1-mavzu: Harakat faoliyatini shakllashtirishning qonuniyatlari Reja: O’rgatish jismoniy tarbiya jarayonining bir tomoni ekanligi


Chuqurlashtirilgan o’rgatish bosqichi va bosqichning maqsadi



Yüklə 3,18 Mb.
səhifə19/71
tarix25.12.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#194093
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   71
2-kurs JMNM new majmua 2023

Chuqurlashtirilgan o’rgatish bosqichi va bosqichning maqsadi.
Ilgari hosil qilingan "qo‘pol" texnika ko’nikmalarini aniqlashtirishdir. Dastlabki o’rgatish jarayonida harakatlar shunday aniqlik bilan bajarilishi kerakki natijasida harakatko’nikmasi harakat malakasiga aylanishi lozim. Agarda dastlabki o’rgatish harakat texnika asosini o’rganishdan iborat bo’lgan bo’lsa, ikkinchi bosqichda bu chuqurlashtirilgan holda o’rganiladi va uning detallari aniqlanadi.
Bu bosqichda harakatlarning vaqtli, fazoviy va ayrim murakkab harakatlar xarakteristikasi bilan xarakterlanadi. Bu bosqichning didaktik vazifalari quyidagilardan iborat:
1. O’rganilayotgan harakatlarining qonuniyatlarini yanada chuqurroq tushunish;
2. O’rganilayotgan harakatlar texnikasining detallarini o’rganish va aniqlash.
3. Harakatlarni butunlay, aniq, birtekis, oson bajarishga erishish.
Bu bosqichga asosan so’z metodi, shugullanuvchilarga oson tushunarli va individuallashtirish metodi, keyinchalik jismoniy tarbiyaning metodik tamoyillrdan esa talablarni tobora oshirib borish tamoyili, onglilik va faollik tamoyiliga e‘tibor etiladi.
Harakatlarni mustahkamlash va yanada takomillashtirish bosqichi.
Jismoniy tarbiyaning umumiy yo’nalishiga bog’liq holda, bu bosqichni davom ettirish har xil bo’ladi. Bu bosqichda o’rgatish jarayoni harakat malakalarini rivojlantirishning- 2 xil stadiyasini o’z ichiga oladi:
1. Harakat malakasining asosiy varianti mustahkamlash stadiyasi;
2. Ko’nikma va malakalarni qo’shimcha variantda hosil bo’lish stadiyasi. Birinchi stadiyada o’rganilayotgan harakat texnikasining asosiy variantiga mos dinamik stereotip mustahkamlanadi.
Ikkinchi stadiyada esa, bu asosiy stereotipga qo’shimcha harakat reaksiyalari
mustahkamlanadi.
Bu bosqichda vazifalar quyidagilardan iborat:
1) Harakat ko’nikmasi, harakat malakasi xosil bo’lish uchun harakatlarning har xil variantlarda bajarilishi.
2) E‘tiborni oldingi bosqichda yo’l qo’yilgan xatoni yo’q qilinishiga qaratilishi zarur.
3) Asosan harakat texnikasini o’zlashtirish va mustahkamlashga erishish zarur.
4) Harakat faoliyatini maksimal darajada aniq bajarilishiga erishishdir.
Bu bosqichda o’rgatish metodikasi yuqorida ko’rsatilgan vazifalarni muvofiqli bajarishga qaratilgan bo’lishi kerak. Onglilik va faollik tamoyilini amalga oshirishda shug’ullanuvchilarning diqqatini bir nuqtaga yo’nalishga qaratish lozim. Harakat aktiga hosil qilingan ritmning buzilishiga, alohida harakatlar o’rtasida o’zaro aloqalarning buzilishiga olib kelishi mumkin. Lekin bu bilan bu bosqichda ishga ongli munosabatda bo’lishning roli kamayadi deb tushunish mutlaqo noto’g’ri.
Harakatlar faoliyatini takomillashtirish jarayonida ko’p vazifalarni hal qilishda ongli va faollik prinspi etakchi rol o’ynaydi. Onglilik o’rganilayotgan harakat texnikasini, uning qonuniyatlarini va bajariladigan ishining natijasini yanada chuqurroq tushunib olishga qaratilishi kerak.
Bu bosqichda muhokama, suhbat, nazariy manbalar ustida mustaqil ishlash va hokazolar birinchi o’ringa quyiladi. Harakat malakasini mustahkamlash jarayonida o’rgatishning ko’rgazmaliligi oldingi, bosqichlarga qaraganda boshqacha shakl yotadi.
Harakatni o’rgatishga yordam beradigan qushimcha vosita va metodlar asta-sekin minimum darajagacha kamaytiriladi. Harakatmalakasining mustaxkamlanishida harakat analizatori etakchi rol o’ynaydi, masofa analizatorlari esa "yo’qlanadi", bu diqqatni arakatning tashqi sharoitiga qaratishga imkon beradi. Bu o’z navbatida, taktik ko’nikma va malakalarni xosil qilish va takomillashtirish uchun qulay sharoit yaratadi. Bunda ko’rgazmali vositalar, video va kino materiallardan, turli xil taktik vaziyatlarni aks ettiruvchi rasm va chizmalardan foydalanadi.
Muntazamlilik tamoyili bo’lsa, harakat malakasini mustahkamlash va takomillashtirish harakatini butunlaycha qayta takrorlash sharoitlarida amalga oshiriladi. Hamda extiyojga qarab, qismlarni bo’lishga ham yo’l qo’yiladi. Bunda standart va o’zgaruvchan mashqlar metodlaridan birgalikda foydalanish juda katta ahamiyatga ega.
Bu bosqichning dastlabki o’rgatish bosqichida doimiy sharoitlarda o’tkaziladigan standart mashq yaxshidir, chunki hosilbo’lgan dinamik stereotip hali etarli darajada mustaxkamlanmasdan o’zgartirishga urinilganda, asosiy variantda "salbiy ko’chish" ko’zga tashlanadi va o’rganilgan qismlarni aniqlash yuzasidan olib borilayotgan ishni davom ettirishga halaqit beradi.
Bundan keyin malakaning mustahkamlanishiga qarab, asosiy o’rinni o’zgaruvchan mashq eggalaydi, bu mashq jarayonida xilma-xil sharoitlarda harakat turli o’zgaradi.
Harakat malakalarini takomillashtirish jarayonida oson tushunarli va individuallashtirishni ta‘minlash bilan birga, o’rganilgan harakatning qanchalik mustahkamlanganligiga qarab musobaqa metodidan oldin harakat texnikasiga asosan, so’ngra butun funksional imkoniyatlarini ko’rsatib yanada kengroq foydalaniladi. O’rganishningbubosqichidajismoniy yuklanish bilan dam olishni almashinishi, takomillashining belgilanadigan darajasiga bogliqdir. O’rgatishning bu bosqichida malakaning mustaxkam bo’lishi va talabning tobora oshib borishi muhim o’rin egallaydi. Harakat ko’nikmalari va malakalarini takomillashtirish uchun shart-sharoit harakat vazifalarini muntazam ravishda yangilab mukamallashtirib turish va jismoniy sifatlarini har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan funksional jismoniy yuklanishlarni oshirish yo’li bilan yaratiladi. Shuni ham aytib o’tish kerakki bu bosqichda o’rgatish jarayonining xarkterli tomonlaridan biri bu o’rgatish jarayonining jismoniy sifatlarini tarbiyalash jarayoni bilan yaqin bog’liqligidir.



Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin