1-mavzu. Fanning maqsadi va vazifalari reja Foydalaniladigan adabiyotlar Biotexnologiya fanining vazifasi va ahamiyati



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə21/74
tarix07.01.2024
ölçüsü0,65 Mb.
#204352
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   74
биол маж лекция

Klonlash o‘zida kodlangan oqsilni jamlasa unda transkripsiya qilingan gen o‘zida keraklicha oqsil yig‘adi. Klonlangan bir organizm DNK sini boshqa organizmga o‘tkazish mumkin. Bu usul bilan ko‘plab samaralar olish mumkin hamda ko‘plab kasalliklarga chek qo‘yilishi mumkin. Agar tuproq bakteriya genini boshqa bakteriya geniga o‘tkazsak unda tuproqda azot hosil qiluvchi bakteriyalarning ko‘plab koloniyalari hosil bo‘ladi. Ma’lumki, ichak tayoqchasi geni odam genotipida insulin sintezlovchidir. Olimlarimiz buni boshqa ichak tayoqchasidan olishdi. Fanni uzoq vaqt davomida izlanishlari natijasida inson zigotasi ichiga boshqa genni joylashtirish va turli gen kasalliklarni davolash uchun yetarli imkon yaratilmoqda.

Hayvonlarni klonlash ishlari ancha ilgari boshlangan. Bunda tuxum hujayrasidagi yadroni olib tashlab, boshqa tuxumning yadrosi o‘rnatiladi. Keyin uni probirkaga yoki biror-bir ona qorniga joylashtirish mumkin. Dolli nomli qo‘zichoq noan’anaviy yo’l bilan klonlashtirilgan. 6 yoshli qo‘yning tuxum hujayrasi boshqa bir qo‘yning tuxum hujayrasiga kirgan. Rivojlanayotgan zigota ichiga 3-zotdagi qo‘yni tuxum hujayrasi aralashtirilgan, lekin qo‘zichada birinchi qo‘yning barcha genlari o‘tgan. Bunda qo‘zicha birinchi qo‘yni aynan o‘zi, ya’ni klonidir. Bu tajriba fanda ko‘plab yangiliklarni yaratishda va seleksiyada ham samarali ekanligini ko‘rsatadi. Texaslik olimlar hatto insonning bir qancha hujayrasini qayta tiklashga erishdilar. Odatda hujayra 7-10 marta bo‘lingandan so‘ng nobud bo‘ladi. Lekin bu ko‘rsatkich olimlarning xizmatlari tufayli samaradorligi 100 marta ortdi. Odamzot geni 80 yildan buyon o‘rganiladi, 5000 ta o‘rganilgan odamda 50-200 mingdan ortiq gen mavjudligi aniqlangan.

Odamda yangi genlarning borligi ham aniqlanmoqda. Gen injeneriyasi hozirda bu genlarning tuzilishini o‘rganish bilan shug‘ullanmoqda. Bu o‘rganishlar ko‘plab kasalliklarni oldini olish uni davolash yoki ularning kelib chiqishi sababini o‘rganishga imkon beradi. Hozirda ko‘plab olimlarimiz XXI asrni gen meditsinasi va gen injeneriyasi taraqqiy etgan asr bo‘lishini ta’kidlashmoqda.


Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin