Limon kislotasi. Bu kislota oziq-ovqat sanoatida eng ko‘p ishlatiladigan organik kislota hisoblanadi. Limon kislotasi antioksidant va ichimliklar, djem, shinnilar, konfet va boshqa shirinliklar tayyorlashda konservant sifatida, hamda ularga o‘ziga xos nordonlik berish maqsadida ishlatiladi.
Oziq-ovqat sanoatida yilga 100000 tonna toza limon kislotasi ishlatiladi. Uni Aspergillus niger zamburug‘ini maxsus mutantlarini o‘stirish orqali hamda kimyoviy sintez orqali olinadi. Oxirgi yillarni statistik analizi yildan-yilga mikrobiologik sintez yo‘li bilan olinadigan limon kislotasini miqdori oshib borayotganligidan dalolat beradi. Limon kislotasi ishlab chiqaradigan bir necha mikrobiologik zavodlar qurilib, ishga tushirilgan va faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Oziq-ovqat sanoati uchun zarur bo‘lgan organik kislotalarni boshqalari ham xuddi shu yo‘l bilan, ya’ni mikrobiologik sintez yo‘li bilan amalga oshirilmoqda. Dunyoda har yili 700000 tonnadan ko‘proq aminokislotalar ishlab chiqariladi. Bu sohada YAponiya boshqa mamlakatlardan ko‘ra ko‘proq, ya’ni yiliga 2 mlrd. AQSH dollariga teng bo‘lgan bahoda toza holatdagi aminokislotalar hamda ularni aralashmasini ishlab chiqaradi.
Aminokislotalar oziq-ovqat mahsulotlarini ta’mini yaxshilash va ularning oziqa qiymatini oshirish maqsadida keng qo‘llaniladi. Aminokislotalarni biosintezi uchun oziq-ovqat mahsulotlarini har xil taksonomik guruhga mansub bo‘lgan mikroorganizmlardan foydalaniladi. Masalan, lizin va glyutamin kislotasini sintezi uchun Corunebacterium glutamicum va Brevibasterium flavum bakteriyalari ishlatiladi.
Aminokislotalar sintez qiluvchi mikroorganizmlarning ko‘pchiligi klassik mikrobiologiya usullaridan foydalanib, tanlab olinganlar, ya’ni ular mutantlar hisoblanadi. Past molekulyar og‘irlikga ega bo‘lgan birikmalarni superprodutsentlarini yaratish strategiyasi unchalik yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan bo‘lsada, ba’zi aminokislotalarni produtsentlari gen-muhandislik usullari yordamida yaratilgan va ulardan ishlab chiqarish miqyosida foydalanib kelinmoqda. Kimyoviy yo‘l bilan, ya’ni sintez qilish orqali olinadigan aminokislotalarni miqdori hozircha ko‘proq. Masalan, keng miqyosda ishlatiladigan aminokislotalardan glitsin va metionin asosan kimyoviy sintez yo‘li bilan ishlab chiqiladi.