Yer kodeksi — yerdan foydalanish munosabatlarini tartibga soluvchi
qonunlar majmui. 20-asrga qadar hozirgi O’zbekiston hududida mazkur
munosabatlar shariat ko’rsatmalari asosida olib borilgan. O’zbekistonda birinchi
marta Ye.k. 1927 y.da qabul qilingan, 1929 y.da esa Ye.k. o’rniga Yer-suv kodeksi
qabul qilingan. Bu hujjat 1970 y. 25 sent.da yangi Ye.k. qabul qilinguniga qadar
amalda bo’ldi. 1990 y. 20 iyunda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining
"Yer to’g’risida"gi yangi qonuni 1991 y. 1 yanvardan amalga kiritildi. O’zbekiston
Respublikasida yer resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash, yerga doir
huquqiy munosabatlarni takomillashtirish maqsadida 1998 y. 30 aprelda
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi O’zbekiston Respublikasining Ye.k.ni
tasdiqladi (1998 y. 1 iyuldan amalga kiritildi). O’zbekiston Respublikasining Ye.k.
91 moddani o’z ichiga oladigan 14 bobdan iborat. Ye.k. va yer to’g’risidagi qonun
hujjatlarining asosiy vazifalari hozirgi va kelajak avlodlarning manfaatlarini
ko’zlab, yerdan ilmiy asoslangan tarzda, oqilona foydalanish va uni muhofaza
qilishni, tuproq unumdorligini tiklash va oshirishni, tabiiy muhitni asrash va
yaxshilashni, xo’jalik yuritishning barcha shakllarini teng huquklilik asosida
rivojlantirish uchun sharoit yaratishni, yuridik va jismoniy shaxslarning yer
uchastkalariga bo’gan huquqlarini himoya qilishni ta’minlash masqadida yer
munosabatlarini tartibga solishdan, shuningdek, bu sohada qonuniylikni
mustahkamlashdan iborat. Yer umummilliy boylik bo’lgani sababli undan oqilona
foydalanish talab etiladi va yer davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
Mazkur Qonunning maqsadi davlat yer kadastri yuritishning, iqtisodiyotni
rivojlantirish, yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning kafolatlarini ta’minlash,
yerlardan oqilona foydalanish, ularni qayta tiklash va muhofaza qilish uchun
kadastr ma’lumotlaridan foydalanishning huquqiy asoslarini belgilashdan iborat.