1-mavzu: Fuqarolik prosessual huquqi fanining tushunchasi, tizimi va prinstiplari Reja


Fuqarolik sud ishlarini yuritish tushunchasi



Yüklə 119,71 Kb.
səhifə5/15
tarix29.09.2023
ölçüsü119,71 Kb.
#150452
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
маъруза матни

1.5. Fuqarolik sud ishlarini yuritish tushunchasi
va uning vazifalari

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 110-moddasidaodil sudlovni amalga oshirish shakllari sifatida fuqarolik, jinoiy, iqtisodiy va ma'muriy sud ishlarini yuritish nazarda tutilgan.




Fuqarolik sud ishlarini yuritish deganda, fuqarolik protsessual huquq normalari bilan belgilangan fuqarolik ishlari bo‘yicha ish yuritish tartibi tushuniladi. Fuqarolik sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buyruq tartibidagi ishlarni, da'vo tartibidagi ishlarni, alohida tartibda yuritiladigan ishlarni, hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bog‘liq ishlarni va chet davlat sudlarining hamda chet davlat hakamlik sudlarining (arbitrajlarning) hal qiluv qarorlarini tan olish va ijroga qaratish bilan bog‘liq ishlarni ko‘rib chiqish hamda hal etish tartibini belgilaydi (FPKning 1-moddasi).

Fuqarolik sud ishlarini yuritishning vazifalari fuqarolarning buzilgan huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfa-atlarini himoya qilish va bu bilan fuqarolarni qonunlar, huquq normalarini bajarishga ongli munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalashni nazarda tutadi.


O‘zbekiston Respublikasi FPKning 2-moddasiga ko‘ra, fuqarolik sud ishlarini yuritish vazifalari fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini, erkinliklari va manfaatlarini, O‘zbekiston Respublikasining huquq va manfaatlarini, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida fuqarolik ishlarini to‘g‘ri, o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va hal etishdan iborat ekanligi mustahkamlab qo‘yildi. SHuningdek, fuqarolik sud ishlarini yuritish qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlashga, demokratiyani, ijtimoiy adolatni, fuqarolar o‘rtasida tinchlik va milliy totuvlikni ta'minlashga ko‘maklashishi hamda qonunga va sudga nisbatan hurmat munosabatini shakllantirish lozimligi o‘z ifodasini topdi.
Fuqarolik sud ishlarini yuritish vazifalari fuqarolik ishla-rini to‘g‘ri va o‘z vaqtida ko‘rish hamda hal etishni nazarda tutadi. Fuqarolik ishlarini to‘g‘ri ko‘rish va hal etish deganda, mazkur ishni qonunlar, asoslantirilgan dalillar asosida ko‘rilishi va hal etilishi tushuniladi. Fuqarolik ishlarini o‘z vaqtida ko‘rish va hal etish deganda esa, mazkur ishlarni qonun bilan belgilangan protsessual muddatlarga amal qilgan holda hal etish nazarda tutiladi. SHuningdek, sud fuqarolik ishlarini sud majlisida ko‘rish bilan cheklanmaydi, balki hal qiluv qarori chiqarish orqali ishni mazmunan hal etadi. Bunday yondashuv fuqarolik sud ishlari yuritish vazifalarini protsessning barcha bosqichlarda qo‘llash imkonini yaratadi.
YUqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, qonun chiqaruvchi sud ishlarini yuritish vazifalarini fuqarolik ishlarini ko‘rib chiqish va hal etish bilan, sud ishlarini yuritish maqsadlarini esa ishni ko‘rib chiqish jarayoniga jalb etilgan turli sub'ektlarning manfaatlarini himoyalash bilan bog‘lagan.
Fuqarolik ishi bo‘yicha sud ishlarini yuritishning maqsadi nizoli huquqiy munosabat sohasiga jalb etilgan barcha sub'ektlarning buzilgan huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan.
Huquqbuzarlikning oldini olish bo‘yicha sudlar tomonidan amalga oshiriladigan profilaktik choralar, qonun bilan tartibga solinishiga qarab ikki turga:


  1. Yüklə 119,71 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin