1-mavzu. Fanning maqsadi va vazifalari reja Foydalaniladigan adabiyotlar Biotexnologiya fanining vazifasi va ahamiyati



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə22/74
tarix07.01.2024
ölçüsü0,65 Mb.
#204352
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   74
биол маж лекция

Gen muhandisligi usullari asosida ko‘plab yangi nuklein kislotalarning yaratilishi in vitro hujayralar olish, genetika va molekulyar biologiya fanlari sohasida tub o‘zgarishlar sodir etdi. Hozirda gen muhandisligi va genetika so‘zlari bir-biriga sinonim sifatida ko‘p ishlatiladi, aytish mumkinki genetika so‘zi umuman biz tushunishimiz uchun qulay bo‘lgan iboradir. Gen muhandislikda nafaqat bitta gen, balki bir butun genlar bilan bog‘liq holda ish olib boriladi.

Genetika fani – o‘simliklar va hayvonlarning yaqin yoki uzoq formalarini bir-biriga qo‘shib yangi duragay organizmlar oladi. Olingan duragay organizmlar genotip jihatdan ota-ona organizmidan qisman farq qiladi. Gen muhandisligi fani bu usulga qarshi o‘laroq u bir-biriga yaqin bo‘lmagan uzoq organizmlarni bir-biriga qo‘shib yangi nasl olish imkonini beradi.

DNK bo‘laklarini elektrofarez moslamasida kuchli elektr maydonida katta-kichikligiga qarab ajratildi va hosil bo‘lgan bo‘laklar maxsus bo‘yoq bilan bo‘yaladi. Natijada bir xil kattalikdagi DNK bo‘laklarini to‘planishni oddiy ko‘z bilan ko‘rish mumkin. Elektroforezda hohlagan kattalikdagi DNK bo‘lagini suvda eritib ajratib olish mumkin. Ajratib olingan yopishqoq uchli xromosoma DNK si bo‘lagi ochiq holatdagi yopishqoq uchli plazmid DNK si bilan aralashtirilib ligaza fermenti yordamida tiklanadi, natijada plazmid tarkibiga xromosoma DNK bo‘lagi kiritiladi. Shu usulda rekombinant plazmid hosil qilinadi.Gen muhandisligi sohasini rivojlantirishda mikroorganizmlar genetikasi muhim rol o‘ynaydi. Kimyoviy molekulyar genetikaning usullari orqali nuklein kislotalar yangiliklar haqidagi fanga ma’lum qilinadi.

Yuqorida gen muhandisligi 1972-yilda Berg va uning hamkasblari bilan birgalikda AQShda birinchi marta o‘z tarkibida genetik materialning uch ko‘rinishini birlashtirgan in vitro DNK rekombinatsiyasi yaratilganligi bilan boshlanganligini aytib o‘tdik. Ko‘chib yuruvchi genetik elementlar yoki transfozonlar o‘simlik organizmida bo‘lishini AQSH olimasi Barbara Mak-Klinton kashf etgan. Ko‘chib yuruvchi genetik elementlar ayni vaqtda transpozitsion elementlar yoki transpozonlar deb ham ataladi. Transpozonlarni kashf etilishi genetik muhandislikning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.


Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin