3.Sigirlarning bo‘lingan embrionlarini muzlatilgan holatda saqlash mumkinligi aniqlangan. Embrional hujayralar yadrosini enukleatsiya ilingan tuxum hujayrasiga ko‘chirib o‘tkazilgandan keyin yadro qaytadan dasturlanadi va oqibatda yangi embrion rivojlanadi. Nazariy tomondan donor embrionidan ajratilgan barcha blastomerlar bir xil genetik asosga ega bo‘ladilar va bir xil zotlarni rivojlanishini belgilash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Yadroni ko‘chirib o‘tkazish oqibatida hosil bo‘lgan embrionlar, o‘z navbatida yadro donorlari sifatida ishlatilishlari mumkin.
Bir necha generatsiyadan keyin yuzlab, hatto minglab bir-biriga juda ham o‘xshash embrionlar olish imkoniyati yaratiladi.
Yadroni qayta ko‘chirish yo‘li bilan embrionlarni klonlash uch asosiy bosqichni o‘z ichiga oladi: donorning sof yadrosini ajratish, ootsitlarni nukleatsiyasi hamda yadroni enukleirlangan tuxum hujayrasiga ko‘chirib o‘tkazish. Sut emizuvchilarni yadrosini ko‘chirib o‘tkazish ootsitlarni (199) kuchaytirmaydi. Shuning uchun ham to‘rtinchi bosqich ya’ni ootsitlarni kuchaytirish va urug‘ hamda ootsit membranalarini qo‘shilishi kerak bo‘ladi. Elektr impulsi ta’sirida ootsitlarni va donorning hujayra yadrosi bilan retsipiyentning enukleirlangan ootsitlari membranalarini qo‘shilishi faollashadi. Hujayra yadrosini ko‘chirib o‘tkazish texnologiyasi klonlangan tirik quyonchalar, sichqonchalar, qo‘zichoqlar, uloqchalar, buzoqchalar va cho‘chqalar olishni faollashtirib yubordi. Faqat implantatsiyadan oldingi davrda embrionlar totipotent (somatik hujayralarni avlod berish dasturini to‘lik; amalga oshirish holati) bo‘lishi aniqlangan bo‘lsada, bu texnologiyaning samaradorligi hozircha past.
Yirik shoxli hayvonlarda turli bosqichda bu texnologiyaning samaradorligi qo‘yidagicha (% hisobida): enukleatsiya (tuxum xujayradan yadro materiallarini olib tashlash) bosqichi- 70-80 klonlangan embrionlarni morul—blastotsitlarini rivojlanish bosqichi 2-30% ni tashkil etadi. K.R.Vondioli (1991) tajribalarida bir dona embriondan klonlangan embrionlarni yadrolarini bir necha bor qayta ko‘chirib o‘tkazish natijasida 190 dona yadrosi qayta ko‘chirib o‘tkazilgan embrionlar olinganligi ko‘rsatilgan.
Ammo yadroni ketma-ket qayta ko‘chirish, to‘rtinchi davrdan keyin bachadonda embrional yukotishlar yuqori darajada ko‘tarilishi ham kuzatilgan. Natijada, embrionlarni ketma-ket uch marotaba ko‘chirib o‘tkazilgandan keyin buzoqcha olish imkoniyati bo‘lmagan.
Embrional hujayralar yadrosini enukleirlangan tuxum xujayrasiga ko‘chirib o‘tkazish, embrionlarni bo‘linish texnologiyasiga nisbatan ko‘plab ustunlik tomonlariga ega. Bular qo‘yidagilardan iborat:
birinchidan, embrionlarni 64 hujayrali bosqichida olingan alohida embrional xujayralar bir xujayrali zigotalarda qayta dasturlanishi va ko‘plab genetik bir xil hayvonlarni nusxalarini berish mumkin;
ikkichidan, klonlangan embrionlardan qayta kirish yo‘li bilan olish, klonlar texnologiyani potensial imkoniyatini oshirib, ko‘plab klonlar ishlab chiqarish imkoniyatini yaratadi.