Kallus hujayrasining rivojlanish tsikli. Kallus hujayralari qarib, bo’linish xususiyatlarini yo’qotmasliklari uchun eksplantda paydo bo’lgan birlamchi kallus 4-6 xaftadan so’ng yangi ozuqa muhitiga o’tkaziladi. Bu muolajani passirlash deyiladi. Doimiy passirlash yo’li bilan hujayralarni bo’linish qobiliyatini o’n yillab saqlab turish mumkin.
Kallus hujayralarining o’sish egri chizig‘i S-simon shaklga ega. Bunday o’sishni kallus hujayralarining suspenziya kulturalarida oson ko’rish mumkin. O’sish egri chizig‘i 5 ta fazani o’z ichiga oladi.
1.Latent yoki lag-faza davri bo’lib bunda hujayralarning massasi va son ko’paymaydi lekin hujayralar bo’linishga tayyorlanadi.
2.Logorifmik yoki eksponentsial o’sishi fazasi bo’lib, hujayralarning mitotik faolligi ortadi, kallus kulturasining vazni kattalashadi va hujayraning o’sish tezligi oshadi.
3.Liniyali faza bo’lib bunda o’sish tezligi doimiy yoki bir xil bo’ladi.
4.O’sishning sekinlashish fazas bo’lib bunda, hujayraniig mitotik aktivligi birdaniga pasayadi.
5. O’sish egri chizig‘i–yuqori nuqtaga chiqadi. Shu davrdan boshlab hujayralarning parchalanishi boshlanadl, lekin hujayralar bo’linishi xisobiga ularning soni o’sishi bilan xali tenglashayotgan bo’ladi, umuman olganda hujayra massasining o’sish tezligi nolga teng. Statsionar fazadan so’ng hujayraning o’lish davri boshlanadi, bunda tirik hujayralar soni kamayadi.
Kallus xujayralaring o’ziga xosligi.Kallus hujayralari in vitro o’simlik organizmi normal ota–ona hujayralarga xos bo’lgan fiziologik, bioximiyaviy xususiyatlarga ega bo’ladi. Ular ikkilamchi metobolitik sintez qilish qobiliyatini saqlab qoladi. Kallus to’qimalari ning yuqori haroratga, osmotik aktiv moddalarga chidamliligi xugusiyatlari bilan normal o’simliklarga o’xshashdir. Ularniig normal o’simliklardan farq qiladigan tomoni, ularda spetsifpk oqsillarning paydo bo’lishi va bargning fotosintez qiluvchi hujayralariga xos bo’lgan oqsillar miqdorining kamayishiga yoki yo’qolib ketishidir,
Kallus xujayrasining genetikasi. Uzoq vaqtgacha kallus hujayralari genetik bir xil deb hisoblanardi. Lekin 60-yillarda kallus hujayralarining genetik geterogenligi ma’lum bo’ldi. Kallus hujayralari xromosomalar soni bilan farq qiladi. Meristematik to’qimalar in vitro genetik turg‘un bo’ladi. Kallus va suspenziya kulturalarida boshlang‘ich o’simlikga xos diploid hujayralar to’plamini 3( 4( 5( va undan ko’proq xromosomalar to’plamili poli-ploid hujayralarni uchratish mumkin. Undan tashqari kallus to’qimalari kulchurasida aneuploidni xam kuzatish mumkin. Kallus hujayralari qancha uzoq vaqt o’stirilsa ular ploidligi bilan shunchalik ko’p farq qiladi. Tamaki kallus to’qimasini 4 yil o’stiril gandan so’ng diploid hujayrar umuman qolmaydi, hamma hujayralar poleploid yoki aneuploid bo’ladi.