1-mavzu. Fanning maqsadi va vazifalari reja Foydalaniladigan adabiyotlar Biotexnologiya fanining vazifasi va ahamiyati



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə24/74
tarix07.01.2024
ölçüsü0,65 Mb.
#204352
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   74
биол маж лекция

Tirik organizmlar irsiy axborotini sun’iy yo’l bilan ma’lum maqsadga muvofiq o‘zgartirish jarayoni genetik muhandislik fanining asosiy ustqurmasi hisoblanadi. Genetik muhandislik hujayra, xromosoma va gen darajasida amalga oshiriladi. Hujayra darajasidagi genetik muxandislik ikki hujayrani o‘zaro qo‘shilish yo’li bilan amalga oshiriladi. Xromosoma darajasidagi genetik muhandislik hujayra yadrosiga qo‘shimcha xromosomalar kiritish orqali amalga oshiriladi. Gen darajasidagi genetik muhandislik yoki gen muhandisligi eng murakkab bo‘lib, quyidagi bosqichlar asosida amalga oshiriladi:

1 Qimmatli xo‘jalik ahamiyati kasb etadigan gen funksiyasi orqali qidirib topilidi, ajratib olinadi, klonlanadi va tuzilishi o‘rganiladi.

2 Ajratib olingan gen xromosoma DNKsi bilan rekombinatsiyalanuvchi biror fag genomi, traspozon yoki plazmida DNKsi bilan biriktirilib vektor konstruksiya yaratiladi.

3. Vektor konstruksiya transformatsiya usuli bilan hujayraga kiritiladi va transgen hujayra olinadi. Transgen hujayradan sun’iy ravishda yetuk o‘simlik o‘stiriladi. Ushbu usuldan foydalanib o‘simlik, hayvon va mikroorganizmlar hujayralaridan transgen formalar olish mumkin.

4. Xulosa qilib aytganda biotexnologiya va gen muhandisligi yutuqlarini chuqur o‘rganish va ulardan oqilona foydalanish transgen o‘simliklar va hayvonlar olish biotexnologiyasining yuzaga kelishida asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Bu usul bilan qimmatli xo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan bir qator o‘simliklar va nasldor qoramol klonlari yaratildi.

Hujayra muhandisligi usullaridan foydalanib, tirik organizmlardan gibrid hujayralar olish biotexnologiyasi yaratildi va bu asosida monoklonal antitelolar olish yo’lga qo‘yildi.

Gen muhandisligi biotexnologiyasnning yutuqlari sanoat ko‘lamida va qishloq xo‘jaligida keng qo‘llanilmoqda.

Antibiotiklar, aminokislotalar, vitaminlar va gormonlar ishlab chiqarilmoqda, nasldor qoramol klonlari yaratilmoqda, tuproqda va suvda zaharli pestitsid qoldiqlarini parchalaydigan mikroorganizmlarni transgen shtammalari olinmoqda, atmosfera azotini o‘zlashtiruvchi mikroorganizmlar genlari asosida tuproqni azotli o‘g‘itlar bilan boyitish muammosi yechilmoqda, zararli hasharotlarga va patogen mikroorganizmlarga chidamli, ekologiyani asrovchi transgen o‘simlik navlari yetishtirilmoqda, irsiy kasalliklarni tezkor tashhis qilish uchun diagnostikumlar tayyorlanmoqda, shuningdek gen terapiya takomillashtirilmoqda.


Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin