1-mavzu. Fanning maqsadi va vazifalari reja Foydalaniladigan adabiyotlar Biotexnologiya fanining vazifasi va ahamiyati



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə39/74
tarix07.01.2024
ölçüsü0,65 Mb.
#204352
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   74
биол маж лекция

4.Kallusni suyuq ozuqa muhitiga solib, doimiy chayqatib aralashtirish yo’li hujayralar suspenziyasi bilan olinadi. Pektinaza fermentidan foydalanib eksplantdan suspenzion kul’tura olish mumkin. Oldin eksplant yuzasida kallus cho’qimasi hosil qilinadi, so’ng undan alohida hujayralar va hujayra agregatlari olinadi natijada hujayra suspenziyasya hosil. bo’ladi. 100 ml suspenziya olish uchul 2-3 g yangi kallus tuqimasi kerak bo’ladi. Suspenziya hujayralarning bo’linishi kallus hujayralari induktslyasi va o’sishi uchun zarur bo’lgan garmonlar auksin, tsitokininlar ishtirokida boradi. Suspenziya 2,4D li ozuqa muhitida o’stirilgan po’k kallusdan yaxshiroq hosil bo’ladi.
Hujayra suspenziyasidan biotexnologiyada ikkilamchi bo’lgan metobolitlar yani dorivor moddalar olishda, hujayra biomassasini o’stirishda va hujayra selektsiyasida foydalaniladi. Hujayra suspenziyasi bilan ishlashda ularning harakteristikasini, yashash qobiliyatini, suspenzion kulturadagi zichligini agregirlanish darajasini, o’sish tezligini bilish zarur.Ularning yashash qoblllyatini boyab aniqlanadi. Bunda metil ko’k yoki Evaks ko’k boyog‘idan foydalaniladi. Bunda tirik hujayralar boyalmaydi, nobud bo’lgan hujayralar ko’k rangga boyaladi. Genetik va fiziologik izlalishlar uchun, shuningdek hujayra selektsiyasida foydalanish uchun alohida hujayralarni o’stirish katta ahamiyatga ega. Alohida hujayralardan olingan klon-avlodlar genetik bir xil emaslikning sabablarini bilishda yordam berdl. Ajratilgan protoplastdan olingan yakka gibrid hujayra keyingi bo’linishiida gibrid hujayralardan iborat klon olish imkoniyatini beradi. Alohnda hujayralar o’simlik to’qimasi hujayra suspenziyasidan fermentlar bilan matseratsiyalanganidan so’ng, ajratilgan protoplastlardan hujayra devori tiklanganidan so’ng ajratib olinadi. Bir hujayrali fraktsiyalar olish uchui, kolbadagi suspenziyani tindirib qoyib, ustki suyuq qismidan olsa bo’ladi. Bunda yirik agregatlar kolba tagiga cho’kadi. Bundan tashqari alohida hujayralarni matseratsiyalovchi fermentlardan foydalanib, saharoza gradiyentida tsentrifugalab, yoki metall elakdan filtrlab olish mumkin. Alohida hujayralarning bo’linib ko’payishi uchun maxsus uslublar ishlab chiqidgan, 1950 yil Djonson “enaga” uslubini taklif etdi, bunda “enaga” vazifasini filtr qog‘oz bilan, undan ajratilgan kallus to’qimasi bo’lagi bajaradi. “Enaga” ishtarokida alohida hujayra bo’lishib, hujayra-klon induvidial koloniya beradi. Hujayra bo’linishining induktsiyasi uchun “ozukalantiruvchi qatlam” dan foydalanish mumkin. Hujayra bo’linishini stimullash va muhitni konditsionirlash uchun intensiv bo’linayotgan hujayra kulturasi o’sayotgan ozuqa muhitdan qo’shiladi.
5 Xulosa qilib aytganda biotexnologiyaning yangi bosqichi hujayra muxandisligidan foydalanib organ, to’qima va hujayralarni sun’iy ozuqa muhitlarida o’stirib, ulardan meditsina va xalq xo’jaligining boshqa tarmoqlari uchun ikkilamchi sintez moddalar, viruslardan holi ekish materiallari olish, tashqi noqulay sharoitga chidamlr tez rivojlanadigan o’simliklar olishda foydalaniladi. Kallus to’qimalaridan transgen formalar olish hozirgi kunda xalq xo’jaligida keng ishlchatilmoqda. Kallus to’qimalaridan hujayralar suspenziyasi olinib, dorivor moddalarga bo’lgan ikkilamchi metobolitlar olishda, hujayralar biomassasini o’stirishda, hujayra sslsktsiyasida keng qo’llanilmoqda
Savollar:
1. Hujayra muxandisligi fani nimani o’rganadi?
2. Organ, to’qima, hujayra va protoplastni ustirishdan maqsad nima?
3. Kallus to’qima qandan hosil bo’ladi?
4. Hujayraniig yashash qobiliyatini qanday aniqlash mumkin?
5. Alohidya hujayralar olish uslubini aytib tushuntiring ?



Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin