Jinsni boshqarish. Amaliyotda hayvonlarni ko‘paytirishda erkak va urg‘ochi individlarning hosil bo‘lishini boshqarish juda muhim hisoblanadi. Embrionlarni jinsi bo‘yicha ajratish usuli – erkak individlar uchun xos bo‘lgan oqsillarni aniqlashga asoslangan. Bu usuldan ko‘plab mamlakatlarning hayvonlarni ko‘paytirish amaliyotida keng foydalaniladi. Kanadada hatto 1975 yilda ebrion bosqichidagi jinsi bo‘yicha ajratilgan buzoqlar tug‘ilgan. Maqsadga yo‘naltirilgan va istiqbolli holatda erkak yoki urg‘ochi jins individlarni olishda X va U xromosomalarni mikrojarrohlilik usulidan foydalanish mumkin. Bu ko‘rinishdagi manipulyatsiya hozirdanoq o‘simlik hujayralari va suvda ham quruqlikda yashovchilar tuxum hujayralarida o‘tkazilgan.
Mavzu:Odam diploid hujayralarini o‘stirish. Gen terapiyasi Reja 1.Gen terapiyasi haqida umumiy ma’lumot
2. Gen terapiyasi «xomashyo»si
3.Tibbiyotda gen terapiyasi yo‘nalishining paydo bo‘lishi
4.Og‘ir shakldagi immunitet tanqisligi kasalligiga qarshi gen terapiyasi usullari
5.Gen muhandisligining muvaffaqiyatlari
6. Gen terapiyasida ex vivo va in vivo usullarida foydalanish
7.Gen terapiyasidagi muvoffoqiyatsizliklar
Odam diploid hujayralarini o‘stirish 1961 yilda Xeyflik va Murxed tomonidan odamda diploid hujayralar liniyasi (NDS) WI-38 olingan va bunda bir marotaba xosil qilingan hujayra liniyasi cheklanmagan xayotchanlik davriga ega bo‘ladi deb ta’kidlangan. WI-38 liniyasida nisbiy ravishda uning kulturada mavjudlik davri populyatsiyani taxminan 50 marotabaga ko‘paytirilganda cheklanishi isbotlangan. Hujayralar liniyasi populyatsiyasi nobud bo‘lishidan oldin qarish xususiyatiga ega. Biroq bu hujayralar nobud bo‘lishidan oldin diploid holatda qoladi va xech qandan saraton o‘simtalari hosil bo‘lishi belgilari kuzatilmaydi. Saraton o‘smalaridan ajratib olingan hujayralar yoki o‘stirish jarayonida transformatsiyalangan hujayralar «umri boqiyligi» bilan tavsiflanadi va geteroploidligi bilan korrelyatsiyalanadi. Hayvon hujayralari suspenziya holatidagi kulturasi dastlab o‘sma to‘qimalari hujayralari asosida yaratilgan. Bu hujayra – HeLa odam bachadoni saraton o‘smasidan ajratib olinadi. 1952 yilda Djeyem va uning xodimlari tomonidan bachadon karsionoma hujayralari liniyasi ajratib olingan va undan hozirgi kunda dunyoning ko‘plab laboratoriyalarida foydalaniladi.
Odam diploid hujayralarini o‘stirish jarayoni tarixining oxirgi bosqichi, bu hujayralarning genetik jihatdan barqarorligi, barcha ma’lum bo‘lgan latent va onkologik viruslardan holi ekanligining aniqlanishi bilan bog‘liq. Shu sababli, odam diploid hujayralari liniyalaridan odam iste’moli uchun maxsulotlarda foydalanishga ruxsat berilgan. Normal to‘qimalardan ajratib olingan hujayralar liniyasida Raus sarkomasi va Moloni sarkomasi viruslaridagi kabi potensial onkogen xususiyat mavjudligi aniqlangan bo‘lsada, biroq bu fikr hozirgi kunda o‘z kuchini yo‘qotmagan.
Hatto 1910 yilda Raus tovuq saraton o‘smasi filtrlangan ekstrakti asosida o‘sma xosil qilgan. Bu o‘sma RNK-virus (Raus sarkoma virusi) yordamida yuzaga keltirilgan. Keyinchalik bir qator viruslar o‘sma xosil qilishi aniqlangan va ular onkogen viruslar deb nomlangan.
«Sayns» jurnalining bir sonida quyidagilar bayon etilgan: «1995 yili AQSh Ilmiy Kengashi a’zolari qarshisida 8 yoshli Ashanti de Silva ismli yoqimtoygina qizaloq paydo bo‘ldi. O‘sha paytdagi kongressmenlardan biri Jorj Braun uni kengash a’zolariga tanishtirar ekan «Ro‘parangizda mo‘jizaning tirik isboti turibdi», dedi».
Xo‘sh, bunda gap qanday mo‘jiza haqida bormoqda? Ma’lum bo‘lishicha, bu qizaloq irsiy kasallik bilan og‘rigan. 1990 yilning sentabrida uni gen terapiyasi usuli bilan davolashni boshlashgan. Natijada oradan bir necha yil o‘tgach, Ashanti de Silva sog‘ayib, tengdoshlari qatori maktabga qatnab yuribdi. Aslini olganda, bu holatni mo‘jiza deb atash ham u darajada to‘g‘ri emas. Negaki, endilikda shunday bir davr keldiki, genetika, molekular biologiya, biokimyo, shuningdek, texnik va texnologik yutuqlar tufayli keng omma ko‘z o‘ngida kelajak zamonning tibbiyotiga asos solinyapti.
Shu o‘rinda savol tug‘iladi: gen injeneriyasi (muhandisligi) yoki terapiyasi nomini olgan tibbiyot ilmi aslida nima? Bunda gendan dori vositasi sifatida foydalaniladimi? Yoki zararlangan genni davolash nazarda tutiladimi? Umuman olganda, bu kabi ko‘plab savollar gen terapiyasi nomini olgan keng qamrovli va bir qarashda ulkan istiqbolli soha borasida fikr yuritganda tug‘ilishi tabiiy. Lekin yana bir jihatni unutmaslik darkor: kelajak davr tibbiyoti, deb yuritilayotgan gen terapiyasi ayni paytda insoniyat uchun katta xavf ham tug‘dirishi ehtimoldan xoli emas.
Ilmiy manbalarda yozilishicha, gen terapiyasi — bu gen muhandisligi (ya’ni biotexnologik) va tibbiy metodlar majmui bo‘lib, ular kasalliklarni davolash maqsadida inson hujayralaridagi gen tizimiga o‘zgartirishlar kiritishga yo‘naltirilgan. Ushbu jadal rivojlanayotgan soha DNK tuzilishida kuzatilayotgan o‘zgarishlar, boshqacha qilib aytganda, mutatsiyalar tufayli yuzaga kelgan nuqsonlarni tuzatishga hamda hujayralarda yangicha ishlash funksiyasini joriy etishga qaratilgan.