1-mavzu. Fanning maqsadi va vazifalari reja Foydalaniladigan adabiyotlar Biotexnologiya fanining vazifasi va ahamiyati



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə66/74
tarix07.01.2024
ölçüsü0,65 Mb.
#204352
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   74
биол маж лекция

2.Hayvonlarni klonlash. Hayvonlar qoldiradigan avlodlar soni unchalik ko‘p bulmaydi. Yuqori hosildorlikni belgilovchi, ixtisoslashgan genlar kompleksining soni juda ham kam bo‘lib, keyingi avlodlarga o‘tganda o‘zgarishlarga uchraydi.
Shunday bo‘lishiga qaramasdan, somatik hujayralarning yadrosida muayyan organizm haqida to‘liq genetik axborot to‘plangan bo‘lib, bu axborotni to‘liq faoliyati uchun sharoit yaratib berilganda, istalgancha genetik nusxalar (klonlar) olish imkoni borligi ma’lum.
Ko‘pgina somatik hujayralar differensiallangan holatda bo‘lishini e’tiborga olib, dastlab bu vazifani rivojlanishni ma’lum bosqichidagi, ammo differensiyaga uchramagan murtaklarning embrional hujayralari yordamida yechishga harakat qilingan. Ootsitlarning sitoplazmasida ko‘chirib o‘tkazilgan yadro ishini qayta dasturlash va yangi embrionlarning rivojlanganligi dasturini ishlatib yuboradigan maxsus omillar saqlanishi, yadroni (blastomerlarni) yetilgan ootsitlarga ko‘chirib o‘tkazish imkonlarini yaratadi.
Bir urug‘li egizaklarni olinishi chorvachilik uchun katta ahamiyat kasb etadi. Bir tomondan, bir donordan olinadigan buzoqchalarni soni ko‘payadi, ikkinchidan genetik bir xil bo‘lgan egizaklar paydo bo‘ladi. Bir biriga mos bo‘lgan egizaklarni ko‘plab olinishi — buqalarni avlod qoldirish sifatini baholash, sperma mahsulotlar bahosini kamaytirish, preparatlarni bahosini kamaytirish, hamda chorva mollarini boqish sohasida olib boriladigan izlanishlarni soddalashtirish imkoniyatini yaratadi.
Bir necha o‘n yillar ilgari sut emizuvchilarni embrionlarini endi rivojlanib kelayotgan bosqichida mikrojarroxlik yo‘li bilan ikkiga va undan ko‘proq qismga ajratish va har bir bo‘lagi keyinchalik aloxida organizmgacha rivojlanishini ta’minlash mumkinligi haqida fikr qilingan edi. 1970 yilda ikki xujayrali embrionlarni blastomerlarni mexanik yo‘l bilan ajratish orqali bir urug‘li sichqonlarni dastlabki avlodi yaratilgan edi. 1979 yilda S.M.Villadsen yuqoridagi texnikadan foydalanib, ammo blastomerlarni agarga kiritib, ikki xujayrali embrionlarni bo‘lish orqali bir urug‘lik egizak qo‘zichoqlar yaratishga erishgan edi. (Bir urug‘li—iborasi bir embriondan ajratilgan blastomerlardan olingan egizaklar—red). Keyinchalik qo‘yilgan tajribalar 4 — 6 — 8— hujayrali embrionlar blastomerlarni ikki guruhga ajratish orqali bir xil egizaklar olish mumkinligini ko‘rsatgan edi. 2,4,8-hujayrali embrionlarni yarmi ham, qo‘ylarni bugun embrionlari singari to‘la rivojlanish imkoniyatiga ega. Bunday bo‘lingan blastomerlarni muzlatilgan holatda saqlanish mumkinligi, har xil yoshdagi monozigot egizaklar olish uchun qo‘yiladigan tajribalarda ishlatish mumkinligini ko‘rsatdi.
Chorak embrionlarni yoki 8-xujayrali embrionlarni 4 juft hujayraga ajratib saqlanganda, ularni yashab qolishi normal embrionlar dan past ekanligi kuzatilgan. Sakkiz xujayrali embrionlarning alohida ajratib olingan blastomerlaridan hosil bo‘lgan embrionlarni yashab qolishi deyarli nolga teng ekanligi ham kuzatilgan.
Yarimta embriondan olingan blastotsitlar 32 ta hujayradan tashkil topishi, ya’ni meyoridagidan 50% hujayra saqlashi aniqlangan. To‘rt hujayrali embriondan olingan alohida blastomerlar ham blastotsit holatigacha rivojlanishi kuzatilgan. Ammo bunday blastotsitlar 16 yoki undan ham kamroq hujayradan tashkil topadi. Meyoridagi blastomerlarda hujayralar soni 32 tani tashkil etadi.
Sakkiz hujayrali bosqichda har bir blastomer blastotsitgacha rivojlanish imkoniyatiga ega, ammo ular juda kichik bo‘lib, taxminan 8-hujayradan iborat bo‘ladi. Bunday blastotsitlarni ko‘chirib o‘tkazilganda ularni bor-yo‘g‘i 10% ga yaqinigina tug‘ilish bosqichigacha rivojlanadi xolos.
Bu tajribalar asosida qo‘yidagicha xulosaga kelish mumkin: embriondagi hujayralar sonini kamayishi, ularni blastotsistlargacha rivojlanishini pasaytiruvchi asosiy omil bo‘lib xizmat qilsada, bo‘linish jarayoni rivojlanishini bosqichida sodir bo‘lishi unchalik katta ahamiyatga ega emas. Olimlarni fikricha, monozigot egizaklar olish uchun (198) yetilgan morullalardan va blastotsistlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Hozirgi vaqtda rivojlanishini har— xil bosqichida embrionlarni bo‘linishi uchun oddiy texnikadan foydalaniladi, ya’ni ularni sellyutsitlar qismidan barobar 2 qismga bo‘lish;
Bir urug‘li egizaklar olish maqsadida yirik shoxli hayvonlarni embrionlari rivojlanishini keyingi bosqichda foydalanish yengillashadi, chunki ularni ajratib olish uchun jarrohlik yo‘llardan foydalaniladi. Cho‘chqalarni 6 kunlik embrionlarini bo‘lishni ham oddiy texnikasi ishlab chiqilgan. Buning uchun shisha ninalar yordamida embrionni ichki hujayra massasi va taxminan 40% sellyutsid qismi qirqiladi. Keyin sellyutsidlarni ichki qismidagi trofoektoderma qavati kesiladi. Embrionlarni yarmini o‘zini sellyutsid qismi bilan ikkinchi yarmini esa sellyutsid qismsiz retsipiyentni bachadon shoxiga (bachadon-g‘uvur ulangan joydan 5sm oralig‘da) ko‘chirib o‘tkaziladi.
Embrionlarni ikkiga bo‘lish texnikasi qo‘y va echkilarda ham keng qo‘llanilib kelinmokda. Blastotsistlarni rivojlanishini keyingi bosqichida bo‘lish qulayrok, chunki yaltiroq; qobig‘i yosh blastotsistlarnikiga nisbatan yupqaroq, sitoplazmasi esa elastiksimon bo‘ladi.
Monozigot egizaklarni olishni qulay sharoitini ishlab chiqishda, bo‘lingandan keyin va yarimta embrioni transplantatsiya qilingandan keyin in vitro sharoitida o‘stirishni davomiyligi va ularni muzlatilgan holatda saqlanishiga katta e’tibor berilgan.
Yarimta embrionni 4 soat yoki undan ko‘proq vaqt davomida sterillanishi keyingi yashab qolishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Yirik shoxli hayvonlarni embrionlarini yarimtasini in vitro sharoitida 24 soat davomida o‘stirilishi, ularni yashab qolishini 4—6 soat davomida in vitro sterillanganlariga qaraganda taxminan 3 marta kamaytiradi.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin