2Gen muhandisligi fanining maqsadi va vazifalari
3.Gen muhandisligining boshqa fanlar bilan aloqasi.
4.Gen muhandisligining xalq xo‘jaligidagi ahamiyati.
5.Xulosa.
Oxirgi 20-55 yil ichida gen injeneriya sohasida ko‘plab yangi usullar asosida nuklein kislotalar bilan birgalikda in vitro olish hamda molekulyar biologiya va genetikada tub o‘zgarishlarni sodir etish imkoniyatlari yaratildi. Hozirda gen va genetik injeneriya so‘zlari bir-biriga sinonim sifatida juda ko‘p ishlatiladi. Aytish mumkinki, genetik so‘zi umuman biz tushunishimiz uchun qulay bo‘lgan iboradir. Genetik injeneriya nafaqat 1 ta gen bilan, balki bir butun genlar bilan bog‘liq holda ish olib borish imkoniyatiga egadir. Hozirgi vaqtga kelib hayvon va o‘simliklar organizmlarini birlashtirish va genotipini o‘zgartirish mumkin bo‘lib qoldi. Gen injeneriya usuli yordamida nafaqat bir-biriga yaqin bo‘lgan, hatto bir-biridan juda uzoq bo‘lgan organizmlarning yangi naslini olish imkoniyati yaratildi.
Buning uchun DNK bo‘laklarini elektroforez moslamasida kuchli elektr maydonida katta-kichikligiga qarab ajratiladi va hosil bo‘lgan bo‘laklar maxsus bo‘yoq bilan bo‘yaladi. Natijada bir xil kattalikdagi DNK bo‘laklarini to‘planishini oddiy ko‘z bilan ko‘rish mumkin. Elektroforezda hohlagan kattalikdagi DNK bo‘lagini suvda eritib ajratib olish mumkin. Ajratib olingan yopishqoq uchli xromosoma DNK si bilan aralashtirilib ligaza fermenti yordamida tiklanadi, natijada plazmiz tarkibiga xromosoma DNK bo‘lagi kiritiladi. Shu usulda rekombinat plazmid hosil qilinadi.
Gen injenergiya sohasi rivojlanishida mikroorganizmlar genetikasi muhim rol o‘ynaydi. Nuklein kislotalarni kimyoviy molekulyar genetikaning turli usullari va metodlari yordamida, ularning yangi ko‘rinishdagi tuzilmalarini yaratish mumkin. Gen injeneriyasi yo‘li bilan 1972-yilda Berg o‘zining shogirdlari bilan birgalikda AQSH da birinchi marta o‘z tarkibida genetik materialning uch ko‘rinishini birlashtirgan in vitro DNK rekombinatsiyasini yaratishga muvaffaq bo‘ldi.