5.2. Global iqtisodiyotga integratsiyalashuvni belgilovchi omillar
5.3. Milliy xо‘jaliklar о‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish
5.4. Global iqtisodiyotga integratsiyalashuvda ishlab chiqarish va ilmiy-texnik hamkorlik
5.5. Globallashtirishdagi nuqsonlar
5.6. Jahon moliya tizimi globallashuvining mohiyati va uning oqibatlari
Tayanch tushunchalar: Tashqi iqtisodiy munosabatlar, firmalarni integratsiya jarayoniga jalb qilish, yagona valyutali infrastrukturalar, transmilliy korporatsiyalar, ishlab chiqarish hamkorligi, xalqaro hamkorlik bosqichlari, TIFda ilmiy texnika hamkorligi.
5.1. Tashqi iqtisodiy munosabatlarni shakllanishi Iqtisodiyotning ochiqligi darajasining oshishi va tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish globallashuv, transnatsionallashuv va milliy iqtisodiyotning baynalminallashuvi sharoitlarida mamlakatlarning jahon xо‘jaligi holatiga bog‘liqligini kuchaytiradi.
Mamlakatimizda savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlikka, terrorchilik va diniy ekstremizmga, noqonuniy muhojirlik va qurol-yarog‘ savdosiga, uyushgan jinoyatchilik va narkobiznesga qarshi kurashni yanada kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor beriladi.
О‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyasi turli mintaqaviy birlashmalar bilan aloqalarining kengayishidan kelib chiqadi. Xususan, Rossiya Federatsiyasi va О‘zbekiston Respublikasi о‘rtasida iqtisodiy hamkorligi buning eng yorqin namunasi hisoblanadi. Mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq yonilg‘i-energetika majmuasi, aviatsiya sanoati korxonalari, transport, suv xо‘jaligi, harbiy texnikaviy va ilmiy-texnikaviy sohalardagi hamkorlik masalalari kо‘rib chiqildi. Hamkorlik doirasida bugungi kunda ikki tomonlama kо‘p yо‘nalishli sohalar rivoj topmoqda. Energetika sohasida, “Gazprom”, “Vimm Bil Dan oziq-ovqat mahsulotlari”, “Cherkizovskiy” (gо‘shtni qayta ishlovchi) kabi yirik kompaniyalarning kirib kelishi katta ahamiyat kasb etadi.
О‘zbekiston Yevropa Ittifoqi, EKO, NATO, BMT bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilmoqda. О‘zbekiston tashqi siyosatining Yevropa yо‘nalishi kengaydi. Ushbu hamkorlik Yevropaning alohida har bir mamlakati bilan hamkorlikni о‘z ichiga oladi. Jumladan, mamlakatimizda birgina chexiyalik ishbilarmonlar sarmoyasi ishtirokida tuzilgan 30 dan ortiq korxona mavjud. Ular xalq iste’moli mollari, oziq-ovqat mahsulotlari, qurilish materiallari, dori-darmon ishlab chiqarish. Qishloq xо‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohalarida faoliyat kо‘rsatmoqda. Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligida Chexiyaning “Eriell Korporeshin” , "Miriliz”, “Tomas Praga”, “CHKD Noveenergo”, “Ayveks CHR”, “Yason Travel”, «Yansen» kabi kompaniyalari rо‘yxatdan о‘tgan.
О‘zbekistonga Chexiyaning tramvay va trolleybuslari keltirilmoqda. «V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat aksiyadorlik jamiyati bilan Chexiya mudofa vazirligi о‘rtasida harbiy-transport samolyotlarini yetkazib berish borasida muzokara olib borilmoqda. Ayni paytda О‘zbekiston-Chexiya hamkorligida 16 loyiha ishlab chiqilmoqda.
Ayniqsa, qishloq xо‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, tо‘qmachilik va oziq-ovqat sanoatidagi hamkorlik istiqbolli. Lekin ishga solinmagan imkoniyatlar hali ham kо‘p. Masalan, Chexiya О‘zbekiston paxtasini uchinchi Davlat orqali sotib oladi. Mevalar va poliz ekinlarini qayta ishlash borasidagi aloqalar ham talab darajasida emas.
Rivojlanayotgan mamlakatlardagi real integratsiya jarayonlari hali juda kuchsiz ekanligini va xarakteriga, harakatlantiruvchi omillariga, rivojlanish sur’atlariga kо‘ra о‘zaro farqlanishini kо‘rsatdi. Kо‘pchilik rivojlanayotgan mamlakatlar amalda integratsiya jarayonidan tashqarida qolmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiy hamkorligini real integratsiya jarayonining tayyorgarlik bosqichi deyilsa tо‘g‘ri bо‘ladi.
Sharqiy Osiyo mamlakatlarida iqtisodiy integratsiyaning rivojlanish tajribasi “davlat boshchilik qilayotgan iqtisodiyot” modeli doirasida mamlakatning muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun eng avvalo uchta majburiy shartni ta’minlash shartligini kо‘rsatadi:
Birinchidan, davlat korxonalari emas, balki xususiy korxonalar iqtisodiy о‘sishning ichki dvigatellariga aylanishi kerak.
Ikkinchidan, iqtisodiy siyosat eksportga aniq yо‘naltirilgan holda qurilishi kerak.
Uchinchidan, iqtisodiyotning davlat tomonidan boshqarilishi amalga oshirilishi, rivojlanishning istalayotgan kо‘rsatkichlari bilan bog‘liq bо‘lgan kuchli iqtisodiy rag‘batlar negiziga qurilishi kerak.
О‘zbekiston eksportga yо‘naltirilgan siyosat orqali jahon xо‘jaligiga iqtisodiy integratsiyalashuvni rivojlantirishning ulkan salohiyatiga ega. Shu bilan birga respublika iqtisodiyotining eksportga yо‘naltirilgan rivojlanishini tо‘xtatib turgan omillar mavjuddir, jumladan:
1) iqtisodiyotda xususiy sektorning yetarlicha rivojlanmaganligi va buning oqibati sifatida xususiy korxonalar eksportining juda oz ekanligi;
2) eksportdan olingan daromadning davlat bilan mahsulot ishlab chiqaruvchilar о‘rtasida nomuqobil taqsimlanishi, qishloq xо‘jaligida daromadlarning tekis taqsimlanmaganligi butun iqtisodiyotda ishlab chiqarishning potensial о‘sishida salmoqli yо‘kotishlarga olib keladi;
3) sanoat ishlab chiqarishining monopoliya qilinishi. Bu valyuta nazorati orqali yuqori darajadagi proteksionizm kо‘rinishida qо‘llab-quvvatlanadi. Kichik korxonalar sektorining sust rivojlanganligi, ularning eksportdagi hissasining oz ekanligi iqtisodiyotning nobarqarorligi, monopolizatsiya va inflyatsiya saqlanib qolishiga kо‘maklashadi;
4) moliyaviy sektorning va tashqi bozorga ishlovchi korxonalarni kredit berish yо‘li bilan qо‘llab-quvvatlashning sust rivojlanganligi;
5) eksport kiluvchilarning ma’muriy jihatdan yetarlicha qо‘llab-quvvatlanmasligi, tayyor mahsulotni eksport qilishga ruxsatnomalarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq qiyinchiliklar va bunday ruxsatnomalar berilishi kechiktirilishi.