1-mavzu. Fanning maqsadi va vazifalari reja Foydalaniladigan adabiyotlar Biotexnologiya fanining vazifasi va ahamiyati



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə65/74
tarix07.01.2024
ölçüsü0,65 Mb.
#204352
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   74
биол маж лекция

Mavzu. Hayvonlarni klonlash.
Embrionlarni turlararo ko‘chirib o‘tkazilishi.
Reja
1.Embrionlarni ko‘chirib o‘tkazish.
2. Hayvonlarni klonlash
3.Sigirlarning bo‘lingan embrionlarini muzlatilgan holatda saqlash
4.Somatik hujayralar yadrosini enukleirlangan tuxum xujayrasiga ko‘chirib o‘tkazish yo‘li bilan hayvonlarni klonlanishi
5.Hayvonlarni klonlash bo‘yicha yig‘ilgan ilmiy natijalar
Adabiyotlar 5,7,9,15
1.Embrionlarni ko‘chirib o‘tkazish. Ma’lumki, embrionlarni ko‘chirib o‘tkazish faqatgina bir turga mansub bo‘lgan urg‘ochi hayvonlar orasidagina yaxshi natijalar ko‘rsatadi. Embrionlarni echkidan quyonga yoki qo‘ydan echkiga o‘tkazilganda, ma’lum vaqt rivojlansalarda ular avlod bermaydi. Bunga asosiy sabab boshqa hayvon antigeniga nisbatan urg‘ochi hayvonning immunologik reaksiyasi oqibatida plansetalarni funksiyalarini buzilishidir. Bunday holat mikrojarroxlik usullari yordamida ximerli embrionlar olish yullari bilan tuzatilishi mumkin.
Eng avval, bir turga mansub bo‘lgan hayvonlarning embrionlaridagi blastomerlarni qo‘shish orqali ximerli hayvonlar olingan. Shu maqsad yo‘lida 2 —, 4 —, 8 — hujayrali qush embrionlarni qo‘shib murakkab ximerlar olingan. Murakkab birlashgan embrionlarning har biri 2 tadan 8 tagacha erkak va urg‘ochi hayvonlardan iborat bo‘lgan barobar sonli embrionlar blastomerlaridan tashkil topgan. Embrionlarni agarga o‘tkazilib, keyin qo‘ylarni tuxum yo‘liga ko‘chirilgan va dastlabki blastotsitlar bosqichigacha rivojlantirilgan. Yaxshi rivojlangan blastotsistlar retsipiyent qo‘ylarga ko‘chirib o‘tkazilgan va natijada tirik qo‘zichalar olingan. Shu usulda olingan qo‘zichoqlarni ko‘pchiligini qon tarkibi va tashqi ko‘rinishi ximer bo‘lganligi kuzatilgan. Donor embrionlarini ichki qismidan immunojarrohlik yuli bilan olingan hujayra massasini retsipiyent embrionlarining blastotsistlariga inyeksiya qilish orqali ham ximer hayvonlar olingan. Bunda donor blastotsitlari pronaza fermentining 0,5%li eritmasida inkubatsiya qilinadi.
Pronaza fermenti bilan ishlov berilgan embrionlarni o‘z holatiga qaytarish va ularni faoliyatini tiklash uchun, 3 soat davomida o‘stiriladi. Keyin tiniq qobiqsiz embrionlar 1 soat davomida qo‘y jigari hujayralariga qarshi olingan antizardobda o‘stiriladi, uch marotaba yuvib tashlanib, dengiz cho‘chqasi (morskaya svinka) qonidan olingan zardobni eritmasiga (1 4) 1soat solib qo‘yiladi. Trofoblastlarni lizisga uchragan hujayralari pipetkalar yordamida olib tashlanadi, ajratib olingan hujayra ichidagi massa retsipiyent blastotsistlarning trofoblastlariga inyeksion pipetka yordamida yuboriladi. Shu yo‘l bilan blastotsitlarni ko‘chirib o‘tkazish orqali qon guruhlari va tashqi belgilari bilan ajralib turuvchi ximerli qo‘zichoklar olingan.
Yirik shoxli ximerli hayvonlarni shuningdek, 5—6,5 kunlik embrionlarni yarimta—yarimtasini o‘zaro qo‘shish yo‘li bilan ham olingan. Qo‘shilgan (agregatsiyaga uchragan) embrionlarni jarroxsizlik yuli bilan ko‘chirib o‘tkazilgan, agregatsiyaga uchragan embrionlardan olingan yettita buzoqchaning beshtasida ximerlik belgilari bo‘lmagan.
S.V.Fexilli va boshkalar 1984 yilda agarga kiritilgan va 4-5 sutka davomida qo‘yni tuxum yo‘liga joylashtirilgan qo‘y va echki blastomerlari aralashgan blastotsitlar tashkil qilishini kuzatganlar. Bu blastotsitlar hayotiy bo‘lib, yangi avlodni tug‘ilish fazasigacha rivojlangan. Ushbu tajribada qo‘y va echkini 4 hujayrali embrionlaridagi 1 tadan blastomerdan 17 blastotsit olingan va ulardan 7 ta avlod tug‘ilgan. Barcha hayvonlar qo‘zichoqlarga o‘xshagan bo‘lsalarda ularni uchtasining jun tuzilishi uloqchalarnikiga o‘xshab ketgan.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin