1-mavzu. Fanning maqsadi va vazifalari reja Foydalaniladigan adabiyotlar Biotexnologiya fanining vazifasi va ahamiyati


Gen terapiyasidagi muvoffoqiyatsizliklar



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə64/74
tarix07.01.2024
ölçüsü0,65 Mb.
#204352
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   74
биол маж лекция

7.Gen terapiyasidagi muvoffoqiyatsizliklar
Bir qarashda gen terapiyasi shu paytgacha davosiz deb yuritilayotgan qator kasalliklar «davri»ga barham beradigandek. Lekin yutuqlarga qaramay, kutilayotgan ijobiy natijalarga asosan modellarda erishilgan. Inson esa namuna emas. Modellarda ideal tarzda kechgan jarayonlar insonda ma’lum o‘zgarishlar bilan ro‘y berishini hech kim inkor etmaydi. Bunday o‘zgarishlar ham ijobiy, ham salbiy bo‘lishi mumkin. Demak, aslida shifo berish maqsadida yaratilgan zarrani sog‘lom hujayralarga zarar yetkazmagan holda yetkazish, qolaversa, keyinchalik ham uning ta’sirida biron-bir kasallik kuzatilmasligini ta’minlash asosiy vazifaligicha qolyapti.
Shu o‘rinda, gen terapiyasi o‘zining rivojlanishi yo‘lida yo‘qotishlarsiz, muvaffaqiyatsizliklarsiz kechmaganini alohida ta’kidlash zarur. Birgina misol: 2000 yili kuzda Pensilvaniya universiteti shifoxonasida 17 yoshli bemor Jessi Gelzinger hayotdan ko‘z yumdi. Bu yerda u gen terapiyasi yordamida irsiy jigar xastaligidan davolanayotgan edi. Tekshiruvlar bemor organizmga kiritilgan tashuvchi virusga immunitetning o‘ta faol reaksiyasi tufayli vafot etganini ko‘rsatdi. Natijada, ko‘plab organlar ishdan chiqqan va o‘z faoliyatini amalga oshira olmay qolgan. Lekin shunisi e’tiborliki, Gelzinger o‘zi kabi qonda ammiak miqdori oshishi bilan belgilanadigan bunday kasallikka chalingan ko‘plab insonlardan ham ancha sog‘lom edi. Undagi xastalik avj olib ketishining oldini kam oqsilli maxsus parhez va ammiakni organizmdan chiqarib tashlovchi dorilar bilan olish mumkin edi. Shundan so‘ng Jessining o‘limi gen terapiyasi usullarini joriy etishni boshlayotgan ko‘plab tibbiy markazlar uchun jiddiy ogohlantirishdek bo‘ldi. Chunki 30 foiz hollarda genlarni organizmga kiritishda tashuvchi adenoviruslardan foydalaniladi, deb yozadi sciencedaylu.com sayti.
Noxush hodisa ro‘y bergach, mamlakatning Dori-darmonlar va oziq-ov­qat mahsulotlari boshqarmasi jigarga adenoviruslarni kiritishga qaratilgan navbatdagi ikkita muolajani darhol to‘xtatishni buyurdi. Keyingi surishtiruvlarda mazkur xastalikni davolash jarayonida ishtirok etayotgan ko‘ngillilar organizmiga virusning juda ham kam miqdorda kiritilishidayoq jigarda zaharli modda ajralib chiqishi kuzatilgani aniqlangan. Biroq Rekombinant DNK bo‘yicha konsultativ markazga bu haqida xabar berilmagan. Agar markaz vaziyatdan xabardor bo‘lganida u tezkor ravishda tajribalarni to‘xtatgan va shu tariqa ehtimol bemorning hayotini saqlab qolgan bo‘lar edi. Shunga qaramay, Jessi Gelzinger aynan qay bir sabab tufayli vafot etgani noma’lum. Markaz bergan ma’lumotlarga qaraganda, Gelzingergacha 17 nafar bemordan faqat uchtasining ahvoli yaxshilangani sezilgan. Nima bo‘lganida ham, bemorning o‘limi tashuvchi virusni organizmga yetkazish metodikasini qaytadan ko‘rib chiqish talabini tug‘dirdi.
«Neyche BIOSayns» jurnalida keltirilishicha, ayni paytda kam uchraydigan va saraton, yurak-qon tomirlari hamda immunitet tanqisligi kasalliklarining 40ta turini davolashda gen terapiyasi usullari sinalmoqda. Bo‘y o‘sishiga xalal beruvchi genning irsiy yetishmasligi ham bu turdagi muolaja yordamida ijobiy hal etilishi kutilmoqda. Saratonni davolashga qaratilgan gen muhandisligi metodlari yuzasidan olib borilayotgan ishlar ham ancha jadallashyapti. Bu kasallikni davolash usuli sifatida zararlangan hujayralarga ularni nobud qiluvchi oqsillarni ishlab chiqaradigan genlarni kiritish ko‘rsatilib, bu yo‘nalishda amaliy tajribalar o‘tkazilyapti. Asr vabosi deya ta’riflanayotgan OITS ham gen injeneriyasi yordamida davolanishiga olimlar katta umid bog‘lashgan. Bu kasallikni davolashda qiyinchilik tug‘diradigan jihat shuki, garchi bu infeksiya orqali yuqadigan bo‘lsa-da, virus hujayra genomiga tushgandan so‘ng u yerda butunlay qolib ketadi. Shundan OITS, saraton kabi genom kasalligi sifatida ta’riflanadi. Ayni paytda aynan shu jihat uni gen terapiyasi yordamida davolashga umid tug‘diradi Ha, chindan genlarni boshqarish, ularni genomning belgilangan qismlariga genetik axborotni tashish maqsadida kiritishga imkon yaratadigan yangi texnologiyalarning paydo bo‘lishi biologiya hamda tibbiyot sohasida ulkan burilish bo‘ldi. Natijada, hozirning o‘zidayoq inson genomi haqida to‘plangan ma’lumotlar asosida qator jismoniy, ruhiy va intellektual ko‘rsatkichlarni nazariy jihatdan yaxshilashga erishilgan. Biroq shu o‘rinda xavotirli savol tug‘iladi: odamzodning o‘z genomi ustidan to‘la hukmron bo‘la olishi faqat ijobiy holatmikan? To‘g‘ri, gen terapiyasi borasida dastlabki shubhalar asossiz ekani tasdiqlandi, bunday muolaja ko‘plab kasalliklarni davolashda maqsadga muvofiq ekani aniqlandi. Ammo barcha terapevtik chora-tadbirlar faqat aniq bir shaxs — bemorga qaratilishi va aynan uning kasalligini davolashga yo‘naltirilishi masalasi gen terapiya­si usullari qo‘llanilayotgan paytda yagona va majburiy cheklov bo‘lishi talab etiladi. Har holda, dunyo mutaxassislari shunday fikrni ilgari surishmoqda. Ular shu yo‘l bilan yuzaga kelayotgan qator ishonchsizlik va hattoki, noroziliklarga qarshi turib, gen terapiyasi faqat va faqat shifo berish, sog‘liqni tiklash kabi ezgu maqsadlarga xizmat qilishiga erishmoqchi.



Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin