1-mavzu. Fanning maqsadi va vazifalari reja Foydalaniladigan adabiyotlar Biotexnologiya fanining vazifasi va ahamiyati


Hayvon xujayralar kulturasidan foydalanish



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə56/74
tarix07.01.2024
ölçüsü0,65 Mb.
#204352
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   74
биол маж лекция

Hayvon xujayralar kulturasidan foydalanish. Xujayralar kulturasidan sanoat asosida fermentlar, garomnlar, monoklonal antitelolar, interleykinlar, limfokinlar, rakga qarshi preparatlar olinadi. Ko‘pchilik oddiy oqsillarni bakteriyalar kulturalaridan olish mumkin bo‘lsa ham murakkab oqsillardan masalan glikoproteinlar Hozirgi kunda faqat hayvon xujayralaridan olinadi. Ulardan biri eritropoetin gormoni shunday muxim oqsillardan biri xisoblanadi. Sut emizuvchilar xujayralar kulturasini o‘stirish ancha ko‘p mablag‘ talab qilgani uchun Hozirgi kunda murakkab oqsillarni ishlab chiqarishda xashorotlar yoki yuksak o‘simliklar xujayralar kulturasidan foydalnishni taqozo etadi.
H ayvon hujayralarini duragaylash.
Usul tarixi. Somatik xujayralarning bir-birlari bilan qo‘shilishi xaqidagi fikrlar XIX asrning boshlarida ko‘p yadroli xujayralar ochilishi munosabati bilan aytilgan edi. Somatik xujayralarning duragaylarini 1960 yilda Barskiy shogirdlari bilan birgalikda duragay xujayralar tizimlarini ajratganligi xaqidagi ma’lumotlarni chop etildi. Duragay xujayralar sichqon sarkomasidan ajratilgan bitta xujayradan ajratilgan ikkita tizimni aralashtirish orqali olingan. Boshlang‘ich tizimlar xromosomalar morfologiyasi va soni bilan hamda ularni sichqonlarga yuborilganda shish hosil qilish xususiyati bilan farq qilgan. Duragay xujayralar boshlang‘ich tizimlardan xromosomalar soni bilan farq qiladi, shuningdek ikkiala ota-ona xujayralarning yuza antigenlarini tutadi. Turli turlarga mansub hayvonlarning xujayralaridan duragay xujayralar olish mumkinligi isbotlandi. Proliferatsiyalanish xususiyatiga ega bo‘lgan turlararo duragaylarni o‘rganish natijasida ikkita muxim kuzatishlar amalga oshirildi:
- duragaylarda ikkala genom ham yuzaga chiqishi mumkin;
- uzoq yashovchi turlararo duragaylarda bir turning xromosomasi nasldan naslga beriladi.
Xujayralarning qo‘shilishini stimullash shart emas. Bu jarayon in vivo dagi kabi in vitro sharoitida ham maxsus agentlar qo‘shilmasdan amalga oshishi mumkin. Bunday turdagi xujayralarning qo‘shilishi tasodifiy ravishda yuzaga keladi, ulardan ba’zilari ontogenez jarayonida evolyusiyadan dasturlangan holda amalga oshadi. Xujayra ichidagi membranalar qo‘shilishi mumkin, lekin xujayrani chegaralab turuvchi membranalarning qo‘shilishi. Hozirgi kunga qadar \echimini topmagan muammolardan biri xisoblanadi
Shu bilan birga normal xujayralar tabiiy sharoitda kamdan kam xollarda bir-birlari bilan qo‘shilishib ketadi. Bundan urug‘lanish jarayoni mustasno.
Sut emizuvchilarning xujayralari tabiiy sharoitda qo‘shilishi mumkin. Masalan, muskul trubkalarining shakllanishida xujayralar qo‘shilishi, polikarionlar – bir yadroli mioblastlarning qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Shish xujayralarning qo‘shilishi odatiy xol bo‘lib, shish xujayralari in vivo sharoitida hatto normal xujayralar bilan ham qo‘shilishi mumkin. in vitro sharoitida xujayralarning spontan qo‘shilishi bo‘yicha tajribalar o‘tkazilgandato‘qimalarida turli genotiplar xujayrasini tutuvchi “ximer” yoki allofen hayvonlar olingan.
1. Agregatsion- bu usulda xomilador urg‘ochi hayvonning bachadonidan 8ta blastomer bosqichidagi murtak olinadi. Turli genotipga ega bo‘lgan ikkita hayvondan olingan blastomerlar maxsus sharoitda agregatsiyalanib 16ta xujayrali murtak xosil qiladi.bunday tarkibdagi murtaklar in vitro blastotsista bosqichigacha rivojlantiriladi, yolg‘on xomiladorlik belgisini maxsus gormonlar ta’sir ettirilgan urg‘ochi hayvonning bachadoniga yuboriladi. Natijada allofen hayvonlar paydo bo‘ladi.
2. In’eksion - bu usulda blastotsista bosqichidagi embrionlardan foydalaniladi. Blastotsistalarning xujayra ichi massasiga mikromanipulyatorlar yordamida boshqa organizmdan olingan retsipient blastotsel yuboriladi.
In’eksiya usuli turlar aro ximerlar olishda keng qo‘llaniladi. Birinchi turlararo ximerlar bir-birlari bilan chatishmaydigan M. muskulus i M. Caroli turlariga mansub sichqonlardan olingan. Lekin ular ikki xaftalik muddatda nobud bo‘lgan. 1973 yili R. Gardner va M. Djonson tomonidan sichqon va kalamushning ximer hayvoni olingan. 1980 yillarda qishloq xo‘jalik hayvonlarini ximer hayvonlarini olishga xarakat qilishgan. Ikki xil turga mansub bo‘lgan buzoqlarning ximer avlodini agregatsion usuli yordamida olishga muyassar bo‘lishgan. 1984 yilda qo‘y va echkining ikkala usulni qo‘llash orqali bir vaqtning o‘zida Angliya va Germaniyada olingan. Ximer hayvonlar genetik mozaikasini avloddan avlodga bermaydi. Lekin birinchi avlodda sut va go‘shtga bo‘lgan maxsuldorligi saqlab qolinadi.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin