5.Gen muhandisligining muvaffaqiyatini belgilagan yana bir hodisa 1990 yili Betes(AQSh)da ro‘y bergan. O‘shanda har 100 ming insondan bittasida uchraydigan kasallik bilan og‘rigan 4 yashar qizaloqqa uning limfotsitlari kiritilgan. Davolashning ijobiy samarasi bir necha oy davomida kuzatilgach, tibbiy muolaja qaytadan o‘tkazildi. Keyingi uch yil davomida qizcha yana 23 marotaba shunday muolajadan o‘tdi. Natijada bemorning sog‘lig‘i shunchalik yaxshilanib ketdiki, u hech qanday infeksiyalardan qo‘rqmagan holda odatiy hayot tarzini kechira boshladi. Keyingi yillarda bunday tashxisli yana qator bemorlar ham gen terapiyasi usullari yordamida shifo topdi. Bugungi kunda mazkur xastalikning gen terapiyasi yordamidagi tibbiy sinovlari Italiya, Fransiya, Buyuk Britaniya va Yaponiyada o‘tkazilmoqda. Ma’lumot o‘rnida aytish zarurki, gen muhandisligiga oid ko‘plab loyihalarning aksariyat qismi(80 foizi), asosan, onkologik kasalliklar va OITSni davolashga qaratilgan. Mazkur sohadagi tadqiqotlar borasida yuqori rivojlanish kuzatilayotgan mamlakatlarda izlanishlar hisobotlari tegishli idora va muassasalarning majburiy tekshiruvidan o‘tkaziladi. Xususan, AQShda ushbu vazifa Rekombinant DNK bo‘yicha konsultativ markaz, Dori-darmonlar va oziq-ovqat mahsulotlari boshqarmasi hamda Sog‘liqni saqlash milliy instituti tomonidan amalga oshiriladi. Ko‘hna qit’ada esa hujjatlar Genlarni ko‘chirish va gen terapiyasi bo‘yicha Yevropa ishchi guruhi tavsiyalariga muvofiq ishlab chiqiladi.
6. Gen terapiyasidaex vivo va in vivo usullarida foydalanish Mutaxassislar gen terapiyasi ikki usulda amalga oshirilishi haqida ta’kidlashadi. Birinchisi, ex vivo, ya’ni organizmdan tashqaridagi muolaja bo‘lib, bunday davolash usuli organ va to‘qimalar transplantatsiyasiga tayanadi. Ikkinchi yo‘li esa, in vivo orqali organizmning o‘zidayoq davolash yo‘lga qo‘yiladi. Bir qarashda, gen muhandisligining ushbu usullarini amalga oshirish u darajada qiyinchilik tug‘dirmaydigandek. Biroq bu oson ish emas. Garchi muolajalar inson sog‘lig‘ini tiklash, shu orqali ehtimol hayotini saqlab qolish haqida borsa ham, tavakkalchilik qilish yaramaydi. To‘g‘ri, eng ideal holatda zararlangan genni organizmdan chiqarib tashlash va uning o‘rnini sog‘lomi bilan to‘ldirish maqsadga muvofiq bo‘lar edi, — deydi bugungi kunda sohaning yetakchi mutaxassislaridan biri, AQSh Sog‘liqni saqlash instituti ilmiy xodimi Jeyms Makralti. Ammo hozircha ma’lum sabablarga ko‘ra bu usulni amalga to‘liq joriy etishning imkoni aks ta’sirlarni yuzaga keltirmagani qayd etildi. 2009 yili gen injeneriyasi usullari og‘ir shakldagi immunitet yetishmasligi va OITS bilan kasallangan bemorlar ahvolini yaxshilashda muvaffaqiyatli qo‘llanildi. Qolaversa, Pensilvaniya universitetida butun dunyo genetiklari ishtirokida qator kam uchraydigan kasalliklarga qarshi gen muhandisligi metodlari ham ishlab chiqilmoqda.