1-mavzu. Fanning maqsadi va vazifalari reja Foydalaniladigan adabiyotlar Biotexnologiya fanining vazifasi va ahamiyati



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə14/74
tarix07.01.2024
ölçüsü0,65 Mb.
#204352
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   74
биол маж лекция

Vakuum-bug‘glantirnsh usulida ferment eritmalarini quyuqlashtirish. Qattiq va suyuq ozuqa muhitlarida o‘stirilgan mikroorganizmlarning ekstraktlari saqlash uchun chidamsizdir. Tayyor texnik preparat formalarini (P2x va G2x) olish va ularni quyuqlashtirish kerak. Quruq texnik yoki toza ferment ppepapatlarini vakuum-bug‘lantirish usuli ham bir bosqich bo‘lib hisoblanadi.
Odatda fermentlar bug‘lantirish haroratiga juda ta’sirchan bo‘ladi. Shuning uchun quyuqlashtirishning asosiy sharti past haroratda qaynatish va jarayonni qisqa muddatda olib borish bilan birga, bug‘lantirilayotgan suyuqlikni qizib ketishi va fermentlar inaktivatsiyaga uchrashini oldini olishdir. Agarda quyuqlashtirilayotgan eritma qanchalik toza bo‘lsa, shunchalik kam miqdorda har xil moddalarni kam tutadi va undagi ferment yuqori haroratga juda ham ta’sirchan bo‘ladi. Qattiq ozuqa muhitida o‘stirilgan organizm ekstraktida juda ko‘p miqdorda himoyalovchi birikmalar bo‘ladi va ular quyuqlashtirish jarayonida ferment inaktivatsiyasini oldini oladi, lekin kultural suyuqlikni quyuqlashtirishda buning aksini kuzatish mumkin, ya’ni ferment ko‘p miqdorda faolligini yo‘qotadi. Quyuqlashtirish jarayonida ferment eritmalaridagi moddalarning miqdori va mineral tarkibi birmuncha o‘zgaradi, quruq modda hisobiga esa 11-20 %ga kamayadi va quyuqlashgan ekstraktning rN ko‘rsatkichi ham o‘zgaradi. Produsentning turiga qarab ularning kultural suyuqliklari ham har xil kimyoviy tarkibga va fermentlar kompleksiga ega bo‘lganligi uchun, vakuum-bug‘lantirishning harorat rejimlari tadqiqot yo‘li bilan aniqlanadi.
Ferment faolligini quyuqlashtirish jarayonida yo‘qotilishi nafaqat uni olib borilish rejimiga, balki uskuna yoki qurilmaning konstruksiyasiga ham bog‘liqdir. Keyingi yillarda vakuum-bug‘lantirish uskunalari ancha takomillashtirilmoqda. Ushbu uskunalar trubka shaklida (gorizontal, vertikal va qiya) bo‘lib, jarayonni o‘tish muddatini 10 marotabaga yaqin qisqartirdi va fermentni faolligini yo‘qolishini bir muncha kamaytirdi. Bular jumlasiga «Alfa-Laval» (Shvesiya), «Yedinstvo» (Yugoslaviya), «Lyuva» (Shveysariya), «APV» (Fransiya») va b. bir qancha firmalar uskunalarini kiritish mumkin va ularning samaradorligi 200 dan 20000 l/s ni tashkil qiladi hamda fermentni faolligi 10% atrofida yo‘qotiladi.
Ferment eritmalarini membranalar yordamida tozalash Membranali tozalash usuliga dializ va elektrodializ, baromembranali usulga esa qaytariluvchi osmos, ultrafiltratsiya, mikrofiltratsiya va nozik filtratsiya kabilar kiradi.
Eritmadagi moddalarni dializ usulida ajratish – membranani modda massasiga qarab tanlab o‘tkazuvchanlik xususiyatiga asoslangan. Bu jarayon uchun yarimo‘tkazgich membrananing har ikki tomonida eritmalar konsentratsiyasini farqi vujudga kelishi kerak. Dializ jarayonini ushbu tenglik bilan ifodalash mumin:
Q = DdSΔC
Bunda, Q – ma’lum vaqt ichida membranadan o‘tgan modda miqdori, Dd – dializ koeffitsienti, S – membrana sirtining yuzasi, ΔC – membrananing har ikki tomonidagi moddalarning konsentratsiyasi farqi.
Dializdan ferment preparatlarini kichik molekulali moddalardan tozalashda foydalaniladi. Masalan, ferment eritmalarini shakar, aminokislotalar, mineral tuzlar va boshqalardan 60-100% gacha bo‘lgan miqdorda tozalashga erishish mumkin. Ayniqsa, fermentlar yuqori konsentratsiyali tuzlar bilan cho‘ktirilganda dializdan va eletrodializdan unumli foydalanish kerak. Lekin to‘rtlamchi strukturaga ega bo‘lgan fermentlarni va metallofermentlarni ajratishda elektrodializdan foydalanish mumkin emas, ya’ni ferment ushbu jarayonda o‘z faolligini yo‘qotadi.
Dializ jarayoni juda sekin o‘tuvchi jarayondir, hamda eritmaning miqdori ko‘p bo‘lganda, juda ko‘p miqdorda membrana sarflanadi. Dializda quyidagi har xil ko‘rinishdagi yarimo‘tkazgich membranalar ishlatiladi, pergament, sellofanning har xil turlari, ultrafiltratsiyada ishlatiladigan membranalar va boshqalardir. Dializ usuli bir qancha kamchiliklarga ega bo‘lganligi sababli hozirgi kunda ishlab chiqarishda ishlatilmaydi. Ba’zan ilmiy laboratoriyalarda fermentlarni yuqori tozalikda olish uchun ishlatilishi mumkin.
Baromembrana usuli ishlatiladigan membranalar tirqishlarining katta­-kichikligiga qarab sinflanadi. Masalan, qaytariluvchan osmos (≈3xI0-4 mkm); gelfiltratsiya (15x10,5 mkm); mikrofiltratsiya (0,2 mkm) va nozik filtratsiya (10 mkm) dir.
Quyuqlashtirish va tozalashning qaytariluvchan osmos va ultrafiltratsiya usullari kimyo, neftni qayta ishlash, oziq-ovqat, farmasevtika va ferment sanoatlarida juda keng tarqalgan. Eng asosiysi, jarayonni juda ham kam harajatlar va energiya evaziga olib borilishidir. Ultrafiltratsiya jarayonida fermentlarni harorat ta’siridagi inaktivatsiyasi umuman bartaraf qilingan bo‘lib, birvarakayiga eritma bir qancha ballast birikmalardan xona haroratida tozalanadi. Ushbu jarayon yuqori bosim ostida o‘tganligi uchun samaradorligi ham yuqoridir. Bu usulning ham asosiy elementi bo‘lib membranalar hisoblanadi. Hozirgi kunda sellofandan, kauchukdan, polietilendan, polisteroldan, sellyulozadan va b. bir necha xil materiallardan tayyorlangan membranalar ishlatilmoqda.
Membranalar xususiyatiga qarab 0,05-0,2 mkm li bir qavatli – izotrop va ikki qavatli – anizotrop turlariga bo‘linadi.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin