1-mavzu: Fuqarolik prosessual huquqi fanining tushunchasi, tizimi va prinstiplari Reja


Fuqarolik protsessining bosqichlari



Yüklə 119,71 Kb.
səhifə10/15
tarix29.09.2023
ölçüsü119,71 Kb.
#150452
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
маъруза матни

1.8. Fuqarolik protsessining bosqichlari

Sudlarning fuqarolik ishlarini ko‘rib chiqish va hal etish bilan bog‘liq faoliyati ma'lum bir bosqichlarda amalga oshiriladi hamda rivojlantiriladi.


YUridik adabiyotlarda fuqarolik protsessining bosqichlariga nisbatan ta'riflar berilgan. Xususan, A.A.Vlasovning fikricha, fuqarolik protsessining bosqichlari deganda, sud ishlarini yuritish maqsadini o‘zida birlashtiruvchi protsessual harakatlarning yig‘indisi tushuniladi.32 M.S.SHakaryanning fikricha ham fuqarolik protsessining bosqichlari yakuniy maqsadga erishishga yo‘naltirilgan protsessual harakatlarning yig‘indisini o‘zida birlashtirishi tushuniladi.33





Fuqarolik protsessining bosqichlari fuqarolik sud ishlarini yuritishning vazifalarini amalga oshirish, fuqarolik ishlarini to‘g‘ri va o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda hal etish kabi muhim maqsadga yo‘naltirilgan protsessual harakatlarning yig‘indisi hisoblanadi.

Fuqarolik protsessual huquqi nazariyasida fuqarolik protsessining quyidagi bosqichlari ko‘rsatib o‘tilgan:



  • fuqarolik ishini qo‘zg‘atish;

  • ishni sud muhokamasiga tayyorlash;

  • sud muhokamasi;

  • qonuniy kuchga kirmagan sud hal qiluv qarorlari va ajrimlari ustidan berilgan shikoyat va protestlar bo‘yicha ish yuritish;

  • hal qiluv qarorlari, ajrim va qarorlarni nazorat tartibida qayta ko‘rish;

  • yangi ochilgan holat bo‘yicha ish yuritish;

  • ijro ishlarini yuritish.34

Fuqarolik sud ishlarini yuritishni bosqichlarga ajratishda bahsli fikr-mulohazalar mavjudligini ko‘rishimiz mumkin. Xususan, V.M.Semenov yuqoridagi fuqarolik protsessi bosqichlarining dastlabki uchtasi birinchi instansiya sudlarida fuqarolik ishlarini mazmunan ko‘rib muhokama qilish jarayonida yuz berishini e'tiborga olgan holda, ular fuqarolik protsessining alohida bosqichi bo‘la olmasligini ko‘rsatadi. Uning fikricha, fuqarolik protsessining mazkur bosqichi barcha fuqarolik ishlari uchun asosiy va majburiy hisoblanib, fuqarolik sud ishlarini yuritish turlaridan kelib chiqib, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Boshqa bosqichlar esa majburiy tusga ega bo‘lmasdan, ma'lum holatlar yuzaga kelgandagina amal qilishi mumkinligini ta'kidlaydi. Xususan, ikkinchi instansiya sudida ish manfaatdor shaxslarning (taraflar, uchinchi shaxslar va ularning vakillarining) shikoyatlari yoki prokuror protesti asosida ko‘riladi. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini nazorat tartibida yoki yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish va tekshirish kamdankam holatlarda, faqat qonuniy asoslar mavjud bo‘lgandagina yuritilishi mumkin. SHuningdek, sud hujjatlari qarzdor tomonidan ixtiyoriy ravishda ijro etilmagan taqdirdagina ijro ishlarini yuritishga ehtiyoj seziladi.35
Ayrim olimlar fuqarolik protsessining bosqichlari qatoriga sud hujjatlarini ijro etishni kiritmaydi va fuqarolik protsessining bosqichi sifatida ijro ishlarini yuritish an'anaga aylanib qolganligini qayd etadi. Fuqarolik protsessual huquqiga oid adabiyotlarda ijro ishlarini yuritish huquqning alohida sohasi ekanligi haqidagi g‘oyalar ham ilgari surilgan.36 Ko‘plab olimlar ijro ishlari alohida huquq sohasi bo‘lmasada, lekin qonunchilik borasida alohida mustaqil soha ekanligini ko‘rsatadilar.Lekin O‘zbekiston Respublikasining 2001 yil 29 avgustdagi “Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining qabul qilinishi huquq tizimida ijro ishlarini yuritishning tutgan o‘rni bilan bog‘liq ayrim bahslarga barham berdi. Xususan, ijro ishlarini yuritishning alohida jihatlarini tartibga soladigan normalarning protsessual qonunchilikda joylashishi, ijro ishlarini yuritishning muhim masalalarini hal qilishda sudning ishtirok etishi, bu jarayonda chiqariladigan muhim sud hujjatlari – bularning barchasi ijro ishlarini yuritish fuqarolik protsessining bosqichi ekanligidan dalolat beradi.

Yüklə 119,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin