1-mavzu. Fanning maqsadi va vazifalari reja Foydalaniladigan adabiyotlar Biotexnologiya fanining vazifasi va ahamiyati


Genlarni hayvon hujayrasiga kiritish usullari



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə52/74
tarix07.01.2024
ölçüsü0,65 Mb.
#204352
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   74
биол маж лекция

4.Genlarni hayvon hujayrasiga kiritish usullari. Zooinjenerlar uchun genlarni hayvon hujayrasiga kiritish va genomiga tartib bilan joylashtirish usullari muhim hisoblanadi. Hozirgi vaqtda shu sohada bir necha xil metodlar ish­latiladi. Jumladan virus bilan kiritish, ximiyaviy, fizikoviy yo‘l bilan, hujayralarni qo‘shish va yangi usul-retrovirusni ishla­tish.
Birinchi usulda DNK saqlaydigan viruslar genlarni ko‘chirib o‘tkazishda vektor sifatida foydalaniladi. Lekin ko‘pchilik hozirgacha o‘rganilgan viruslar kiritilgan hujayrani emirilishi va yo‘q qilinishi (litik vektor) mumkin. Bundan tashqari ular trasformatsiya qilishda retroviruslarga nisbatan kam samara be­radi. Shuning uchun ham ularni hayvonlarda keng miqyosda ishlatish mumkin emas. Lekin bunday vektorlar vaksinalarni ishlab chiqarishda samara berishi mumkin.
Ikkinchi usul genlarni tartib bilan joylashtirishda keng qo‘llaniladi va bunda DNK fosfot kalsiy bilan qo‘shib hujayraga kiritiladi. Bu usulning va boshqa ximik usullarning ijobiy tomoni shundaki ular nisbatan oddiy va alohida asbob-us­kuna talab qilmaydi, hamda infeksiya chaqirmaydi. Shuning uchun ham bu usul mutloq havfli emas. Lekin bu usulning kamchiligi tashqaridan kiritilgan DNK ning juda kam o‘zlashtirilishida.
Fizikaviy usul ikki asosiy klassda-mikroin’eksiya va elek­troporatsiya yo‘li bilan olib boriladi. Elektroporatsiya nisbatan yangi usul bo‘lib, DNK molekulasini elektr toki yordamida hujayra membranasidan olib o‘tishga yordam beradi. Lekin bu usul yo‘li bi­lan genlarning genomga o‘tkazilishi xususiyati noma’lum.
Mikroin’eksiya usuli-samarali hisoblanib, keng qo‘llanildi. Gordonning aniqlashicha plazmidli DNK nasilga beriladi. Bunday hayvonlar, ya’ni o‘zining genomida ekzogen geni bor organizmlar transgen hayvonlar deyiladi.
Qishloq xo‘jaligi hayvonlarining ko‘payishi va serpushtlik xususiyati aniq irsiy nazorat ostida amalga oshadi va bular gar­monlar statusiga bog‘liq. Hayvonlar ko‘payishda ayrim garmonlar­ning ta’sir kuchi aniqlangan. Masalan, FSG (follikulalarning etilishi nazorat qiladi) va LG (lyutinlashtiruvchi garmon). Gen injeneriyasi oldida mana shu garmonlarni biotexnologik usul bi­lan ishlab chiqish va shu bilan ularning ko‘payishiga ta’sir qilish mumkin.
SHu nuqtai nazardan, serpushtliligi yuqori bo‘lgan hayvonlarning seleksiya qilish yo‘li bilan ularning sonini oshi­rish mumkin. Masalan. Burula zotli qo‘ylarda serpushtlik geni o‘rganilib, uning tuxumdonga ta’siri aniqlangan. SHu zotni boshqa merinos qo‘ylar bilan chatishtirish natijasida va ularni tanlash, saralash ishlari olib borilganda qo‘ylarning serpushliligini 40-60%ga oshirish mumkin. Lekin shu darajaga etkazish uchun kamida 30 yil kerak bo‘ladi. Serpushtlik xususiyati genlarning poligen ta’siriga bog‘liq. Mana shu jihatlardan foydalanib, gen inje­nerlik usuli bilan burula-gen deb atalmish genni boshqa qo‘ylar genomiga joylab qo‘yish tufayli ularning pushtdorligini oshi­rish mumkin.


Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin