza, katalaza ham ajratib olinadi.
O‘simliklardan sanoat miqyosida proteolitik fermentlarning ayrim preparatlari - papain (qovun daraxti mevasining sharbatidan), fitsin (anjir bargi va Ficus oilasiga mansub o‘simliklardan) ajratib olinadi.
Shu bilan birga o‘simliklardan ferment ajratib olish iqtisodiy jihatdan samarali emas, chunki sarflanadigan o‘simlikka nisbatan olinadigan mahsulot kam miqdorda bo‘ladi. Undan tashqari har doim ham istalgan mintaqada kerakli o‘simlikni o‘stirish imkoni yo‘q.
Hayvonlardan fermentlarni ajratib olishda ham ayrim qiyinchiliklar tug‘iladi. Shuning uchun hozirda fermentlar manbai sifatida mikroorganizmlardan keng foydalanilmoqda.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin