1-mavzu. Fanning maqsadi va vazifalari reja Foydalaniladigan adabiyotlar Biotexnologiya fanining vazifasi va ahamiyati



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə60/74
tarix07.01.2024
ölçüsü0,65 Mb.
#204352
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   74
биол маж лекция

2.Gen terapiyasi «xomashyo»si sifatida bakteriya hujayrasi ko‘rsatiladi. Uni hosil qilish uchun zarur tashkiliy qismlar ma’lum bir belgilar asosida saralanadi, bunda eng muhimi, ular ma’lum birikma(aminokislota, antibiotik modda, gormon yoki organik kislotani)ni ishlab chiqish xususiyatiga ega bo‘lishi zarur. Hosil bo‘lgan genetik axborot tashuvchi zarralar aslida shaklan o‘zgargan virus yoki mikroblardir. Biroq ular aynan tashish funksiyasidan kelib chiqqan holda ijobiy maqsadda qo‘llaniladi. Aniqrog‘i, zarralar yordamida organizmdagi hujayraning irsiy genetik tizimiga o‘zgartirish kiritiladi. Jarayonda olimlar yuzlab, minglab mikroblar orasidan ko‘zlangan maqsadga qarab eng maqbullarini ajratib oladi.
Soha tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, gen tuzilishini o‘rganish borasida erishilgan yutuqlar, qator irsiy kasalliklarni yuzaga keltiruvchi genlarni muvaffaqiyatli klonlashtirish, biotexnologiyalarning tez rivojlanishi 1989 yildayoq nazariy taxminlar hamda hayvonlar ustida tajriba o‘tkazish orqali irsiy kasalliklarni davolashni ilk marotaba amaliyotga joriy etishga zamin yaratdi.
Jarayonda ma’lum turdagi viruslar yordamida hujayra genomi(genlar to‘plami)ga yangicha genetik ma’lumotni muvaffaqiyatli kiritish imkoni tug‘ildi. Boisi, shu yo‘l bilan zarur hollarda zararlangan genlarni davolash yoki ularni yangicha funksiyalar asosida ishlashga yo‘naltirish mumkin edi. Mutaxassislar davolashning bunday usulini ilmiy tilda somatik (jismoniy) hujayralar genini tuzatish yoki to‘g‘rilash, deb ham ta’riflaydi. Mazkur yo‘nalishdagi davolash usullari esa o‘tgan asrning 80-yillariga kelib hayotiy reallikka aylana boshladi. Aniqrog‘i, shu davrdan genetik ma’lumotni tashuvchi viruslar ishlab chiqildi, alohida genlarni hosil qilishning imkoni tug‘ildi, tajribalarda kemiruvchi va boshqa hayvonlar genlarini «ko‘chirish» odatiy holga aylandi. 
Shuni alohida ta’kidlash zarurki, agar dastavval gen terapiyasi faqat irsiy genetik kasalliklarni davolashga qaratilgan bo‘lsa, keyingi davrlarda uning ko‘lami nazariy jihatdan kengayib bordi. Natijada bugunga kelib gen muhandisligi irsiy turdagidan tortib to infeksion kasalliklarni o‘ziga xos usulda davolashni nazarda tutadi.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin