7.Transgen hayvonlar olish tarixi. Birinchi tansgen hayvonlar 1974 yilda Kembrijda Rudolf Yanish tomonidan olingan bo‘lib u sichqon embrioniga maymunning SV40 virusini in’eksiya qilish natijasida oldgan. 1980 yilda amerika olimi Jorj Gordon (Gordon) yordamchilari bilan birgalikda zigota pronukleusi ((tuxum xujayradagi yadro)iga DNKni mikroin’eksiya qilish orqali transgen hayvonlar olishni taklif etdi. Aynan mana shu usul transgen hayvonlar olishning keng tarqalishiga asos bo‘ldi. Transgen hayvonlar Rossiyada 1982 yil paydo bo‘lgan, AQSHda 1985 yilda zigotaning pronukleusiga mikroin’eksiya qilish orqali qishlo xo‘jalik hayvonlari quyon, qo‘y va cho‘chqalar olingan.
AQSHning Genzyme Transgenics korparatsiyasi sutida inson altbumini bo‘lgan qoramol yaratish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Albumin terapeyada qondagi osmotik bosimni ushlab turish uchun foydalaniladi. Shuningdek Genzyme Transgenics insonlarning o‘sish gormoni va β interferonni olishning usullari bo‘yicha izlanishlar olib bormoqda. V Angliyada sutining tarkibida qonni ivish faktori tutuvchi transgen qo‘ylar yaratilgan. Rossiyada esa samototropin genini tashuvchi cho‘chqalar yaratilgan.
Mavzu: Hayvon xujayralari kulturasi va ularni duragaylash Reja:
Xujayralar kulturasi
Xujayralarni kulturalash - in vitro sharoitida prokariot va eukariotlarning alohida xujayralari sun’iy ravishda nazorat qilinayotgan sharoitda o‘stirishdir. Qo‘yilgan maqsadga qarab hayvon xujayralarini kulturalashni ikkita yo‘nalishga bo‘lish mumkin.:
-xujayralar kulturasi; - organ va to‘qimalar kulturasi (organlar kulturasi). Strukturani tashkillanishidan maxrum bo‘lgan xujayralar kulturasi gistiotipik arxitekturani yo‘qotadi, maxsus sharoit bo‘lmaganda mukamal xolatga kela olmaydi. Kulturalarda xujayralar ko‘payib, katta miqdorda xujayralar massasini olish imkonini beradi, so‘ng maqsadga qarab ishlatiladi.