1-mavzu. Fanning maqsadi va vazifalari reja Foydalaniladigan adabiyotlar Biotexnologiya fanining vazifasi va ahamiyati



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə38/74
tarix07.01.2024
ölçüsü0,65 Mb.
#204352
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   74
биол маж лекция

Protoplast olish. 1892 yili Dj Klerk tomonidan birinchi marga plazmolizni (tsitoplazmani hujayra devoriga yaqin :qavatini hujayraning qattiq qobig‘idan ajratilgani) o’rganish maqsadida protoplast ajratib olgan. U suv o’simligi telofereznish barg tuqimalarini plazmolizlagan. Bunda protoplast hosil bo’lgan. Progoplagt olishning bir necha usullari mavjud:
Protoplastlarni mexanik tarzda ajratish; Masalan: piyoz eiidermmsiii yupqa qatlamini 0,1 m saxarozaga solib qoyiladi, so’ngra ustara yordamida kesiladi.O’simlik protoplastlarini ajratish sohasida olib borilgan izlanishlar natijaslda mexanik usulni takomillashtirib yangi uslublarning yulaga kelishiga sabab bo’ldi. Bunga fermentlar yordamida hujayra devorini parchalashni misol qilib keltirish mumkin. Bakteriyalar hujayra devorini lizotsim fermenti yordamida parchalash mumkin. E. .Kokin yuqori o’simliklardan fermentlar ishtirokida irotopmlast olishni yo’lga qoydi.
Fermentlar yordamada protoplast oliishing mexanik tarzda protoplast olishdan ustunlik tomoni shundaki:
1) Bir vaqtshshg o’zida ko’p miqdorda protoplast ajratish mumkin
2) Protoplastlarni kuchli osmotik siqishning hojati yo’q
3).Hujayra toza va zararlanmagan bo’ladi
4) Uslub nisbagan tezroq bajariladi
Hujayra devorini parchalash uchun uch xil tsellyuloza, gemitsellyuloza va pektinaza fermentlaridan foydalaniladi. Bu fermentlarning ta’siri hujayra devori komponent-lariii parchalashga yo’naltirilgan bo’ladi. Bu komponentlarga tseliloza, gemitsellyuloza va pektin moddalari kiradi.
Protoplastlarni ajratishda hujayralarning tuzilish xususiyaglariga qarab ferment preparatlari tanlanadi. Masalan, mevalardan protoplast olish uchun hujayradagi pektin ning miqdori yuqori bo’lganligi sababi pektinaza fermentidan foydalaniladi. Mevalardan protoplast olish uchta jarayonni o’z ichiga oladi:
1)fermentlar bilan ishlov berish
2)protoplastlarin ollsh
3) hujayra qobiqlaridan intakt protoplastlarni ajratish.
Bargdan protoplast olishda barg to’qimalari epidermisdan xali etiladi, nektinaza ferment bilan birgalikda tsellyuloza fermenti (hujayra devorining tsellyulozali komponentlarini parchalaydi) bilan ishlov beriladi.
I.Takebe asosan tamaki bargi uchun protoplastlarni ajratash uslubinn ishlab chiqdi. 50-70 kunlik sog‘lom o’simlikdan to’la shakillagan barg olinib, 70% li etanolga solinib, so’ng 15-20 daqikaga 10% li kaltsiy ginoxlorid eritmasiga solinadi va distillangai suv bnlan bir necha marta yuviladi. Pintset yordamida bargdan epidermis olinib, skalpel bilan 4 sm2 kattalikdagi bo’laklarga bo’linadi. Epidermisdan tozalangan barg to’qimalariga birinchi bosqichda nektinaza fermenti ikkinchi bosqichda tsellyulaza fermenti bnlan ishlov beriladi.
Optimal sharoitlar protoplastlarni olishda turli to’kimalar iidividual tanlanadi. Yashashga moslashgan, nativ protoplastlar olishda osmotik stabilizatorlarni tanlash muhim omillardan hisoblanadi, bu o’simliklarning fiziologik holatiga qarab tanlanadi.
Protoplastlar qorong‘u yoki yarim qorong‘u joylarda ajratiladi, bunda rN 5,4-6,2 bo’lishi kerak. Protoplastlarning turg‘unligi CaS12 va Mg S12 ning yuqori miqdori ushlab turadi. Protoplastlarni olishda, shuningdek hujayra suspenziyasi va kallus kulturalaridan ham foydalanish mumkin.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin