Quyidagilar taqiqlanadi:
mustaqil
ravishda
(qurilish
tashkilotlari
bilan
qurilish
pudrat
shartnomasini tuzmasdan) 2 qavatdan yuqori, balandligi yer yuzasidan 12 metrdan
yoki umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo’lgan binolarni qurish hamda
rekonstruksiya qilish;
bunday turdagi qurilish uchun mo’ljallanmagan yer uchastkalarida koʻp
qavatli ko’p kvartirali uylarni qurish;
qurilishning borishiga va tasdiqlangan
shaharsozlik hujjatlariga
o’zgartirishlar kiritish jarayoniga tegishli vakolatlarga ega bo’lmagan shaxslarning
aralashishi;
shaharlar va shaharchalarda
qurilishi tugallangan mavzelar, ko’p
qavatli
turar joy kichik dahalarining hududida aholi punktlarining
tasdiqlangan bosh
rejalarida nazarda
tutilmagan ishlab chiqarish, savdo,
umumiy ovqatlanish,
servis
xizmati ko’rsatish hamda bozor infratuzilmasining alohida turgan ob’yektlarini
joylashtirish, loyihalashtirish va qurish.