1-mavzu. Fanning maqsadi va vazifalari reja Foydalaniladigan adabiyotlar Biotexnologiya fanining vazifasi va ahamiyati


Somatik xujayralar gibridizatsiyasi



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə57/74
tarix07.01.2024
ölçüsü0,65 Mb.
#204352
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   74
биол маж лекция

Somatik xujayralar gibridizatsiyasi. Usul asosida xujayralar qo‘shilishi yotadi, natijada ikkala ota-onaning yadrosini tutuvchi geterokarionlar xosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan geterokarionlardan ikkita bir yadroli duragay xujayralar rivojlanadi. 1965yilda anglya olimi G.Xarris birinchi bo‘lib inson va sichqon xujayralaridan hosil bo‘lgan geterokarionlarni oldi. Bunday sun’iy duragaylashni bir-biridan uzoq bo‘lgan turlarga mansub bo‘lgan somatik xujayralardan olish mumkin. Hatto o‘simlik inson va hayvon xujayralari duragaylarini ham olish mumkin. Bu usul yordamida monoklonal antitelolar olish uchun gibridomalar yaratilgan.
Hayvonot olami uchun spermani muzlatilgan holda uzoq vaqt saqlash, sun’iy urug‘lantirish usullarining yaratilishi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Gen va xujayra muxandisligi usullari yordamida in vitro sharoitida sut emizuvchilarni sun’iy urug‘lantirish va etarli darajada rivodlanishning boshlang‘ich darajasida bo‘lgan murtaklarni etarli miqdorda olish mumkin. Hayvonlarni genetik yaxshilash embrionlarni transplantatsiyalash va mikromanipulyasiya usullari(bir tuxum xujayrali egizaklar olish, embrionlarni turlararo ko‘chirib o‘tqazish, ximerlar olish)ning yaratilishi bilan bog‘liq bo‘ldi. 1996 yilda shotlandiyada inson oqsili geni kiritilgan beshta qo‘zichoqlar olindi.
Gibridoma normal xujayraning shishlar bilan qo‘shilishidan hosil bo‘lgan xujayra. Maxsus oqsil masalan, antitela (normal xujayraga xos) sintez qilish va cheklanmagan o‘sish xususiyatiga ega bo‘lgan xujayralar. Gibridomalar sintez qiladigan monoklonal antitelolar biologiya va tibbiyotning turli soxalarida qo‘llaniladi. Hozirgi kunda boshqa oqsillarni masalan, qonning ivitish omillarini, garmonlarni sintez qiluvchi gibridomalar olish bo‘yicha ilmiy ishlar olib borilmoqda.


Mavzu: Hayvonlarda hujayra muxandisligi
Qishloq xo‘jaligi hayvonlari maxsuldorligini boshqarish


Reja
1.Superovulyatsiya
2.Sun’iy urug‘lantirish
3.Embrionlar transplantatsiyasi
4.Jinsni boshqarish
Adabiyotlar 5,8,11.16

Hayvonlar maxsuldorligi – bu sanoat asoslarida hayvonotchilikning samaradorligini limitlovchi asosiy omil hisoblanadi. Qoramoldan maxsuldorligida optimal natijalarga erishishga qarshilik ko‘rsatuvchi omillar turli xil hisoblanadi. Yangi usullar esa maxsuldorlikni nazorat qilish imkoniyatlarini oshiradi. Bu usullar embrion yoki hujayra darajasidagi manipulyatsiyalardan tashkil topgan bo‘lib, bunda jarayon biologik faol moddalar ishtirokida amalga oshiriladi, shu sababli bu usullar biotexnologik usullar deb ataladi. Bu usullar qatoriga quyidagilar kiritiladi: kuyga kelishni qo‘zg‘atish va uyg‘unlashtirish usullari, superovulyatsiya, su’niy ukrug‘lantirish, embrion transplantatsiyasi, gameta va embrionlarni saqlash, maqsadga yo‘naltirilgan holatda egizaklarni xosil qilish, jinsni nazorat qilish, ximeralarni yaratish va boshqalar.


Kuyga kelishni qo‘zg‘atish va uyg‘unlashtirish usullari progesteron – urg‘ochi jinsiy gormoni yordamida amalga oshirilib, gormon steroid tabiatga ega bo‘lib, estral siklni, prostaglandinlarni va ularning kombinatsiyalari vujudga kelishini nazorat qilishda ishtirok etadi. Bu usul bir vaqtning o‘zida guruh holidagi hayvonlarni kuyga keltirishda qo‘llaniladi.
AQShda sut va go‘sht yo‘nalishida faoliyat olib boriladigan xo‘jaliklarda qoramollarni uyg‘un ravishda kuyga keltirish maqsadida “Sinxro-meyt-V” preparati ishlab chiqariladi. Bu preparat ikkita gormon birikmasidan tashkil topgan bo‘lib, ulardan biri teri ostiga implantant sifatida kiritiladi, boshqasi esa mushak ostiga yuboriladi. Implantant qoramolning quloq terisi ostidan yuboriladi va tezda ikkinchi preparat yuboriladi. Bu ikkala gormon ta’sirida qoramollarda ekstral sikl to‘xtaydi va ma’lum vaqt davom etmaydi. Birmuncha vaqtdan keyin implantat quloq terisi ostidan olinadi va yangi ekstral sikl boshlanadi. Bunda implantant barcha qoramollarda bir vaqtning o‘zida olinadi va sikl hammasida bir vaqtda boshlanadi.
Gormonal preparatlardan foydalanish hayvonlarning jinsiy faolligi holatini har kunlik nazorat qilish talabini yo‘qotadi. Bunda hayvonlarning uyg‘un tarzda kuyga kelishini qulaylashtiradi va urug‘lanish davrida bir jinsli hayvonlar tug‘ilish ehtimolligi ortadi.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin