Mavzu:Sanoat chikindilarini biotexnologik usulda kayta ishlash Reja: 1.Sanoat chiqindilarini utilizatsiya qilish
2.Chiqindilarni qayta ishlash
3.Biotexnologik jarayonlarda utilizatsiya
4.Mikroorganizmlar yordamida biomassadan energiya olish: bioenergiya
Tayanch iboralar va atamalar: biologic o’g’it, biokonversiya, utilizatsiya
Oziq-ovqat sanoati va qishloq xo‘jaligi chiqindilari butun dunyoda ko‘p miqdorda to‘planib borayotganligi uchun ham nafaqat mahalliy balki xalqaro muammolarga sabab bo‘lmoqda. Ayniqsa biologik faol kislorod hosil qiladigan chiqindilarga nisbatan o‘ta qattiq qonunlar yaratilgan.
Organik chiqindilarni utilizatsiya qilishga alohida e’tibor berilmoqda, ular asosida hayvonlar uchun oziqa moddalari, xilma-xil ximikatlar, biogaz va boshqa mahsulotlar tayyorlash texnologiyalari yaratilgan va bunday izlanishlar jadal davom etmoqda.
CHiqindilarni qayta ishlashni ikkinchi yo‘nalishi – ularning tarkibidagi zaharli moddalarni ajratib olish va ularni zararsizlantirish; biologik faol birikmalar yoki ikkilamchi metabolitlar ajratish va ulardan hayvonlarni oziqlantirish va davolash maqsadida foydalanish. Ba’zi mamlakatlarda, masalan AQSH, Angliya, Fransiya, YAponiyada juda katta chiqindilar bozori tashkil etilgan. CHiqindilar sotib olinib, guruhlanadi va keyin qayta ishlanadi.
Zamonaviy oziq-ovqat sanoatida mikrobiologik sintez yo‘li bilan olinadigan moddalar, ayniqsa alohida tozalab olinadigan oziqa ingridientlari juda katta ahamiyat kasb etmoqda. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda bunday moddalar to‘la sifatli oziqa retsepturasini yaratishda qo‘shimcha, eng muhim moddalar sifatida ishlatib kelinmoqda. Mikrobiologik ingridientlar tayyorlash (ishlab chiqarish) uchun an’anaviy yo‘llar bilan birga, biotexnologiyani eng yangi yutuqlaridan ham foydalanib kelinmoqda. SHulardan ba’zi-birlari to‘g‘risida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Sirka kislotasi.Oziq-ovqatda bu kislotani suvli eritmasi ishlatiladi. Eritmada uning miqdori 4% dan kam bo‘lmasligi kerak. Sirka, odatda vino tarkibidagi etanolni bijg‘itish orqali tayyorlanadi. Bijg‘itish jarayoni Acetobacter lar yordamida amalga oshiriladi.