1-mavzu: Fuqarolik prosessual huquqi fanining tushunchasi, tizimi va prinstiplari Reja



Yüklə 119,71 Kb.
səhifə8/15
tarix29.09.2023
ölçüsü119,71 Kb.
#150452
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
маъруза матни

birinchidan, sud buyrug‘i ishni mazmunan ko‘rmasdan, mavjud yozma hujjatlar asosida chiqariladi. Sudya ushbu holatda guvoh ko‘rsatmalarini, ekspert xulosalarini tekshirmaydi, taraflarning tushuntirishlari va uchinchi shaxslarning bayonotlarini eshitmaydi;
ikkinchidan, sud buyrug‘ini chiqarish uchun qator shartlar mavjud bo‘lishi talab etiladi. Birinchi shart shundan iboratki, undiruvchi sud buyrug‘ini chiqarish to‘g‘risidagi ariza bilan birga qarzdorning o‘z zimmasiga olgan majburiyatini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi shart. Taqdim etilgan hujjatlar ishning mohiyatini o‘zida to‘laqonli aks ettirishi ikkinchi shartdir. Uchinchi shart esa, nizoning mavjud bo‘lmasligi;
uchinchidan, sud buyrug‘i faqat qonunda belgilangan asoslar (FPKning 171-moddasi) mavjud bo‘lgandagina chiqariladi. Sud buyrug‘i nizosiz talablar yuzasidan chiqarilib, qonunda belgilanmagan asoslar yuzasidan chiqarilishi mumkin emas;
to‘rtinchidan, buyruq tartibida ish yuritish jarayonida taraflar sifatida undiruvchi va qarzdor e'tirof etiladi;
beshinchidan, sud buyrug‘i ijro hujjati kuchiga ega bo‘lib, sud hujjatlarini ijro etish uchun qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.27 (buyruq tartibida ish yuritishning o‘ziga xos xususiyatlariga mazkur darslikning 15-bobida batafsil to‘xtalib o‘tiladi).
Da'vo tartibida ko‘riladigan ishlarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, bunda muayyan huquq to‘g‘risidagi nizo mavjud bo‘ladi. Sudda da'vo ishlarining yuritilishi – da'vo talabini qo‘zg‘atish paytidan e'tiboran boshlanadi. Buzilgan yoki nizolashilayotgan fuqarolik huquqini himoya qilish to‘g‘risidagi talab sifatida ko‘riladigan da'vo–sudda ish ko‘rishning predmeti bo‘lib, da'voning dalillar asosida isbotlanishiga qarab sud tomonidan qanoatlantiriladi yoki rad qilinadi.
SHuningdek, da'vo tartibidagi ishlarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, taraflar o‘zaro teng bo‘lgan fuqarolik, mehnat, oila, uy-joy va boshqa huquqiy munosabatlarga doir nizolar bo‘yicha buzilgan huquq yoki qonuniy manfaatlarni himoya qilish uchun sudga murojaat qiladilar.
Bu turdagi fuqarolik ishlarida manfaatdor shaxsning da'vo arizasi yagona asos bo‘lib hisoblanadi. Da'vo asli arabcha so‘z bo‘lib, o‘z haq-huquqlarini himoya etish haqida sud orqali yoki boshqa yo‘llar bilan qo‘yilgan talabdir.28 YUridik adabiyotlarda da'vo tushunchasiga quyidagicha ta'rif berilgan: da'vo – bu nizoli huquqiy munosabatda ishtirok etuvchi taraflar o‘rtasidagi huquq to‘g‘risidagi nizoni protsessual tartibda ko‘rib, hal qilib berish to‘g‘risidagi da'vogarning sudga qilgan talabidir29.
Fuqarolik protsessida da'volar turli xil mazmunda bo‘lib, ularni bir-biridan ajratish uchun tegishli mezonlar mavjud. Bular da'voning tarkibiy qismlari, ya'ni elementlari bo‘lib, ular asosan da'voning predmeti va da'voning asosiga bo‘linadi.

Yüklə 119,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin