1-mavzu. Fanning maqsadi va vazifalari reja Foydalaniladigan adabiyotlar Biotexnologiya fanining vazifasi va ahamiyati



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə33/74
tarix07.01.2024
ölçüsü0,65 Mb.
#204352
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   74
биол маж лекция

Savollar:
1.Rekombinant DNK deganda nimani tushunasiz?
2.Rekombinant DNK olish usullarini aytib bering?
3.Vektor molekula nima?
4.Genlar bibliotekasi yaratish qanday usullar bilan amalga oshiriladi?
Mavzu: Hujayra muhandisligi.


Reja:
1.Hujayra muhandisligining mohiyati va vazifalari.
2.Organ, to’qima va protoplastni sun’iy ozuqa muhitlarida o’stirish. Sterillash usullari. Ozuqa muhitini tanlashning asosiy prinsiplari.
3.Kallus to’qimasini olish,protoplastlarni olish.
4.Hujayra suspenziyasi kulturasi. Alohida hujayralar kulturasi.
.5.Xulosalar.


Adabiyotlar 1; 9; 15.

1.Necha ming yillardan beri inson uchun zarur bo’lgan oziq ovqat mahsulotlarini olishda an’anaviy biotexnologiyadan foydalanib kelingan. Hozirgi vaqtda rivojlanib borayotgan biotexnologiyaning yangi bosqichining mukammalashib borishi bilangina emas balki yangilanish paydo bo’lishi bilan ham bog‘liqdir. Hayvon, o’simlik va mikroorganizmlarning organ, to’qima va hujayralarining o’stirilishi yangi biotexnologiyaning obyekti bo’lib qoldi.


Hujayra biotexnologiyasi hujayra, to’qima va protoplastlarning kulturalaridan foydalanishga asoslangan. Hujayralarning manipulyadiyasi uchun, ularni o’simliklardan ajratib olib, o’simlik organizmidan tashqarida yashab ko’payishi uchun zarur sharoit yaratish lozim.
Ajratilgan hujayra va to’qimalarni sun’iy ozuqa muhitlarida steril sharoitda o’sgirish usuli ajratilgan In vitro to’qimalar kulturasi deb ataladi.
Ajratilgan hujayra va to’qimalar kulturasining biotexnologiyadagi ahamiyatini uchta yo’nalnshda ko’rish mumkin. Birinchi yo’nalish o’simlik hujayralarining meditsina, parfyumeriya va kosmetika uchun zarur bo’lgan mahsulotlar, xalq xo’jaligining boshqa-tarmoqlari uchun ikkilamchi sintez moddalar, sterioidlar, glikozidlar, garmonlar, efir yog‘larini ishlab chiqarish bilan bog‘liq.. (Ikkilamchi moddalar ozuqa muhitlarda o’stirilgan kallus to’qimalaridan olinadi).

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin