Oziq-ovqat muammosi. Globallashuv jarayoni keltirib chiqargan muammolardan biri oziq-ovqat inqirozidir. Kо‘pgina yillardan beri rо‘y bermagan oziq-ovqat inqiroziga endilikda barcha davlatlar aholisi yuz tutdi. Oziq-ovqat mahsulotlarning narxlari о‘ta darajada oshishini anglatuvchi yangi termin - agflyatsiya (agrar inflyatsiya) - butun dunyo bо‘ylab birdaniga о‘ta muhim bо‘lib qoldi.
Sayyoramiz aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan optimal ta’minlash rejimiga erishish muammosi XX asrning oxiriga kelib faqatgina о‘ttizga yaqin rivojlangan mamlakatlar uchun о‘z dolzarbligini yо‘qotgan edi. Biroq, boshqa jahonning kо‘pchilik davlatlari uchun bu muammo eng muhim masalalardan biri bо‘lib qolmoqda.
Hozirda rо‘y berayotgan oziq-ovqat inqirozi sababchisi bо‘lib uchta kuchli global trendlar hisoblanadi. Bular:
Birinchidan, oxirgi yillarda qishloq xо‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarning xarajatlari oshdi. Oxirgi uch yilda neftning narxi bilan benzin va dizel yoqilg‘isi narxlari о‘sdi, transport tariflari oshdi, asosiy mineral о‘g‘itlarning narxlari qimmatlashdi.
Ikkinchidan, oziq-ovqatga bо‘lgan talab hajmida va tarkibida global siljishlar rо‘y berdi. 1960 yildan Hindiston, Misr, Nigeriya, Bangladeshda aholi soni taxminan uch barobar oshgan bо‘lsa, ekin maydonlari esa о‘zgarmay qoldi. Ushbu vaziyat deyarli butun dunyoda sodir bо‘lmoqda. Shuningdek, oxirgi 15 yilda oziq-ovqat iste’mol qilish ratsionida ham о‘zgarishlar sodir bо‘ldi. Ayrim rivojlanayotgan mamlakatlarda, shu jumladan, Xitoy va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida aholi gо‘shtni kо‘proq iste’mol qila boshladi, bu esa kо‘proq qishloq xо‘jalik ekinlarini yetishtirib chiqarishni talab qiladi (qora molni 1 kilogrammga vaznini oshirish uchun 3 dan 15 kilogrammgacha yem sarflanadi).
Uchinchidan, bioyoqilg‘i bozorini tez sur’atlar bilan rivojlanishi donning narxini oshishiga qо‘shimcha sababchi bо‘ldi. Rivojlangan davlatlarning о‘simlik manbalariga asoslangan "ekologik toza" yoqilg‘ini ishlab chiqarish dasturi doirasida bioyoqilg‘i (etanol) uchun kerak bо‘lgan qishloq xо‘jaligi ekinlariga (makkajо‘xori va boshqalar) talabni oshirib yubordi.
Statistik ma’lumotlarning kо‘rsatishicha, jahonda oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish asta-sekin о‘sib borayotgan bо‘lsa-da, bu jarayon aholi sonining kо‘payib borishiga nisbatan bir tekisda yuz berayotgani yо‘q. Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasidagi ba’zi bir davlatlarda bu masala barqarorlashgan, ya’ni, bir odamga tо‘g‘ri keladigan oziq-ovqat mahsuloti miqdori о‘zgargani yо‘q. Garchi sо‘nggi 30-40 yillar ichida don mahsulotlari ikki marta kо‘paygan bо‘lsada, lekin bu vaqt davomida yer yuzidagi aholi soni ham 1,8 marta oshganligini kо‘rishimiz mumkin. Xullas, oziq-ovqat muammosi vujudga kelgan eng jiddiy vaziyatlarni biz hozirgi kunda Sahroi Kabirning janubidagi Afrika davlatlari va Osiyoning janubiy hamda markaziy qismidagi ba’zi davlatlarda (Afg‘oniston, Bangladesh, Iroq) va shuningdek, bir qator Karib havzasi (Gaiti) davlatlarida kо‘rishimiz mumkin. Bu davlatlarda yillik oziq-ovqat xavfsizligi ikki oydan kam muddatga tо‘g‘ri keladi.
Italiyaning Rim shahrida bо‘lib о‘tgan oziq-ovqat masalalari bо‘yicha Butun jahon uchrashuvida (1996 yil noyabr oyi) qayd qilinishicha, jahonda doimiy ravishda 800 millionga yaqin kishi tо‘yib ovqatlanmaydi. Qishloq xо‘jaligida hosilning yaxshi bо‘lmasligi, tabiiy ofatlar, harbiy nizolarning bо‘lib turishi va shuningdek oshkora ocharchilikning «avj olishi» bilan bog‘liq holda kо‘pchilik rivojlanayotgan mamlakatlardagi shuningdek, о‘tish davri iqtisodiyotiga ega davlatlardagi aholining turmush farovonligi bilan bog‘liq bо‘lgan «yashirin» ochlik kо‘rinishidagi holatlar yanada keng tarqalmoqda. Buni biz keyingi 15-20 yil ichida 54 davlatda oziq-ovqat bilan ta’minlashning mutloq pasayib borganligida ham kо‘rishimiz mumkin.
Jahon mamlakatlari iqtisodiyotida albatta oziq-ovqat muammosini hal etish borasida olib borilayotgan ba’zi bir ijobiy misollarni ham keltirish mumkin. Masalan, oziq-ovqat mahsulotlari iste’moli mavjud zahiralar hisobiga kafolatlangan va shuningdek oziq-ovqat xavfsizligi rejimini yaratish yо‘lida sezilarli yutuqlarga erishgan davlatlar qatoriga Vyetnam, Hindiston, Xitoy, Meksika, Filippinni kiritish mumkin. Ularning xо‘jalik sohasidagi tajribasidan shuni kо‘rish mumkinki, qishloq xо‘jaligida «yashil inqilob»ni, ya’ni, qishloq xо‘jaligida ilg‘or texnologiyani joriy qilish, о‘simliklar va hayvonlar seleksiyasini rivojlantirish, unumdor tuproq tarkibini yaxshilash va qaytadan kultivatsiyalash kabi kompleks chora-tadbirlarni olib borilishi bu boradagi muhim ahamiyatga ega bо‘lgan ishlardir. Jahon iqtisodiyotida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda agrar tarmoqni investitsiyalashni yiliga 3,5-4 foizga kо‘paytirish esa muhim omil hisoblanadi.
Shuni qayd etishimiz mumkinki, jahon iqtisodiyotida ishlov beriladigan maydonlar birligiga tо‘g‘ri keladigan don mahsulotlari hosildorligini kо‘paytirish, chorva mollari boshiga tо‘g‘ri keladigan sut va gо‘sht mahsulotlari miqdorini oshirish kabi bir qator muammoni yechish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Xullas, jahon hamjamiyati oldida 2025 yilgacha ochlikni boshidan kechirayotgan odamlar sonini ikki martaga kamaytirish va Umumjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti standartlaridan past darajada yegulik iste’mol qiluvchilar sonini sezilarli miqdorda qisqartirish kabi masalalar hozirgi kunda eng dolzarb muammo bо‘lib turibdi.