1-mavzu. Fanning maqsadi va vazifalari reja Foydalaniladigan adabiyotlar Biotexnologiya fanining vazifasi va ahamiyati


Gen muhandisligining muvaffaqiyatini



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə63/74
tarix07.01.2024
ölçüsü0,65 Mb.
#204352
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   74
биол маж лекция

5.Gen muhandisligining muvaffaqiyatini belgilagan yana bir hodisa 1990 yili Betes(AQSh)da ro‘y bergan. O‘shanda har 100 ming insondan bittasida uchraydigan kasallik bilan og‘rigan 4 yashar qizaloqqa uning limfotsitlari kiritilgan. Davolashning ijobiy samarasi bir necha oy davomida kuzatilgach, tibbiy muolaja qaytadan o‘tkazildi. Keyingi uch yil davomida qizcha yana 23 marotaba shunday muolajadan o‘tdi. Natijada bemorning sog‘lig‘i shunchalik yaxshilanib ketdiki, u hech qanday infeksiyalardan qo‘rqmagan holda odatiy hayot tarzini kechira boshladi. Keyingi yillarda bunday tashxisli yana qator bemorlar ham gen terapiyasi usullari yordamida shifo topdi. Bugungi kunda mazkur xastalikning gen terapiyasi yordamidagi tibbiy sinovlari Italiya, Fransiya, Buyuk Britaniya va Yaponiyada o‘tkazilmoqda. Ma’lumot o‘rnida aytish zarurki, gen muhandisligiga oid ko‘plab loyihalarning aksariyat qismi(80 foizi), asosan, onkologik kasalliklar va OITSni davolashga qaratilgan. Mazkur sohadagi tadqiqotlar borasida yuqori rivojlanish kuzatilayotgan mamlakatlarda izlanishlar hisobotlari tegishli idora va muassasalarning majburiy tekshiruvidan o‘tkaziladi. Xususan, AQShda ushbu vazifa Rekombinant DNK bo‘yicha konsultativ markaz, Dori-darmonlar va oziq-ovqat mahsulotlari boshqarmasi hamda Sog‘liqni saqlash milliy instituti tomonidan amalga oshiriladi. Ko‘hna qit’ada esa hujjatlar Genlarni ko‘chirish va gen terapiyasi bo‘yicha Yevropa ishchi guruhi tavsiyalariga muvofiq ishlab chiqiladi
6. Gen terapiyasida ex vivo va in vivo usullarida foydalanish
Mutaxassislar gen terapiyasi ikki usulda amalga oshirilishi haqida ta’kidlashadi. Birinchisi, ex vivo, ya’ni organizmdan tashqaridagi muolaja bo‘lib, bunday davolash usuli organ va to‘qimalar transplantatsiyasiga tayanadi. Ikkinchi yo‘li esa, in vivo orqali organizmning o‘zidayoq davolash yo‘lga qo‘yiladi. Bir qarashda, gen muhandisligining ushbu usullarini amalga oshirish u darajada qiyinchilik tug‘dirmaydigandek. Biroq bu oson ish emas. Garchi muolajalar inson sog‘lig‘ini tiklash, shu orqali ehtimol hayotini saqlab qolish haqida borsa ham, tavakkalchilik qilish yaramaydi. To‘g‘ri, eng ideal holatda zararlangan genni organizmdan chiqarib tashlash va uning o‘rnini sog‘lomi bilan to‘ldirish maqsadga muvofiq bo‘lar edi, — deydi bugungi kunda sohaning yetakchi mutaxassislaridan biri, AQSh Sog‘liqni saqlash instituti ilmiy xodimi Jeyms Makralti. Ammo hozircha ma’lum sabablarga ko‘ra bu usulni amalga to‘liq joriy etishning imkoni yo‘q. Shu sabab ko‘p hollarda kasallangan gen inson tanasidan chiqarib tashlanmagan holatda qo‘shimcha ravishda sog‘lom gen kiritiladi, natijada u yetishmayotgan hujayra vazifasini bajaradi yoki organizmga zarur moddani ishlab chiqaradi.
Olimning «Prosidingz of Neyshnl Akademii of Sayns» jurnaliga ma’lumot berishicha, genlarda organizmda oqsil molekulalarini sintez qilish uchun zarur axborot saqlanadi. Hujayradan ma’lum bir modda sintezlanib ajralib chiqishi uchun esa undagi genlarni maqsadli ravishda o‘zgartirish yoki unga yangi genlarni kiritish talab etiladi. Shu bois tadqiqotchilar barcha say’-harakatlarni inson uchun zarur ma’lum genlarni hujayralar tarkibiga kiritish usullarini ishlab chiqishga qaratishdi. Buning uchun esa, avvalo, kerakli genlarni hosil qilishni o‘rganish talab etilardi. E’tiborlisi, ko‘plab izlanish va amaliy tajribalar samarasi o‘laroq, mutaxassislar qisqa fursat ichida genlarni sintezlashni amaliyotga keng joriy etishdi. Bugun mazkur jarayonni hatto kompyuter orqali amalga oshirishga ham erishilganki, natijada olimlar amaliy tadqiqotlarni olib borishda qator ustunlik va yengilliklarga ega bo‘ldi. Birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgach, tadqiqotchilar genni hujayraga kiritish metodikasi ustida bosh qotira boshladilar. Bunda asosiy qiyinchiliklar tayyor sintezlangan genni hujayraning irsiy ma’lumotlar apparatiga kiritish bilan bog‘liq bo‘lgan. Aslida aynan shu sabab, atigi 20 yillar oldin ham gen terapiyasi muqarrar muvaffaqiyatsiz va hattoki, aql bovar qilmas ish sifatida ta’riflanardi. Boisi, yangi gen hujayraga shunday aniq joylashtirilishi talab etilardiki, yakunda u chindan ham kerakli moddalarni ishlab chiqishi va zarur vazifani bajarishi lozim edi. Yana bir tomoni: organizmga kiritilgan gen «yot» modda sifatida qabul qilinmasligi kerak. Bularni e’tiborga olgan tadqiqotchilar ayni kunda organizmga yot DNKni kiritishning o‘ziga xosliklarini o‘rganish va genetik zarrani tanaga muvaffaqiyatli kiritish usullarini aniqlash borasida ko‘proq tajriba o‘tkazmoqda.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin