1-mavzu: Fuqarolik prosessual huquqi fanining tushunchasi, tizimi va prinstiplari Reja



Yüklə 119,71 Kb.
səhifə9/15
tarix29.09.2023
ölçüsü119,71 Kb.
#150452
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
маъруза матни

Da'voning predmeti da'vogarning talabi bo‘lib, u sud orqali javobgardan talab qilinayotgan narsadan iborat. Da'vogarning javobgardan muayyan haq undirish to‘g‘risidagi talabi shunga misol bo‘la oladi. Da'voning asosi esa dav'o talabini tasdiqlaydigan dalillardan iborat bo‘lib, da'vogar o‘z talabining nimaga asoslan-ganligini va uni tasdiqlaydigan dalillarni da'vo arizasida ko‘rsatib o‘tishi lozim.
Da'vo tartibida ko‘riladigan ishlar o‘zining quyidagi xususiyatlari bilan boshqa turdagi fuqarolik ishlarini yuritishdan farqlanadi:
mazkur toifadagi ishlarda da'vogar va javobgar hamda ayrim hollarda uchinchi shaxslar ham ishtirok etadi;
taraflar fuqarolik ishini o‘zaro kelishuv bitimi tuzish orqali tugatishga erishishlari mumkin bo‘ladi;
fuqarolik protsessining muhim institutlari: da'vodan voz kechish, da'voni tan olish, da'voni ta'minlash, qarshi da'vo qo‘zg‘atish kabilar aynan mazkur sud ishlarini yuritish jarayonida qo‘llaniladi;
da'vo tartibida ko‘riladigan ishlar bo‘yicha sirtdan hal qiluv qarori chiqarish mumkin va h.k. (da'vo ishlarining o‘ziga xos xususiyatlariga mazkur darslikning 14-bobida batafsil to‘xtalib o‘tiladi).
Alohida tartibda ko‘riladigan ishlar. Alohida ish yuritish tartibda ko‘riladigan ishlar shunday fuqarolik ishlaridirki, bular yuzasidan huquq to‘g‘risidagi nizo bo‘lmaydi, arizachi sudga faqat o‘z muddaosini bildiradi. Bu turkum ishlarda ishtirok etuvchi shaxslar arizachilar va boshqa manfaatdor shaxslar hisoblanadilar va alohida tartibda ko‘riladigan ishlar huquq to‘g‘risidagi nizoni hal etish bilan bog‘liq bo‘lmaydi. Agar alohida tartibda yuritiladigan ishni ko‘rish vaqtida sudga taalluqli huquq to‘g‘risida nizo kelib chiqsa, sud arizani ko‘rmasdan qoldirib, ishda ishtirok etuvchi shaxslarga umumiy tartibda da'vo taqdim etishni taklif qiladi.
Alohida tartibda sud ishlarini yuritish uchun tegishli fuqarolik ishlarida huquq to‘g‘risidagi nizoning mavjud emasligi va buning oqibatida taraflar bo‘lmasligi bu turdagi sud ishlarini yuritishni fuqarolik jarayoni huquqiga oid sud ishlarini yuritishning mustaqil turi deb hisoblashga asos bo‘ladi.30Alohida sud ishlarini yuritishning o‘ziga xos xususiyatlari maxsus tartibda sudlar tomonidan ko‘rib hal qilinadigan fuqarolik ishlarining tabiatidan kelib chiqadi va mazkur ishlar qonunda ko‘rsatilgan ayrim istisnolar bilan sud ishlarini yuritishning umumiy qoidasi asosida hal qilinadi.

YUridik adabiyotlarda alohida tartibda yuritiladigan ishlarda hal etiladigan masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilgan. Xususan, A.Melnikovning fikricha, sud ishlarini alohida tartibda yuritishda fuqarolarning shaxsiy hamda mulkiy huquqlarini vujudga keltirish, o‘zgartirish va tugatish uchun xizmat qiladigan faktlarni belgilash to‘g‘risidagi talablar ko‘riladi. P.Eliseyskiyning fikricha, alohida tartibda sud ishlarini yuritishning mohiyati daliliy hamda yuridik faktlarni belgilab berish yo‘li bilan yuridik manfaatlarni himoya qilishdan iborat. E.Egamberdievning fikricha ham alohida tartibda ko‘rib hal qilinadigan ishlarda sud hech qanday huquq to‘g‘risidagi masalani hal qilmaydi.31


Alohida tartibda ko‘riladigan ishlarni sud fuqarolik protsessual huquqining barcha tamoyillariga amal qilgan holda ko‘rishi lozim. Bu turdagi fuqarolik ishlarida nizo mavjud bo‘lmasa ham dalillarni isbotlash vazifasi arz qiluvchi zimmasiga yuklatilgan bo‘ladi. SHuningdek, bunday fuqarolik ishlarida ayrim protsessual normalar, xususan tegishsiz tarafni tegishli taraf bilan almashtirish, kelishuv bitimini tuzish, qarshi da'vo qo‘zg‘atish va boshqa shu kabi protsessual harakatlar amalga oshirilmaydi.


FPKning 3-kichik bo‘limida keltirilgan sud tomonidan alohida ish yuritish tartibida ko‘riladigan ishlarga quyidagilar kiradi:
1) yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi (28-bob);
2) bolani farzandlikka olish haqidagi (29-bob);
3) fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topish va fuqaroni vafot etgan deb e'lon qilish to‘g‘risidagi (30-bob);
4) fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish to‘g‘risidagi (31-bob);
5) shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish to‘g‘risidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish haqidagi (32-bob);
6) shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish to‘g‘risidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish haqidagi (33-bob);
7) voyaga etmagan shaxsni to‘liq muomalaga layoqatli deb e'lon qilish (emansipatsiya) to‘g‘risidagi (34-bob);
8) mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish haqidagi (35-bob);
9) taqdim etuvchiga deb berilgan hujjatlar yo‘qolgan taqdirda, ular bo‘yicha huquqlarni tiklash (chaqirib ish yuritish) to‘g‘risidagi (36-bob);
10) yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi (37-bob).
Sudda alohida ish yuritish tartibida ko‘riladigan fuqarolik ishlari respublika qonunlarida belgilangan ayrim istisnolarga rioya qilgan holda sud ishlarini yuritishning umumiy qoidalari asosida ko‘riladi. Sud alohida tartibda yuritiladigan ishlarni ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilgan holda ko‘radi. Arizachi, ishning yakunidan manfaatdor shaxs, prokuror, davlat boshqaruvi organlari alohida tartibda yuritiladigan ishda ishtirok etuvchi shaxslar deb e'tirof etiladi. Sudya bu turkumdagi ishlarni sudda ko‘rishga tayyorlaydi, ish uchun ahamiyatli hujjatlarni talab qilib oladi, ish yuzasidan guvohlik berishi mumkin bo‘lgan guvohlarni, tegishli tashkilot vakillarini sudga taklif qiladi, lozim bo‘lsa, ekspertiza tayinlaydi, ish holatlarini har taraflama aniqlashga harakat qiladi.
Hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bog‘liq ishlarni ko‘rib chiqish tartibi FPK 347-moddasida keltirilgan bo‘lib, sudlar ushbu Kodeksning 346-moddasida sanab o‘tilgan ishlarni ushbu Kodeksning 38 - 40-boblarida ko‘rsatilgan istisno va qo‘shimchalar bilan birga fuqarolik sud ishlarini yuritishning umumiy qoidalariga binoan ko‘rib chiqadi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud tomonidan ko‘rib chiqiladigan,
hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bog‘liq ishlar jumlasiga:
- hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini bekor qilish
to‘g‘risidagi;
- hakamlik sudlarining hal kiluv qarorlarini majburiy ijro
etish uchun ijro varaqalari berish haqidagi arizalar bo‘yicha ishlar
kiradi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning hakamlik sudining hal qiluv
qarori bilan bog‘liq ish bo‘yicha ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.



Yüklə 119,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin